2. Uy ho’jaliklari byudjetini statistik kuzatish. Aholining sotib olish qobiliyati, minimal yashash darajasi va kambag’allik chegarasi
Download 99.5 Kb.
|
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indek
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Aholining sotib olish qobiliyati, minimal yashash darajasi va kambag’allik chegarasi. 4. Aholi turmush darajasini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichlari.
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiyot indikatorlari tizimi Reja: 1. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi. 2. Uy ho’jaliklari byudjetini statistik kuzatish. 3. Aholining sotib olish qobiliyati, minimal yashash darajasi va kambag’allik chegarasi. 4. Aholi turmush darajasini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichlari. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi. Turmush darajasi murakkab iqtisodiy kategoriya bo’lib, u biror-bir alohida ko’rsatkich bilan ifodalanmaydi. SHu sababli BMTning Statistika komissiyasi quyidagi ko’rsatkichlarni tavsiya etadi: a) aholining demografik tavsifi (tug’ilish, vafot etish, kasal bo’lish, kelajakda ko’radigan umrining o’rtacha uzunligi); b) sanitariya-gigiyena sharoitlari; v) oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi; g) uy-joy hamda uzoq muddat davomida foydalaniluvchi jihozlar (avtomobil, muzlatgich, televizor va hokazo) bilan ta’minlanganlik; d) ta’lim va madaniyat; e) bandlik va mehnat sharoitlari; j) aholining daromad va xarajatlari; z) yashash qiymati va iste’mol narxlari; i) transport vositalari; k) dam olish, fizkultura va sportni tashkil qilish; l) ijtimoiy ta’minot; m) insonning erkinligi. Turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri sifatida aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarilishi (A+SH dollari yoki yevroda) qo’llaniladi. Biroq faqat bu boradagi ko’rsatkichlarning o’zi turmush tarzi haqida yetarlicha ma’lumot bera olmaydi. SHu sababli undan xalqaro taqqoslashlarda juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Turli mamlakatlarning statistika amaliyotida aholining turmush tarzini o’rganish uchun ko’pincha quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: nominal va real ish haqi; aholining nominal va real daromadlari; aholi xarajatlari va jamg’armalari; aholining uy-joy va uzoq muddat foydalaniladigan jihozlar bilan ta’minlanganligi; oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlarini iste’mol qilish darajasi; bandlik va ishsizlik darajasi; mehnat sharoitlari ko’rsatkichlari; ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, turizm va dam olish ko’rsatkichlari. Xalqaro statistikada o’rtacha ish haqi bir ishchiga emas, balki bir odam-soatga nisbatan hisoblanadi. Bu jahonning ko’p mamlakatlarida ishchilarning katta qismi to’liqsiz ish vaqti bilan band ekanligi bilan izohlanadi. Aholining daromadlari ish haqidan tashqari boshqa manbalardan olingan barcha pul va natural ko’rinishdagi daromadlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar mansub : 1. Ish haqi shaklida bo’lmagan mashg’ulotlardan olinadigan daromadlar (choychaqa, qalam haqi, shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olingan daromad, yakka tarzda mehnat faoliyatini yuritish tufayli olingan daromad). 2. Korxonalardan beriladigan ish haqi shaklida bo’lmagan daromad (moddiy yordam, korxonadan ketganda to’lanuvchi pul va hokazo). 3. Nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya va tovon to’lovlari. 4. Xususiy mulkdan olingan daromad (foiz, renta, dividend, ijaraga berishdan tushgan daromad va hokazo). 5. YUtuqlar, meros, sovg’a, sug’urta to’lovlari. 6. Nolegal va yashirin faoliyat tufayli olingan daromad; chet eldan olinuvchi daromad (oylik ish haqi, nafaqa, stipendiya, grantlarni o’tkazish; insonparvarlik yordami va hokazo ). Ish haqi ham, aholining daromadlari ham ikki xil variantda aniqlanishi mumkin: 1. Nominal sifatida. 2. Real tarzda. Download 99.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling