2. Yuvish vositalari va uslublari. Yuvish tozalash qurilmalari. Tayanch so‘z va iboralar


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1523113
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU



3-MAVZU. TRANSPORT VOSITALARI DETALLARINI YUVISH VA 
TOZALASH ISHLARI. 
Reja. 
1. Detallarni tiklashda yuvish va tozalash ishlarining axamiyati. Detallardagi 
ifloslik turlari va tabiyatlari. 
2. Yuvish vositalari va uslublari.
3. Yuvish - tozalash qurilmalari. 
Tayanch so‘z va iboralar
Yuk zarrachalari, moy va moylash materiallarining zarralari, cho‘kindilar va lak 
pardalari, kuyindi, korroziya elementlari, eski lak-bo‘yoq qoplamalari, qasmoq, 
abraziv va metall zarrachalari,ifloslanish turlari,kaustik soda,kalsinatsiyalangan 
soda. 
1. Detallarni tiklashda yuvish va tozalash ishlarining axamiyati. 
Detallardagi ifloslik turlari va ularning tabiati
Mashina va detallarini tozalash juda muhim texnologik jarayon bo‘lib, ishlab 
chiqarish madaniyatiga,ish unumi va mashinalar ta’miri sifatiga katta ta'sir 
ko‘rsatadi. Bu jarayonga oid ish xajmi va xarajatlar miqdorini tasavvur qilish 
uchun ishlatish va ta’mirlash vaqtida har yili 6-7 yilda ishlab chiqariladigan 
mashinalar soniga teng mashinalar tozalanishini aytish kifoya. 
Detallar, asosan, yonilg‘i va moyning yonish qoldiqlari, abraziv va metall 
zarrachalari, biologik qoldiqlar bilan ifloslanadi. Avtomobillar va ularning 
detallarini yog‘li iflosliklardan tozalash murakkab fizik-kimyoviy jarayon 
hisoblanadi. Odatda, detallarni tozalash uchun ko‘p tarkibli maxsus, 80— 90°C 
temperaturagacha isitilgan yuvuvchi tarkiblardan foydalaniladi.
Mineral moylar, smolalar, kuyindilar va boshqa shunga o‘xshash iflosliklar 
suvda yomon ho‘llanadi, shuning uchun ham yuvuvchi eritma tarkibiga ishqor va 
sirt faolligi yuqori bo‘lgan maxsus qo‘shimchalar qo‘shiladi. Avtomobil detallarini 
tozalash va yog‘sizlantirishdan asosiy maqsad ularning sirtidagi moy pardasini 
boshqa iflosliklar bilan birgalikda tozalashdan iborat. Buning uchun yuvishda 
qo‘llaniladigan eritmalarga, moy pardasini g‘ovaklash va yirtish, moy 
zarrachalarini detal sirtidagi iflosliklar bilan birgalikda ajratish hamda ajratib 
olingan zarrachalarni detallarga qaytadan yopishishiga qarshilik qiluvchi yuqori 
darajadagi sirt faol moddalar aralashtirish zarur. 
Tekshirishlar natijasida zamonaviy mashinalar detallarining sirtlari yaxshi 
tozalanmaganda ularning resursi 20-50 % ga kamayishi aniqlandi. Barcha 
iflosliklarni butunlay tozalash detallarni yaroqli – yaroqsizga ajratish, tiklash 
sifatini ko‘p darajada oshiradi; brak sodir bo‘lishini kamaytiradi va qismlarga 
ajratish hamda operatsiyalarda ish unumini 6-8% ga oshiradi.
Detallarning ifloslanish manbalariga quyidagilar kiradi: yo‘l-tuproq qatlamlari
tashiladigan yuk zarrachalari, moy va moylash materiallarining zarralari, 
cho‘kindilar va lak pardalari, kuyindi, korroziya elementlari, eski lak-bo‘yoq 
qoplamalari, qasmoq, abraziv va metall zarrachalari. 
Yo‘l- tuproq qatlamida chang, loy, o‘simlik qoldiqlari va zaxarli kimyoviy 
moddalar bo‘ladi.
Moylash materiallari qoldiqlari mexanizmlarga moylab o‘tkazilgan mashina 
detallarida bo‘ladi. Bu iflosliklarning eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, ularni 


ketkazish ancha qiyin. Atrof-muhit ta’sirida moylash materiallarini qoldiqlari 
oksidlanadi va parchalanadi, natijada ularning detallar sirtiga yopishishi kuchayadi. 
Cho‘kindilar – bular moysimon massa bo‘lib, moy va yonilg‘ining oksidlanish 
mahsulotlaridan, qurum, chang, suv, yeyilish zarralaridan hosil bo‘ladi va moy 
naychalari hamda ifloslik tutkichlarida cho‘kadi. 
Lak pardalari – o‘tirindi bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan qalinlikdagi moyli 
qatlamlaridan oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Eski lak-bo‘yoq qoplamalar 
detal sirtidan tiklash ishlarining bajarishdan oldin ketkaziladi. 
Kuyindi yonilg‘i va moy yonganida hosil bo‘ladi hamda moyning yopishqoq 
yuqori molekulyar birikmalarining yupqa pardasiga cho‘kadi. Bularning asta-sekin 
pishishi va qalinlashuvi natijasida kuyindi qatlami hosil bo‘ladi. 
Korroziya mahsulotlari – metallning kimyoviy va elektr kimyoviy emirilishi 
natijasida hosil bo‘ladi.
Qasmoq- sovitish tizimida foydalanilaldigan suv tarkibidagi magniy va kalsiyning
yomon eriydigan tuzlarning o‘tirindisidir. 
Tiklash ishlarida detallarda paydo bo‘ladigan abraziv va metall zarrachalari 
texnologik iflosliklarga kiradi.
Ifloslanish turlari xar xil bo‘lganligi sababli ularni tozalash va yuvish texnologik 
jarayoni ko‘p bosqichlidir. Bu xar bir tozalash va yuvish bosqichda ifloslikning 
tarkibi, qattiqligi va detal yuzasiga singanligiga qarab amalga oshirish. Avtomobil 
va agregatlarning avvalo tashqi tomoni yuviladi, qismlarga ajratilgan, ichki 
tomonlari yuviladi. Ajratilgan detalni tozalash va yuvish xam ifloslik turiga qarab 
bir necha bosqichda amalga oshiriladi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling