2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


“AROMATIK UGLEVODORODLAR” MAVZUSINI O’QITISHDA


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

“AROMATIK UGLEVODORODLAR” MAVZUSINI O’QITISHDA 
“KIMYOVIY DIKTANT” METODIDAN FOYDALANISH 
SAMARADORLIGI 
Madraximov. G’. N., Tolibjonov. I. I. 
Andijon davlat universiteti 
Kimyo fanini o’qitishda faqat ananaviy ta’lim usullari bilan 
chegaralanib 
qolmasdan, 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanilsa ta’lim samaradorligi yanada ortadi. Organik kimyo o’quv 
qursining “Aromatik uglevodorodlar” mavzusi alohida axamiyatga ega 
bo’lib, bu mavzu orqali o’quvchilar aromatik uglevodorodlar, ularning tabiiy 
manbalari, olinish usullari, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilish sohalari, 
aromatik birikmalar bilan ish olib borgan olimlarning erishgan yutuqlari 
haqidagi bilm va ko’nikmalarni o’zlashtiradilar. Mavzuni o’quvchilarga to’la, 
qulay usulda tushuntirishda kimyoviy diktant metodidan foydalanish ijobiy 
samara beradi. Buning natijasida o’quvchilar guruhda, yakka va jamoa bo’lib 
ishlash ko’nikmasiga ega bo’ladi, mustaqil fikr yuritish ko’nikmasi 
shakllanadi. Ushbu usullar kichik guruhlarda olib borilsa, natija yanada 
samaraliroq bo’ladi, chunki guruhda ishlaganda o’quvchilarning faolligi 
oshadi, tinglash, so’zlash madaniyati shakllanadi, kerakli ma’lumotlarni 
o’zlashtirish qulaylashadi.


275 
Kimyoviy diktant uchun beriladigan topshiriqlarni ta’lim beruvchi 
og’zaki aytib beradi. O’qituvchi aytgan moddalarni o’quvchilar kimyoviy 
fo’rmulasini reaksiya tenglamalarini yozadi. Kimyoviy diktantni amalga 
oshirish quyidagi reja asosida amalga oshiriladi: 
1. Moddalarning nomi asosida formulasini tuzish. 
2. Birikmalardagi kimyoviy element valentligini topish. 
3. Kimyoviy tushunchalarga ta’rif berish. 
4. Reaksiya tenglamalarini davom ettirish va tenglash. 
Quyida “Aromatik uglevodorodlar” mavzusini o’qitishda ushbu 
metoddan foydalanish namunasini keltiriladi: 
Ma’lumki, aromatik uglevodorodlar tarkibida qo’shbog’lar tutishiga
qaramay ular birikish reaksiyalariga deyarli kirishmaydilar. Bu ularni 
tuzilishini o’rganishda birmuncha murakkablik tug’diradi. “Kimyoviy 
diktant” metodidan foydalanib o’quv jarayonini tashkil etish natijasida 
o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirish darajalari oshishiga erishish mumkin. 
Dastlab audito’riyani aqliy xujum yoki blits – tezkor savol javoblar orqali 
to’rtta guruhlarga bo’linadi. Savol javobda faol ishtirok etgan to’rt nafar 
o’quvchilar guruh sardorlari etib tayinlanadi. Qolgan o’quvchilarga 1 dan 4 
gacha bo’lgan raqamlani yopiq holatda tanlash tafsiya etiladi. Har bir 
guruhga bir-biriga bog’liq bo’lgan alohida-alohida quyidagi topshiriqlar 
beriladi: 
1-guruh. Quyidagi keltirilgan aromatik uglevodorodlarning empirik
formulalarini tuzing: 
1. Benzol ; 2. 1,4- Dimetilbenzol ; 3. Kumol 
2-guruh. Quyidagi keltirilgan empirik formulalar asosida ularning 
tuzulishini yozing: 
1. C
6
H
6
; 2. C
6
H
4
(CH
3
)
2
; 3. C
6
H
5
CH(CH
3
)
2
3-guruh. Quyidagi nomlari keltirilgan moddalarning ishlatilish 
sohalarini yozing: 
1. Benzol ; 2. 1,4- Dimetilbenzol ; 3. Kumol 
4-guruh. Quyidagi ishlatilish sohalari berilgan birikmalarning 
kimyoviy xossalarini yozing: 
1. Organik erituvchilar sifatida; 2. Teleftal kislota olishda; 3. Fenol 
olishda; Bu usul “Aromatik uglevodorodlar” mavzusi o’tilgandan keyin 
foydalaniladigan metod hisoblanib, o’quvchilarga berilgan topshiriqni 
bajarish uchun 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Berilgan vaqt tugagach guruhlarni 
faoliyatiga yakun yasalib o’quvchilar javoblariga qarab baholanadi. Bu usulni 
samarali tomoni shundan iboratki, darsda har bir o’quvchi chetda qolmaydi, 
albatta ishtirok etishiga, o’quvchini qisqa fursat ichida jamoadoshlaridan 
ko’plab ma’lumot olishiga, nafaqat bilimini boyitishiga, balki tengdoshlari 
bilan erkin muloqatga kirisha olishga erishiladi.



Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling