2. xx-asrdagi rivoj topgan O’zbekiston san’ati haqida ma’lumot


Download 226.34 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi226.34 Kb.
#99785
Bog'liq
2 XX asrdagi rivoj topgan O’zbekiston san’ati haqida ma’lumot


2. XX-asrdagi rivoj topgan O’zbekiston san’ati haqida ma’lumot.

XX asr boshlarida O`rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi san'atda ham o`z ifodasini topdi. Buni dekorativ amaliy san'at asarlaridagi kompozitsiyalarda, ularning syujet va motivlarida, real hayotning tasvirlanishida, voqe'likni ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlarida ko’rish mumkin. Bunday o`zgarishlar rus va o`zbek me'morchilik san'ati an'analarining bir-biriga yaqinlashishi va qo`shilishi natijasida paydo bo`lgan yangi uslublarda ham namoyon bo`la boshladi. Realistik dastgoh san'ati maydonga keldi. Buni birinchi bo`lib, XIX asrning 40-yillaridan boshlab O`rta Osiyoga kela boshlagan rus badiiy maktabining talabalari boshlab berdilar. Bu borada rus rassomlari A.Karazin, I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommyer, 1886 yilgi ko’rgazmada Toshkentlik To’xtasodiq Xo’jaevning alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchalarining qo’yilishi, 1915 yil bosmadan S.Siddiqiyning "Go’ro`gli" epik poemasiga ishlangan grafik illyustratsiyalarining yuzaga kelishi davr taqozosi edi. O`zbekistonda san'atni targ’ib etish, ko’rgazmalar uyushtirish, muzeylarni milliylashtirish kabi ishlar amalga oshirildi. 1918-20 yillarda Toshkent, Samaqand shaharlarida badiiy maktablar ochildi. Ularga ko’plab mahalliy yoshlar jalb etildi. Bunda rus va boshqa milliy rassomlar faol ishtirok etdi. Shu bilan birga o`zbek xalq san'atini o’rganish orqali rassomlar haqiqiy milliy san'at namunasini yaratishga, o`z asarlarida davrning muhim voqealarini aks ettirishga harakat qildilar. Shunday rassomlardan biri O.Tatevosyan bo`ldi. Korovinning shogirdi bilan bu rassom 1915 yil birinchi bor O`zbekistonga keldi. Uning serjilo tabiati, boy me'morchilik yodgorliklari yosh rassomni o`ziga maxliyo etdi. O`zbekistonda o`z ijodiy izlanishlari uchun katta imkoniyatlar borligini xis qilgan rassom o’qishni bitirgach, butunlay O`zbekistonga ko’chib keldi va o`zining sermahsul ijodini boshladi.




Mustaqillik davrida O’zbekistonda ijod qigan rassomlar ijodidan namunalar



G’. Abdurahmonovning “Baqqol” natyumorti


Yosh rassomlarga murabbiylik qildi. Uning ilk ijodidagi asarlar asosan Samaqandga bagishlangan. Gavjum ko`chalar, noz-ne'matga boy bozorlar, choyxonalar rassomning ko’pgina asarlarining mazmunini tashkil etdi. Xalq milliy san'at namunalarini o`rgandi. Asarlarida O`zbekistonda bo`layotgan o`zgarishlarni, odamlarning mehnatga bo`lgan munosabati badiiy ifodasini topa boshladi. O`sha yillari O`zbekistonda bir qator iste'dodli rassomlar yashab ijod qilganlar. Bular ichida Fargonada tug’ilib o’sgan Aleksandr Volkovning asarlari juda rang - barang va falsafiy mazmunga boy. Voronejdan kelgan va butun umr Toshkentda yashab ijod qolgan Usto Mo’min (Nikolaev) bir qator ajoyib nafis, lirik shoirona asarlar yaratdi. Davr kayfiyati, kishilarning hayotga bo`lgan yuksak munosabati uning asarlarida o`zining haqiqiy poetik ifodasini topdi. Uning shunday asarlari ichida "Baxor", "Bedanaboz", "Do`stlik», «Muhabbat", "Kuyov", "Choyxonachi" kabilardir.

O`zbekistonda samarali mehnat qilgan rus rassomlaridan biri Pavel Petrovich Benkov edi. U o`zbek san'atining rivojlanishiga, milliy kadrlar yetishib chiqishiga katta hissa qo`shdi. U Buxoro, Xiva, Samaqand haqida juda ko`p polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda bo`lib, ularda rassom xalq turmushini nodir me'morchilik va ustalik bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini ham yaratadi. "Dugonalar", "Dutorchi qiz" deb nomlangan asarlar do’stlik mavzusida yaratgan yirik asarlaridir. 20-30 yillardan boshlab milliy rassomlar ko’rina boshlandi. Ular o`zlarining dastlabki asarlari bilam respublika badiiy ko’rgazmalarida ishtirok etib, badiiy hayotni yanada jonlantirdilar. Bu yillarga kelib san'at mavzusi kengaydi. Do’stlik, tinchlik, mehnat go`zalligini kuylovchi asarlar yaratildi. Iste'dodli yosh rassom Baxrom Hamdamiyning "Ish tugadi" deb nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida sodir bo`lgan o`zgarishlar o`z ifodasini topdi. Shu bilan birga Lutfulla Abdullaevning "Yosh shoir uyidagi uchrashuv" deb nomlangan asar yoshlar orasida san'at va ma'rifatga intiluvchi yoshlarning fazilatlarini ochib berishga bag’ishlangan. Bu yosh rassomlar O`zbekiston san'atining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shdilar.



Ikkinchi jahon urushi yillari O`zbek rassomlari uchun katta sinov bo`ldi. Ular g`oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular front g`alabasi uchun rag`batlantira oladigan asarlar yaratishga harakat qildilar. Urush yillarida O`zbekistonga evakuatsiya qilgan Moskva, Leningrad, Kiev, Harkov badiiy institutlari, ular bilan birga kelgan yetuk san'atkorlar - D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar respublika badiiy hayotini jonlantirishga ko’maklashdilar. Urush tugagach, tinchlik yillari O`zbek san'ati ham o`z rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Inson go`zalligi, tabiat ulug`vorligi rassomlarimiz polotnosida o`z ifodasini topa boshladi. Bu urushdan keyingi yillarda yaratilgan A,Abdullaevning “A.Xidoyatov” portreti, “T.Oybek”, L.Abdullaevning "Qaxramonni kutib olish", O’.Tansiqboevning "Qayroqqum GESida tong", R.Axmedovning "Onalik o`ylari” R.Timurovnimg "Samarqand", Yu.Yelizarovning "O`zbekiston san'atkorlar guruhi portreti", N.Karaxonning "Oltin kuz", V.Fadeevning "Soqchi ayol", M.Saidovning "Xirmonda", Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar O`zbek san'ati tarixida o`zlarining munosib o`rnini egallaydi. Respublikamiz rassomlari bu davrdan boshlab, barcha ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san'atni ta'sirchanligini ortib borayotganini namoyish etdilar.



M. Nuriddinov. “Natyurmort”.
Bizning rassomlar ko’plab ko`rgazmalarda qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, O`zbek san'ati yangi pog`onaga qadam qo`ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki yoshlar ijodida ham yangi ifoda vositalarini izlash, asarlarini talqin etishda uning emotsional tomoniga etibor berish kuchayganligi yaqqol ko`zga tashlandi. Buni H.Boboev va R.Chorievlarning kartinalarida, T.Muhammedovning karikaturalarida, H.Xusniddinxo’jaevning haykallarida ko`rish mumkii. O`zbek san'ati zafarli yo`lni bosib o`tdi.

ADABIYOT


1.3. Umumta’lim maktab o’quvchilariga natyurmort kompozitsiyasining mazmuni

Har qanday san'at asarining negizini kompozitsiya tashkil etadi. «Kompozitsiya» - (lotincha compositio) tuzish, ijod qilish demakdir. U asar tuzilishida qismlarning asar g’oyasiga muvofiq joylashtirilishi va o'zaro munosabatini anglatadi.

Tasviriy san`atning nazariy asoslari bilan tanishish har bir mutaxasis uchun nihoyatda zarur.

Bunda asosiy etibor kompozitsiya , nur va soyaning o`zaro muvofiqligi, rang shunoslik perspiktivani o`rgatishga qaratiladi

Tasviriy san'atda kompozitsiyaning simmetriya va asimmetriya, muvozanat va ritm, turg‘unlik (statik) va harakat (dinamik), ikkinchi darajali buyum larning asosiga bo'ysunishi, ko'rish markazi va ko‘pincha unga mos keladigan kompozitsion markazni bo'rttirib ko'rsatish kabi qoidalari mavjud.

O`zbek tilining izohli lug`atida “kompazitsiya – adabiy asar, san`at asari qisimlarining tuzilishi, joylashishi va o`zaro munosobati, tarkibiy qismlari ma`no jihatidan o`zaro bog`lanib birlik tashkil etgan badiy asar, muzika yoki rassomlik asari”,-deb ta`riflangan. Demak, kompazitsiya hozirgi zamon talqinida biror san`at asarining turli tomonlari, qismlari mushtarak yig`indisini anglatadi. Kompazitsiya tabiat, jamiyat va inson faoliyatiga bog`liq tushuncha. Tabiatdagi barcha jonsiz va jonli narsalar garmonik va disgarmonik yaxlitlikka-kompazitsiyaga ega. Masalan biror hayvon yoki daraxtga qarang. Hayvon oyoqlari, bo`yni, shoxi va qulog`I yo gavdasining birligi uning qanaqa hayvon ekanligini anglatadi. Asarning kompozitsion tuzilishi ijodkor g`oyasini tomashabinga aniq, oson, tez yetib borishiga xizmat qiladi.

Kompozitsiya orqali rassom asardagi mazmunning muayyan tartibdagi chiziq, shakl, rang va

boshqa vositalar orqali tomoshabinga ta`sir kuchini oshiradi. Uning elementlarini o`zaro bog`lab joy joyiga qo`yadi, fazoviy kenglikni yaratadi. Har bir tasviriy san`at asari ma`lum kompozitsiyaga ega bo`ladi. Zero, kompozit- siya asar yaratilishida birrinchi galda hal etiladigan muhim ish hisoblanadi. Kompozitsiya tuzishning o`ziga xos qonun-qoidalari, vosita va uslublari mavjud.

Tasviriy san`atda kompozitsiyaning asosan uch turi amal qiladi. Ular frontal kompazitsiya ,hajimli kompazitsiya chuqur fazoviy kompazitsiyadan iboratdir.

1.Frontal kompazitsiya. Bunda tasvir tekislik yuzasida ishlanadi.Ular rang- tasvir, rel`efli

haykallar, binolarning old qismi - fasadidagi tasvirli naqishlar bo`li- shi mumkin.

2.Hjimli kompazitsiya. Bunday kompazitsiyalar uch o`lchamga ega tasvir- lar bo`lib,ularni har

tomonondan kuzatish mumkin.lar asosan yumaloq haykallar , amaliy san`at buyumlari, me`morchilik binolarining modellarida namoyon bo`ladi.

3.Chuqur-fazoviy kompazitsiya.Bunday kompazitsiyalar ko`poq turarjoy va jamoat binolarining ichki qismini, xususan uy ichki xonalari, jamoat joylarining foesi, teatr sahnasi kabilarning loyihalarida ko`zga tashlanadi.

Rang tasvir kompazitsiyasi ham tasviriy san`atda katta o`rinni egal- laydi.Bunga sabab tasviriy san`at oldiga qo`yiladigan vazifalarning aksariati, xususan kishilarda badiiy did, tafakkur va xotirani o`stirish, dunyoqarashni kengaytirish, tasviriy san`atni his etish malakalarini rivojlantirish rangtasvir kompazit siyasining asosini tashkil etadi.

Kompazitsiya qonunlari- birinchi galda bir butunlik yoki suvrat detalla-rining o`zaro bog`liqligi qonuni, muvozanat qonuni, suvratda yangilikning bo`lishi, kontrastlar qonuni, hayotiylik qonuni kabilar nazarda tutiladi.

Kompazitsiya qoidalari esa ritm, kompazitsion markazning bo`lishi, detal- larning simmetrik yoki assimetrik joylashuvi, kompazitsiyada harakat, turg`unlik, planlilik, paralellik kabilar nazarda tutiladi. O`quvchilar kompazitsiyaga xos qonun-qoidalar bilan birga uning uslublari va vositalari haqida ham ma`lum tasavvurga ega bo`lishlari lozim.

Kompazitsiya uslublari deyilganda tasvirni monumental tarzda ifodalash, fazoviy

tasvirlash,detallarni tik, yotiq, dioganallar bo`yicha tasvirlash tushiniladi. Masalan, V.Surikov

“Boyvuchcha Morozova” nomli asarida kompazitsiyadagi harakatni ko`rsatish uchun detallarni dioganal yo`nalishi bo`yicha joylashtirgan.

Kompazitsiya vositalari deyilganda chiziq,oq va qora ranglar,rang dog`lari, chiziqli va havo (rang) perspektivasi qoidalariasosida tasvirlash tushiniladi.

Kompazitsiyada kontrastlar qonuni ham alohida ahamiyat kasb etadi.Bu qonun asardagi

detallarning rang va ton jihatidan bir-biridan keskin farq qilishini bildiradi.Xususan,ular och va to`q, iliq va sovuq rangda, og`ir va engil ranglarda bir-biriga qarama-qarshi bo`lishlari lozim. Shundagina suvratdagi detallar bir-birining fonida aniq va ifodali ko`rinadi.

Tasviriy san`atda, ayniqsa rangtasvirda rangning roli benihoya kattadir. U asarning mazmuni va g`oyasining to`la ochilishiga, uning tomoshabinga emot- sional–hissiy ta`sirini kuchaytirishga,shu bilan birgalikda kompazitsiyadagi muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.



Asarda detallarning assimetrik joylashuvi esa detal,shakl,yorug` va soya, rang,harakat,holatlar

orqali ro`y beradi. Detallarning asarda assimetrik joylashuvi rasm g`oyasini amalga oshirishga xizma qiladi. Aytaylik, asarning ikki tomonida qarama-qarshi kuchlar tengsizligini ko`rsatmoqchi bo`lganida, rassom assimetriya qoidasidan foydalanishi mumkin. Detallar assimetrik bo`lgani taqdirda asarda muvozanatni buzilmasligi uchun rassom detallarni ritmik loylashtirishdan foydalanadi.
Download 226.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling