Eng asosiy qoida: tarjima va obrazni garmonizatsiya qilish paytida qanchalik


Download 136.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi136.05 Kb.
#1619541
Bog'liq
80 TA SO\'Z



Eng asosiy qoida: tarjima va obrazni garmonizatsiya qilish paytida qanchalik 
bachkana, aqlga sig‘maydigan, haqiqatdan yiroq bo‘lgan holat tasavvur qilinsa 
shunchalik so‘zlarning yodda qolishi hamda unutilmasligi osonroq, tezroq va 
samaraliroq bo‘ladi!
1. 
Afraid [efreid] adj. – qo‘rqqan, cho’chigan; (Alfred) tasavvur qiling, Alfred 
degan o‘zga sayyoralik oldingizga kelganida qo‘rqqaningizdan hushingizdan 
ketdingiz.
2. 
Agree [egrii] v.– fikriga qo‘shilmoq,rozi bo’lmoq; (egri) tasavvur qiling, egri 
chinorga gapiryapsiz va u fikringizni ma’qullab “ha, ha” deb turibdi.
3. 
Angry [enngri] adj.– Jahli chiqqan, badjahl; (Angren) tasavvur qiling
Toshkentning Angren tumani jahldorligi uchun boshqa tumanlar bilan urushyapti. 
4. 
Arrive [errayv] v. – yetib kelmoq, kelmoq; (arra) tasavvur qiling ustasiz, ish 
joyingizga hamma asboblaringizni o‘zingiz olib keldingiz va faqat arra o‘zi yetib 
keldi.
5. 
Attack [ettek] v. – hujum qilmoq, hujum uyushtirmoq; (katak) tasavvur 
qiling tovuqsiz, mushuk hujum qilgani uchun katta kirib oldingiz.
6. 
Bottom [botem] n. – tag, pastki qism; (bodom) tasavvur qiling, bir uydek 
keladigan katta bodomning tagida xazina bor va uni olyapsiz.
7. 
Clever [klever] adj. – aqlli, ziyrak; (kelaver) tasavvur qiling ustozsiz, bir 
bola sizga shogird tushishlikni xohlayapti va siz unga telefonda “aqlli bo‘lsang 
kelaver” deb bir necha marotaba aytyapsiz, u esa hayron…
8. 
Cruel [kruuel] adj, – shafqatsiz,berahm; (qurol) tasavvur qiling, jangda 
foydalaniladigan qurollar suhbat qilyapti va ular orasidan qilich chiqib, “oramizda 
eng zolimi men bo‘laman” deb baqiryapti.
9. 
Finally [fayneli] adv, – vanihoyat, axiyri; (fayllar) tasavvur qiling, 
kompyuteringiz siz yo‘qotgan fayllarni o‘zini ichidan qidirib, “va nihoyat topdim” 
deb xursand bo‘lib aytyapti.
10. 
Hide [hayd] v. – yashirinmoq,bekinmoq; (hayit) tasavvur qiling, 
qo‘chqoringiz bor va u hayit bayramida sizdan yashirinish uchun muzlatgichga 
kirib olgan.
11. 
Hunt [hant] v. – ovlamoq, ov qilmoq; (qand) tasavvur qiling, o‘rmonga 
jonli oq qandlarni ovlayapsiz.
12. 
Lot [lot] n. – juda ko‘p; (voydod) tasavvur qiling, pulingiz juda ko‘pligidan 
va boyligingizdan voydod deb yig‘layapsiz.
13. 
Middle [midl] n.– o‘rta; (mitti) tasavvur qiling, oyni o‘rtasida 
orzuyingizdagi umr yo‘ldoshingiz mittigina bo‘lib ko‘rinib qoldi.
14. 
Moment [moment] n. – daqiqa, on, zum; (mamont) tasavvur qiling, 
zooparkdagi fil bir zumda mamontga aylanib qoldi.
15. 
Pleased [pliizt] adj. –hursand, mamnun; (parazit) tasavvur qiling, parazitlar 
mahsulotlaringizni yeb, “biz sizdan mamnunmiz” deb aytyapti.
16. 
Promise [promis] v. – va’da bermoq (ayfon pro va mis) tasavvur qiling, 
Apple korporatsiyasiga “iPhone Pro” versiyasini misdan yasashga buyurtma 
beryapsiz va ular “kelasi safar shunday qilishga va’da beramiz” deyapti.


17. 
Reply [replay] v. – javob bermoq; (qanday eplay?) tasavvur qiling, 
maktabga prezident kelganda o‘qituvchingiz qiyin savol berib “oddiy savolga 
javob berishni eplolmading” deya baqirdi va siz “qanday eplay?” deb yig‘layapsiz.
18. 
Safe [seif] adj. – xavfsiz, bexatar; (dev) tasavvur qiling, uyingizga dev 
keldi va siz xavsizlik uchun katta seyfingizga yashirinyapsiz.
19. 
Trick [trikk] n. – hiyla; (tirik) tasavvur qiling, bir jinoyatchidan tirik qolish 
uchun hiyla ishlatib qochib qoldingiz.
20. 
Well [vel] adv. – yaxshi; (bel) tasavvur qiling, belingiz bilan gaplashasiz va 
og‘rigan paytda yaxshi bo‘lishini aytsangiz yaxshi bo‘lib qoladi.
21. 
Adventure [edvenche] n. – sarguzasht; (divancha) tasavvur qiling, 
uyingizdagi bir divanchangiz jonlandi va birgalikda sarguzashtlarga boy sayohatga 
ketyapsiz. 
22. 
Approach [eprooch] v. – yaqinlashmoq, yaqin kelmoq; (patirchi) tasavvur 
qiling, dunyodagi barcha patirchilar patirlarini maqtab sizga yaqinlashib kelyapti 
23. 
Carefully [keirefulli] adv. – ehtiyotkorlik bilan; (kafelli) tasavvur qiling, 
kafelli basseynda atrofidasiz va ehtiyotkor bilan yurmaganingiz uchun sirpanib 
yiqildingiz. 
24. 
Chemical [kemikl] n. – kimyoviy modda; (kommunal) tasavvur qiling, 
hozirgi kunda hamma odamlar kommunal to‘lovlarni kimyoviy moddalar bilan 
to‘lashyapti. 
25. 
Create [kriieit] v. – yaratmoq,yasamoq; (krovat) tasavvur qiling, ustasiz va 
kuniga 50 tadan krovat yasayapsiz. 
26. 
Evil [evil] adj.– yovuz,yomon; (Seul) tasavvur qiling, dunyodagi barcha 
yovuzlar Seul shahrida va siz u yerga borib ularga qarshi jang qilyapsiz. 
27. 
Experiment [eksperiment] n. – tajriba,sinov ; (eksperiment) tasavvur qiling, 
noodatiy eksperiment o‘tkazdingiz va Ginnes rekordlari kitobiga kiritildingiz.
28. 
Kill [kill] v. – o‘ldirmoq; (kilo) tasavvur qiling, hozirgi kunda ortiqcha kilo 
yig‘ib semirgan hayvonlar qonuniy o‘ldirilyapti. 
29. 
Laboratory [laberetori] n. – laboratoriya; (laboratoriya) tasavvur qiling, 
insonlar orasida olimlar ko‘payib ketgani uchun uyda emas laboratoriyalarda 
yashaydigan bo‘ldik. 
30. 
Laugh [laf] n. – kulgu; (harf) tasavvur qiling, kulganingizda og‘zingizdan 
harflar chiqib ketadigan bo‘lib qoldi. 
31. 
Loud [laud] adj. – baland, shovqinli; (Davut) tasavvur qiling, donishmand 
Hazrat Davut davridasiz va u kishi baqirganda ovozi balandiligidan tog‘lar 
titrayapti. 
32. 
Nervous [nerves] adj. – xavotirlangan,xavotirga tushgan; (nervenniy 
kelinlar) tasavvur qiling nervenniy kelindan qaynona xavotirlangan. 
33. 
Noise [noiz] n. – shovqin,yoqimsiz ovoz; (nos) tasavvur qiling, bir 
do‘stingiz har doim nos chekkanda shovqinli tovushlar chiqarib asabingizni 
buzadi.
34. 
Project [projekt] n. – loyiha; (projektor) tasavvur qiling, dunyodagi eng 


katta projektorni yaratish bo‘yicha loyihangiz amalga oshdi va shuni orqasidan 
boyib ketdingiz.
35. 
Scare [skeier] v. – qo‘rqitmoq,daxshatga solmoq; (skeyt) tasavvur qiling, 
skeytda uchayotganingizda u jonlanib sizni qaltis harakatlar bilan boshqarib 
qo‘rqitdi. 
36. 
Secret [sekret] n. – sir; (dekret) tasavvur qiling, ishda homiladorligingizni 
sir tutib dekretga chiqmadingiz va ishxonada to‘lg‘oq tutinb qoldi. Erkak kishi 
bo‘sangiz biron tanishingizni tasavvur qilishhingiz mumkin.
37. 
Shout [shaut] v. – baqirmoq,qichqirmoq; (shart) tasavvur qiling, baqirish 
musobaqasidasiz va tomog‘ingiz qirilguncha baqirishingiz shart.
38. 
Smell [smel] v. – hidlamoq,hidlab ko’rmoq; (mel) tasavvur qiling, melni 
(bo‘r) hidlaganingizda yoqimli hid kelyapti va uni yeb ko‘ryapsiz.
39. 
Terrible [terebl] adj. – juda yomon; (terlab o‘l) tasavvur qiling, odamlar 
issiqda juda yomon terlab o‘lib qolyapti. 
40. 
Worse [vors] adj. – yomonroq; (voris) tasavvur qiling, bir davlat rahbari 
o‘zidan yomon voris qoldirgani uchun mamlakat barbod bo‘di.
41. 
Alien [eilien] n. – o‘zga sayyoralik; (ey ilon) tasavvur qiling, o‘zga 
sayyoraliklarning uchar likopchasidan ilonlar tushub kelyapti va siz o‘zga 
sayyoraliklarga qarab “ey qaranglar, ilon, ey ilon” deyapsiz.
42. 
Among [a’mong] prep.– orasida, ichida; (eman) tasavvur qiling, eman 
daraxtlari orasida bir archa yig‘layapti. 
43. 
Chart [chaart] n. – diagramma; (chat) tasavvur qiling, online o‘qiyapsiz va 
diagrammaga oid mavzularni telegram chatida muhokama qilyapsiz. 
44. 
Cloud [klaud] n. – bulut; (kloun); tasavvur qiling, bulutlardan yomg‘ir 
o‘rniga klounlar yog‘yapti.
45. 
Comprehend [kamprihend] v. – tushunmoq,anglamoq; (kampir hind) 
tasavvur qiling, bir hind kampirni ko‘rib qolidingiz u sizga gapirayotganda 
tushunmayapsiz. 
46. Describe [diskraib] v. – tasvirlamoq; (disk) tasavvur qiling, bitta diskda 
butun umringizni tasvirlovchi video bor.
47. 
Ever [ever] adv. – qachon bo‘lmasin, ilgari; (ter) tasavvur qiling, siz 
umuman terlamaydigan odamsiz va qachon bo‘lmasin terlashni orzu qilyapsiz. 
48. 
Fail [feil] v. – muvaffaqiyatsizlikka uchramoq; (fayl) tasavvur qiling, 
biznesingiz haqidagi fayllaringizni o‘g‘irlab sizno muvaffaqiyatsizlikka 
uchratishdi.
49. 
Friendly [frendli] adj. –mehribon, g’amxo’r do‘stona; (bentley) tasavvur 
qiling, shahringizda hamma bilan do‘stona munosabtda bo‘lgan odamga bentley 
sovg‘a qilinyapti. 
50. 
Grade [greid] n. – baho; (reyd) tasavvur qiling, maktabda o‘qituvchilar 
emas militsiyalar reyd o‘tkazib o‘quvchilarni baholayapti. 
51. 
Instead [insted] adv. – o‘rniga; (institut) tasavvur qiling, institutda o‘qishni 
o‘rniga oshxonada o‘qiladigan ahmoqona zamon tushib qoldingiz. 


52. 
Library [layberi] n. – kutubxona; (lablari) tasavvur qiling, kutubxonadasiz 
va u yerdagi kitoblar lablar chiqarib gapiryapti. 
53. 
Planet [planet] n. – sayyora; (planeta) tasavvur qiling, koinotdagi 
sayyoralarni sotib olyapsiz. 
54. 
Report [ripoort] n. – hisobot,o’uvchi tabeli; (sport) tasavvur qiling, 
dunyodagi eng mashhur sportchilar natijalari haqida sizga hisobot berishyapti.
55. 
Several [sevrel] – bir nechta; (Sevara) tasavvur qiling, bir nechta Sevara 
ismli qizlar sizni quvlayapti 
56. 
Solve [salv] v. – yechmoq,javob topmoq; (salat) tasavvur qiling, jamiyatda 
shunday salat paytdo bo‘ldi, yesangiz hamma muammolarni hal qilyapti. 
57. 
Suddenly [sadnli] adv. – to‘satdan,kutilmaganda,birdaniga; (sotqinlik) 
tasavvur qiling, bir yaqin insoningiz to‘satdan sizga sotqinlik qildi. 
58. 
Suppose [sepouz] v. – taxmin qilmoq,deb uylamoq; (sepochka) tasavvur 
qiling, sepochkani (zanjir) po‘lat yoki oddiy temirdan tayyorlanganini taxmin qilib 
bir do‘stingiz bilan bahslashyapsiz.
59. 
Universe [yuunivers] n. – koinot; (universal) tasavvur qiling, koinotda 
“universal pictures” kino kompaniyasing filmlarini tomosha qilib turibsiz. 
60. 
View [vyuu]v. – ko‘rmoq,qaramoq; vyu vyu tarqal tarqal 25 soat million 
ko’rmoqda. 
61. 
Appropriate [aproprieit] adj. –mos, to’g’ri, muvofiq; (apparat) tasavvur 
qiling, butun boshli bir katta do‘konda oshingizga muvofiq bo‘lgan foto apparatni 
topolmayapsiz.
62. 
Avoid [evoid] v. – yaqinlashmaslik,chetda turmoq; (covid) tasavvur qiling, 
laboratoyadasiz va sizga “covid 19” virusi yoniga yaqinlashmaslik aytildi. 
63. 
Behave [biheiv] v.– o‘zini tutmoq,odob saqlamoq; (behi) tasavvur qiling, 
yoningizda behi bor va u jonlanib o‘zini masxarabozlardek tutyapti. 
64. 
Calm [koom] adj. – xotirjam; (qalam) tasavvur qiling, asabiylashganingizda 
qalam yesangiz xotirjam bo‘ladigan odatingiz bor va hozir shunaqa qilyapsiz.
65. 
Concern [konso‘rn] n. – tashvish, g‘am; (konsert) tasavvur qiling, hamma 
konsertga borib xush kayfiyatda o‘tiribdi sizni esa g‘am tashvish tark etmayapti va 
baqirib yig‘layapsiz.
66. 
Content [kentent] n. – xursand,shod; (qon ketdi) tasavvur qiling, har safar 
xursand bo‘lganida ko‘zlaridan qon ketadigan do‘stingiz bor va hozir shunday 
bo‘lyapti. 
67. 
Expect [ikspekt] v. – umid qilmoq,ishonmoq,kutmoq; ekspert tasavvur 
qiling butun dunyoga o’zizga yoqqan gullarni ekspert qildingiz va ishonasiz sizga 
katta foyda keltiradi. 
68. Frequently [frikventli] adv. – tez-tez; (fri) tasavvur qiling, tez-tez kartoshka 
fri yeyishga borib turmasangiz kasal bo‘lib qolyapsiz.
69. 
Habit [habit] n.– odat; (obed) tasavvur qiling, obed vaqtida ovqatlanish 
o‘rniga bitta saqichni yutib yuborib to‘yib qoldingiz.


70. 
Instruct [instrakt] v. –ta’lim bermoq,ko’rsatma bermoq; (instruksiya) 
tasavvur qiling, yangi olib kelgan televizoringizni qanday ishlatish bo‘yicha 
instruksiyasi bo‘lmagani uchun o‘zingiz o‘rganyapsiz.
71. 
Issue [ishuu] n. – masala, muammo; (ish yo‘q) tasavvur qiling, dunyoda ish 
yo‘qligi muammo emas. 
72. 
None [nan] pron, – hech qancha; (non) tasavvur qiling, yer sayyorasida 
hech qancha non qolmadi. 
73. 
Patient [peishent] adj.– sabrli,toqatli; (peshin) tasavvur qiling, kun bo‘yi 
sabrsiz bo‘lib faqat peshin paytida sabrli bo‘lib yurasiz. 
74. 
Positive [poozitiv] adj.– ijobiy; (pozitiv) tasavvur qiling, muammolarni 
tirjayib pozitiv kutib oladigan optimistsiz.
75. 
Punish [panish] v.– jazolamoq; (tanish) tasavvur qiling, bir tanishingiz 
jinoyat qilgani uchun uhni emas sizni jazolashyapti.
76. 
Represent [reprizent] v. – vakil bo’lmoq; (president) tasavvur qilmoq, har 
safar kostyum shim kiyganingizda o‘zingizda prezident ko‘rinishi aks etganini his 
qilasiz. 
77. 
Shake [sheik] v. – silkitmoq,siltanmoq; (sherik) tasavvur qiling, 
attraksionda qo‘rqqaningizdan qichqirib sherigingizni silkityapsiz.
78.Spread [spred] v. - tarqalmoq, surkamoq, surtmoq; (spirt) tasavvur qiling, 
spirtni ichib yuborib butun tanangizga tarqay boshlaganida hushingizdan ketib 
qoldingiz.
79. 
Stroll [stroul] v. – sayr qilmoq,aylanib kelmoq; (stol) tasavvur qiling, 
hamma itni o‘rniga stolingizni yetaklab sayr qilyapsiz.
80. 
Village [vilij] n.– qishloq; (chellenj) tasavvur qiling, O‘zbekistondagi 
qishloqlar orasida tezroq rivojlanib shaharga aylanish chellenji boshlandi. 

Download 136.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling