2 Tushuntirish xati


V variant  Matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring


Download 3.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana02.11.2023
Hajmi3.1 Mb.
#1739153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11-sinf ona tili

V variant 
Matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring. 
Atrofi qamish chiy bilan o‘ralgan, dov-daraxtsiz yaydoq hovli. Bir yonda baxaybat 
duradgorlik dastgohi, tegishli asbob-anjom; yerda eski imoratlardan chiqqan uzun-qisqa 



taxta-yu tunuka qirqimlari, nam latta o‘rab simga tortilgan egma-qayishqoq tol navdalari 
- yirik-yirik mum palaxsalari va qirindi-payraxalar aralash-qurash bo‘lib yotibdi. Ish 
chala, chala ishlar … 
Qarshi tarafda tayyor mahsulot - katta-kichik qayig‘-u qayiqchalar qator qilib 
chetanga suyab qo‘yilgan. Biri qora moyga bo‘yalgan, biri qizil, biri kumush rang; 
chetroqdagilari hali bo‘yoq ko‘rmagan - ajralib turibdi. 
… Tom boshida ham bir qayiq! Ammo u hiyla haybatdor, hashamatli, ikki ichida 
baliqsimon bezaklari ham bor. 
Tong bo‘zara boshlagan palla. Bir maromdagi xurrak tovushi. 
Tom ustidagi qayiqqa jon kirib daf’atan chayqalib ketadi-yu, undan soch-soqoli 
o‘siq, yoshini bilib bo‘lmaydigan bir qariya bosh ko‘taradi. U ko‘kragida yotgan qalpoqni 
hafsalasizgina boshiga qo‘ndirib, tevarak-atrofga vazmin alanglab nazar solidi. (134 so‘z) 
Topshiriqlar: 
1. Berilgan epilog qaysi asarni eslatdi? Asarning janri, nomi, muallifi va g‘oyasi haqida 
ma’lumot bering. (20 ball) 
2. Asarda tasvirlangan qariyaga xos qadriyatlarni sanab bering. (20 ball) 
3. Qariyaning farzandlari va shogirdlarini qiyoslab, mulohaza yuriting. (10 ball) 
4. Ish chala, chala ishlar … teskari qo‘llangan takrorning uslubiy vazifasi haqida 
munosabat bildiring. (10 ball) 
5. Matndan atov gaplarni ajratib ko‘rsating, tarkibida qo‘llangan so‘zlarning 
turkumlarini izohlang. (20 ball) 
6. Tom boshida ham bir qayiq! Ammo u hiyla haybatdor, hashamatli, ikki ichida 
baliqsimon bezaklari ham bor. Ushbu gapda tinish belgilarining qo‘llanishini izohlang.(10 
ball) 
7. Matndan imlo xatolari bilan yozilgan so‘zlarni aniqlang va to‘g‘rilab ko‘chiring. (10 
ball) 
VI variant
Onajonim, 
Menga bu kun 
Sendan o‘zga dilxoh yo‘q. 
Zindondaman, 
Bilmam, nechun 
Menda zarra gunoh yoq. 
Gunohkorman 


10 
Na ollohim, na vijdonim oldida. 
Faqatgina…
Bir gunohim 
Onajonim oldida. 
Kechir, onam ! 
Ko‘zingda g‘am, 
Azob bo‘ldim joningda. 
Bukun bayram, 
Men bu kun ham 
Bo‘lolmadim yoningda. 
Odamlardek 
Beozor, tek 
Yashab yursam netardi. 
Menga tole, 
Senga tinchlik 
Balki, nasib etardi. 
Bulbullarga, 
Gullarga mast 
Yozsam faqat g‘azallar, 
Balki, meni mirshablarmas, 
Izlardi yosh go‘zallar. 

Download 3.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling