2 Tushuntirish xati


Download 3.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana02.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1739153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf ona tili

 
 



IV variant 
Matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring. 
… Bundan buyon men bu dunyoning jumla noz-ne’matlaridan nafratlanaman. Ularning 
hammasi o‘tkinchi, haqir, turgan-bitgani sarob ekan. Sizlar, ya’ni o‘zini ilm-u xikmatda, 
dunyoni anglab yetishda barkamollikka erishgandek, chog‘layotgan mutakabir bandalar 
qanchalik kibr-u havoga berilmang, ajal sizlarni yerto‘la va yer ostidagi sichqon-u 
kalamushlarga qo‘shib, yer yuzidan supurib tashlaydi, ortingizda qolayotgan avlod-u 
ajdodlaringiz yaratgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar kurayi zamin bilan birgalikda 
kunpayakun bo‘ladi … 
Boylik, hasad, hirs-u havas barchangizning ko‘zingizni ko‘r, shuuringizni shafaq qilib 
qo‘ygan. Sizlar yolg‘onni haqiqat, hamoqatni nafosat deyishga o‘rganib qolgansiz. 
Mabodo falakning gardishi bilab daraxtlarda olma, po‘rtaxol va nok o‘rniga qurbaqa, kalta 
kesak va ilonlar osilib tursa; atirgullar firdavs bog‘larining iforlarini emas, balki batbo‘y
ter isi taratib turishidan qanchalik irganib-jirkanganingiz kabi kamina ham Arshi a’loni 
yolg‘onchi dunyoning hoy-u havaslariga almashtirib o‘tirganingizdan bag‘oyat 
taxayyuldaman. Endi ichingizda kaminani yo‘q deb hisoblayveringlar!!! (130 so‘z) 
Topshiriqlar: 
1. Berigan monolog qaysi asar qahramoniga tegishli deb o‘ylaysiz? Asarning janri va 
muallifini aniqlang. (10 ball) 
2. Monolog muallifi o‘z nutqida jamiyatdagi qanday illatni qoralamoqda? (20 ball) 
3. Sizningcha, komillik kaliti nimada? Qanday insonlarni ma’naviy komil inson deb 
hisoblaysiz? (20 ball) 
4. Kamina so‘zi nechanchi shaxsni ifodalayapti, uning o‘rniga qaysi so‘zlarni qo‘llash 
mumkin? ( 10 ball) 
5. Matnda ajratib ko‘rsatilgan gapda qo‘llangan yordamchi so‘zlarni aniqlang hamda ular 
qaysi gap bo‘laklarini bog‘layotganini izohlang. (20 ball) 
6 . Matnda qo‘llangan vergullar asosan qaysi bo‘laklar uchun ishlatilgan, fikringizni gaplar 
orqali izohlang. (10 ball) 
7 . Matndan imlo xatolari bilan yozilgan so‘zlarni aniqlang va to‘g‘rilab ko‘chiring. (10 
ball) 

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling