2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети
PESTITSIDLARNING BOSHOQLI EKINLAR UNISH DAVRIDA
Download 3.53 Mb. Pdf ko'rish
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
PESTITSIDLARNING BOSHOQLI EKINLAR UNISH DAVRIDA
LIPIDLARNING PEREKISLI OKSIDLANISH FAOLLIGIGA TA’SIRI M.Nematova, D.To’ychiyeva Andijon Davlat Universiteti Pestitsidlar bilan o’simliklar o’rtasida bo’ladigan jarayonlar ancha murakkabdir, turli pestitsidlar o’simliklarga turlicha fiziologik faol moddalar sifatida ta’sir etadi, pestitsidlar bilan o’simliklar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishda ularni pestitsidlarga nisbatan turlicha chidamliligi ham katta rol o’ynaydi. Odatda, bu chidamlilik pestitsidning sarflash me’yori, uning tarkibi va preparat shakli, qo’llash vaqti va usuliga, o’simlik to’qimalari va organlarining o’sish fazalariga, anatomik va morfologik tuzilishiga bog’liqdir. Pestitsidlar o’simlik tanasiga kirishi bilan uning o’rtasida munosabatlar boshlanadi. Turli pestitsidlar o’simlik organizmiga turlicha kiradi. Ba’zi pestitsidlar o’simlikning kapillyar naychalari orqali osongina uning butun tanasi bo’ylab tarqaladi va umumiy ta’sir ko’rsatadi. Ba’zilari esa o’simlik tanasi bo’ylab ta’sir etish qobiliyatiga ega bo’lmay, balki o’simlikning ma’lum bir qismidagina to’planadi va ular mahalliy ta’sir etadi. Pestitsidlar bilan purkalganda, changlanganda, tuproqqa solinganda yoki urug’ dorilanganda ularni o’simlikka jadallashtiruvchi ta’siri namoyon 258 bo’lishi mumkin. Bunda urug’ning unib chiqishi, o’simlikning o’sishi va rivojlanishi tezlashadi, barg plastinkasining yuzasi kattalashadi. Pestitsidlarning bunday ta’siri o’sish jadallashtiruvchinikiga o’xshab ketadi, lekin bular ham huddi jadallashtiruvchilar kabi o’sish va rivojlanishga kam ijobiy ta’sir qiladi. Pestitsidlarning sarflanish normalarini oshirish o’simliklarning rivojlanish sur’atini zaiflantiradi.(1) Mazkur ishda pestitsidlarni boshoqli ekinlarning unish davrida lipidlarning perekisli oksidlanishi faolligiga ta’sirini o’rganishga qaratilgan bo’lib, unda bug’doy o’simligini unib chiqish davrining 3-,5-,10- kunlaridagi lipidlarning perekisli oksdilanishi faolligiga o’rganilgan. Juda ko’p olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda biologik membranalarning strukturasi va funksiyasi lipidlarning perikisli oksidlanishiga bog’liqligi ko’rsatib o’tilgan (2). Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, juda ko’p struktura- larning buzilishi lipidlarning perikisli oksidlanishiga bog’liqdir. Biologik nuqtai nazardan hujayra membranalarida lipidlarning perekisli oksidlanishini o’rganish katta ahamiyatga ega. Lipidlarning perekisli oksidlanishining buzilishi qator kasalliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Biologik membrana lipidlari hujayra metabolizmida eng muhim rol o’ynaydi. Lipidlarning perikisli oksidlanishi lipidlar tarkibini, o’tkazuvchanligini, sintetik jarayonlarni boshqarishda katta ahamiyatga ega (3). Lipidlarning perikisli oksidlanishining mahsulotlarining to’planishi to’qimalarning jarohatiga olib keladi. Lipidlarning perikisli oksidlanishi antioksidant himoya sistemalari orqali nazorat qilib turiladi (2, 3). Unish davridagi bug’doy o’simligida lipidlarning perekisli oksidlanishi quyidagi jadvalда ( jadval 1) ko’rsatilgan. Unish davrida lipidlarning perikisli oksidlanishi o’simliklarni antioksidant sistemalarini belgilab, holatini beruvchi ko’rsatkichdir. Download 3.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling