2. Yalpi talab yalpi taklif tarkibi muvozanati va unga ta'sir qiluvchi omillar
Download 315.2 Kb. Pdf ko'rish
|
yangi Ilyos aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy qiymati Ijtimoiy nafliligi jihatidan Ijtimoiy nafliligi jihatidan *
- (turlari, miqdori va sifati) Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati)
- Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining ozgarishi
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati) Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati) 4 + Iste'mol tovarlari va xizmatlari Iste'mol tovarlari va xizmatlari ♦ Qiymati (miqdorx narxi) Ijtimoiy qiymati Ijtimoiy nafliligi jihatidan Ijtimoiy nafliligi jihatidan * yalpi talab miqdori = yalpi taklif miqdori 1 r Qiymat jihatidan Ijtimoiy qiymati jihatidan Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati) Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati) 20 taklifga ta'sir etuvchi omillarning o'zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi muvozanat tomon harakat qiladi. Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig'ining qaysi kesmasida ro'y berishiga qarab o'ziga xos xususiyat kasb etadi. Yalpi talab egri chizig'i yalpi taklif egri chizig'ini yotiq kesmada kesib o'tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o'sishi milliy ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib keladi.Biroq, bu o'zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o'zgarishisiz ro'y beradi. (13-chizma). Yotiq kesmada yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining o'zgarishi (13-chizma). Chizmadan ko'rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o'sishiga taklif egri chizig'i bo'yicha muvozanat nuqtasining o'ng tomonga silijishi orqali javob beriladi.Ya'ni, AD1 dan AD 2 ga qadar o'sgan talab miqdori iqtisodiyotda to'liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quwatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Q1 dan Q 2 ga qadar o'stirish orqali qondiriladi. Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo'lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi. 21 Hammamiz bilishimiz mumkinki, kelgusi yillarda mamlakatimizdagi yalpi taklif va yalpi talab o'rtasidagi farq oldingiga qaraganda juda ham ko’p o’zgarib turganini iqtisodiyotimizdan ko’rib olsak ham bo’ladi. Bunday ko’rsatkichning hosil bo'lishida davlat sarflari (investitsiya sarfidan tashqari) ning hisobga olinmaganligi ham ta'sir ko'rsatgan. Ta'kidlash lozimki, keyingi yillarda aholining pul daromadlari jamg'armalarni o'stirish, turli to'lov va badallar ko'rinishida sarflangan, ya'ni yalpi talabga aylanmagan. Hozirda jahonda ro'y berayotgan global iqtisodiy inqiroz ayni paytda ko'plab mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o'rtasidagi muvozanatning buzilishini ham ifodalaydi. Odatda, tashqi talab qisqarib borayotgan bir paytda, ushbu muvozanatni tiklash maqsadida ichki talabni kuchaytirishga harakat qilinadi. Shunga ko'ra, respublikamizning Inqirozga qarshi choralar dasturida ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab- quwatlashda ularning mahsulotiga bo'lgan ichki talabni rag'batlantirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Respublikamizda belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Agar mazkur ko'rsatkich oldingi yillarda ma’lum bir so'mmani tashkil etgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib 1,9 marta o'sgan. kelgusi yillarda ushbu dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko'paytirish mo'ljallanmoqda . Mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quwatlash borasida 2019 yilga sanoat kooperatsiya negizida tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, O'zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturi, «O'zbekcharmpoyabzali» assotsiatsiyasi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturi, O'zbekiston milliy avtomagistrali qurilishi dasturi va boshqalar ishlab chiqilganligi diqqatga sazovordir. Milliy iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos holda faoliyat olib borishi uchun muntazam ravishda ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab 22 chiqarishga joriy etish lozim. Buning uchun yangi texnologiyalarni joriy etish, yangi uskunalarni, xomashyo va materiallarni sotib olish, xodimlar malakasini oshirish lozim bo‘ladi. Bunday holatni muntazam ravishda saqlab turish uchun xo'jalik yurituvchi subyektlar ma ’lum miqdordagi kapitalga ega bo‘lishlari kerak. Ammo amalda doim ham shunday bo'lavermaydi. Shuning uchun rahbarlar va menedjerlar oldida strategik rejalarni amalga oshirish uchun investitsion mablag‘lar manbalarini qidirib topish masalasi ko‘ndalang turadi.Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalaydigan statistic ko'rsatkichlar tizimi, ularning tarkibi, ular orasidagi bog'lanishlar yoritilgan. Bu ko'rsatkichlar orasida yalpi ichki mahsulot ko'rsatkichi (YaIM) markaziy o'rinni egallaydi, chunki u mamlakatlarning iqtisodiy qudratini aks ettiradi. Uning hajmini aniqlashning: ishlab chiqarish, taqsimlash va oxirgi foydalanish usullari, nominal va real YaPMni, YalM deflyatorini aniqlash usullari ko'rsatilgan. Milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari mahsuloti hajmini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazish bo'yicha xizmatlarni xarakterlash uchun savdo (muomala) statistikasi ko'rsatkichlari: tovar aylanish hajmi, tarkibi, tezligi, zaxiralari ko'rsatkichlaridan foydalanilgan. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun har qanday ishlab chiqaruvchi ma'lum xarajatlarni amalga oshiradi. Keyingi lok ko'rsatkichlar shu xarajatlarning hajmi. tarkibi, darajasi va dinamikasini aks ettiradi. Foyda va rentabellik ko'rsatkichlari shu xarajatlar hajmi bilan bog'liq bo'lib, ular korxonalar moliyaviy holatini ifodalaydi. Milliy hisoblar tizimidagi milliy daromad va boshqa daromad ko'rsatkichlari statistikasi bo’limida davlat budjeti daromadlari va xarajatlari ko'rsatkichlariga, budjet kamomadi, bank, sug'urta, pul muomalasi, inflyatsiya va kredit statistikasining asosiy ko'rsatkichlari keltirilgan. Investitsiyalar va investitsion faoliyat statistikasida investitsiyalar tarkibi, kapital qo'yilmalar, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga jalb etilgan investitsiyalar va ularning samaradorligini o'rganishga alohida e’tibor berilgan. 23 Milliy iqtisodiyot faqat rezidentlar faoliyatini o 'z ichiga oladi (qanday iqtisodiy territoriyada bo‘lishidan qat'i nazar). Uning doirasida yalpi milliy daromad tashkil topadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling