2 Tushuntirish xati


She’riy matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring


Download 3.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana02.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1739153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf ona tili

She’riy matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring. 
1. Berilgan she’riy parcha qaysi asarning tarkibiy qismi? Asarning janri, nomi, muallifi 
va g‘oyasini aniqlang. (20 ball) 
2. Asarda shoirning jamiyatdagi o‘ziga xos burch va mas’uliyati qanday izohlangan? 
(10 ball) 
3. Asar voqealarining yurtimiz bilan bog‘liqlik jihatlari haqida fikrlang. (20 ball) 
4. “Onajonim, Azoblarga Qo‘ydi seni yuragim” jumlasining leksik xususiyatini 
izohlang. (10 ball) 
5. “Bukun bayram, Men bu kun ham”. Ushbu satrlarda olmoshning qaysi turlari 
qo‘llangan? Gap bo‘laklari tartibini izohlang. (20 ball) 
5. “Balki, meni mirshablarmas, Izlardi yosh go‘zallar” Ushbu jumlada qo‘llangan tinish 
belgilarining qo‘yilish sababini izohlang. (10 ball) 
7. Menga ham yor sokinlig-u, Sening ham yo‘q bu darding. Ushbu misralarda 
chiziqcha(defis)ning qo‘yilishini izohlang hamda ajratilgan so‘zning qaysi orfografiya 
tamoyili asosida yozilganini tushuntiring. (10 ball) 
Menga ham yor sokinlig-u, 
Sening ham yo‘q bu darding
Men uylik, 
Sen kelinlig-u
Nabiralik bo‘larding. Oh u yo‘l berk, menda 
yo‘q erk, 
Tirik umrim aftoda. 
Ne qilayki,
Odamlardek 
Yasholmadim dunyoda. 
Lek ko‘nglimda nolish emas, 
Allanechuk dilshodlik. 
Garchi jismim 
Bandi qafas, 
Ruhimda bor ozodlik . 
Tug‘ilishdan qul emasman, 
Qullik bu yot jonimga. 
Erk istagi 
Suting bilan 
Kirmish mening qonimga. 
Meni otash, girdoblarga 
Otgan o‘shal istagim. 
Onajonim, 
Azoblarga 
Qo‘ydi seni yuragim. (140 so‘z) 


11 
VII variant 
Ey qora kuch, qurib ketgur taxt! Hech gunohi bo‘lmagan bolalardan, tog‘ kabi 
yigitlardan millionchalari sen uchun qurbon bo‘lub ketarlar… Sen fazilatlik bilimlarning 
qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga 
aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarni bo‘g‘izlading. Bola xanjari bilan otalarni 
yiqitding. Do‘stlarni bo‘g‘ishtirding, o‘rtoqlarni urushtirding. Dalaning erkini, shaharning 
tinchini, erlarning g‘ayratini, xotinlarning ismatini
talatding. Otamdan qochib, o‘ziga 
sig‘inganim holda uyalmayin, boshimni kesdirgan Afrosiyobingdan mana shu kimsasiz 
bolani og‘ulatib yiqitqon Rahimxonninggacha minglarcha yirtqich xoinlarni sen yaratding
sen yashatding. Ey boyqushlar qafasi, bunday dev 

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling