2 Tushuntirish xati
X variant Matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring
Download 3.1 Mb. Pdf ko'rish
|
11-sinf ona tili
X variant
Matnni diqqat bilan o‘qing va topshiriqlarni bajaring. Darvozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilgan bu dongdor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo‘shab hujralarga qaytganlar, ko‘p hujralar kechki osh pishirish ila mashg‘ul, shunung uchun kunduzgiga qaraganda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab kulishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek. Saroyning to‘rida boshqalarga qaraganda ko‘rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiygiz to‘shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, ularda bo‘z ko‘rpalar ko‘rilgan bo‘lsa, munda ipak va adras ko‘rpalar, narigilarida qora charog‘ sasiganda, bu hujrada sham‘ yonadir, o‘zga hujralarda yengil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo‘lganida bu hujraning egasi boshqacha yaratilishda: og‘ir tabiatlik, ulug‘ gavdalik, ko‘rkam va oq 14 yuzlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu xujra bino va jixoz yog‘idan, ham ega jixatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi. (135 so‘z) Topshiriqlar: 1. Berilgan parcha qaysi asarga tegishli? Asarning janri, nomi, muallifini aniqlang. (20 ball) 2. Sizningcha, muallifning qahramon joylashgan xonani bu darajada tasvirlashdan maqsadi nima edi? (20 ball) 3. Asar bosh qahramonini boshqa bir obraz bilan qiyosiy tahlili qiling. (20 ball) 4. Asarda qaysi davrdagi adabiy til shakllari ifodalangan? Misollar asosida izohlang. (10 b) 5. Matnda ajratib ko‘rsatilgan gapni morfologik va sintaktik tahlil qiling. (10 b) 6. Matnda ajratib ko‘rsatilgan gapda qo‘llanilgan tinish belgilarining vazifasini aniqlang. (10 ball) 7. Matnda berilgan oxirgi gapdan xato yozilgan so‘zlarni ajratib, to‘g‘rilab yozing. (10 ball) XI variant … U tepalikdan qaytib tushib, yo‘lga otlandi. Tugunni tugdi, uch bo‘lak qilib yashirgan gugurtlari turibdimi, yo‘qmi deb paypaslab ko‘rdi, lekin sanab o‘tirmadi. U bug‘uning terisidan tikilgan xaltachaga qarab turib, xayol surib qoldi. Xalta uncha katta emas, ichidagi narsalari bilan bir hovuch kelardi. Lekin og‘irligi o‘n besh qadoq bo‘lib, boshqa yukning og‘irligidan qolishmasdi - uni mana shu tashvishga solardi. U xaltani bir tomonga surib qo‘yib, boshqa narsalarni o‘ray boshladi. Keyin xaltachaga qaradi-da, uni shartta qo‘liga oldi, xuddi sahro uning qo‘lidan oltinlarni tortib olayotgandek, atrofga xo‘mrayib qaradi. U chapga burildi. Ahyon-ahyonda to‘xtar va botqoq mevalaridan terib yer edi. Uning oyogi butunlay qotib qoldi, o‘zi borgan sari kuchliroq oqsar, lekin oyoq og‘rig‘i qornidagi og‘riqqa qaraganda hech gap emasdi. … Mevalar uni ochlik azobidan qutqara olmas, til va tanglaylarini lovullatib achitardi … U har bir ko‘makni sinchiklab qaradi. Nihoyat, qosh qorayganda bir chuqurda bittagina baliq suzib yurganini ko‘rib qoldi. U qo‘lini yelkasigacha suvga tiqdi. Lekin baliqcha qo‘lidan sirg‘alib chiqib ketdi. (130 so‘z) Download 3.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling