2. Yuvish vositalari va uslublari. Yuvish tozalash qurilmalari. Tayanch so‘z va iboralar
Avtomobilning ifloslanish turlari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU
Avtomobilning ifloslanish turlari:
Ekspluatatsion: yo‘l iflosligi, tashilgan yuk qoldiqlari, lak-bo‘yok qoplamalari, yog‘lash materiallari, quyqalar, moy ifloslik qoldiqlari, asfalt smola birikmalari, lak birikmalari, chirik kuyindilar. Texnologik: qirindi, abraziv zarralar, shlaklar, tekislash pastalari, emulsiya qoldiqlari, chiniqtirish vaqtidagi yeyilish maxsulotlari. Ekspluatatsion iflosliklar avtomobil ekspluatatsiyasi vaqtida texnologik iflosliklar avtomobilni to‘liq ta’sirlash vaqtida xosil bo‘ladigan iflosliklardir. Yuk qoldiqlari va yo‘l iflosliklari. Eng mustaxkamlari beton, bitum va boshqalardir. Lak-bo‘yoq qoplamalari ifloslik sifatida ta’mirlash vaqtida rama, kuzov, kabina va boshqalarda tozalanadi. Dvigatelda yog‘ning eskirishi va yonishi natijasida eng qiyin ajraladigan iflosliklar, lak birikmalar kuyindilari hosil bo‘ladi. Bular karter devorlarida, tirsakli valda, moy nasosida, filtrda, yog‘ trubalarida bo‘ladi. Yog‘ va yoqilg‘ining fizik- mexanik o‘zgarishi, chang detallarning yeyilish mahsulotlari mexanik aralashmalaridan hosil bo‘ladi. Bu qoldiqlar asfalt-smolalar ham deb ataladi. Porshen va karbyurator yuzalarida va yoqilg‘ining polimerlashi natijasida yupqa, qoplama xosil qilishi, lak birikmalar deyiladi. Chirklar yonish kamerasi yuzalarida porshenning ustki qismida, kompression xalqalarda, svechalarda, klapanlarda, forsunkalarda va kollektorlarda xosil bo‘ladi. Uglerod birikmalar quyidagilar: yog‘ neytral smolalar, oksid kislotalar, asfaltenlar, karbenlar, karboidlar va yonmas qoldiqlar. Neytral smolalar benzinda to‘liq eriydi. Asfaltenlar 300 o C da koks va gazga ajraydi, benzolda, xloroformda eriydi. Karbenlar serouglerodda eriydi. Karboidlar xech narsada erimaydi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling