2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


PESTIDSIDLAR FOYDALIMI YOKI ZARARLI


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

PESTIDSIDLAR FOYDALIMI YOKI ZARARLI 
Maxmudova S.Z., Amanbayeva S.S., To'ychiyeva D.S. 
Andijon davlat universiteti 
Pestitsidlar 

inson tomonidan sun’iy yaratilgan kimyoviy 
birikmalardir. Ular o‘simlik, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, yog'och, paxta, 
jun va charm mahsulotlarini zararkurandalardan himoya qilish va xavfli 
kasallik tashuvchi hashoratlarga qarshi kurashda qo‘llaniladi. O'simliklarni 
kimyoviy vositalar yordamida himoya qilish uchun murakkab kimyoviy 
moddalar ya'ni pestitsidlar qo’llaniladi. Ular inson va hayvonlar uchun turli 
darajada zaharlidir. Mutaxassislarning hisobi bo‘yicha rivojlanayotgan 
mamlakatlarda har yili 10 mingga yaqin kishi pestitsidlardan zaxarlanib o'lar 
ekan. Bundan ham ko‘p odamlar ovqat va suv bilan birga iste’mol 
qilinayotgan pestitsidlar bilan zaxarlanib azob chekadi [2]. 
Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi va o‘rmonlarda pestitsidlarni 
aviatsiya yordamida qo'llash atrof - muhitning ifloslanishiga olib kelmoqda. 
Pestitsidlar inson salomatligi uchun xavfli ekan, nega ulardan voz 
kecha olmaymiz? Hozircha buning iloji yo'q; hozirda turli-tuman 
zararkurandalarga qarshi fizik va kimyoviy shakli hamda, ta'sir mexanizmlari 
bo‘yicha farq qiluvchi 20 dan ziyod pestitsidlar turlari mavjud. Ular 
gerbitsidlar, insektitsidlar, zoosid, fungitsid, repellentlar (hashortalarni 
cho‘chitadigan) va attraktantlar (hashoratlarni o‘ziga jalb qiladigan), 
urug‘liklarning turli tuman doriliklari, xemesterilizatorlardefoliant, o‘stirish 
regulyatorlari va boshqalar kiradi [2]. 
Pestitsidlarning xavfli ta’sirini kamaytirish uchun olimlar qaysi yo'ldan 
borishmoqda? Birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi zararkurandalarini yo‘q 
qilishda zararkuranda va kasallikka chidamli bo`lgan o‘simliklarni 
yetishtirish.
Ikkinchidan tabiiy pestitsid modda olish ya'ni bu 
moddalarni o'simliklarni o'zidan ajratib olish yo'lga qo'yilmoqda. Keyingi 
davrda o’simliklardan yangi moddalarni ajratishga va ularni ekologik xavfsiz 
pestitsid 
sifatida 
sinashga 
qiziqish 
ortmoqda. 
Bunday 
moddalar 
ekopestitsidlar yoki botanik pestitsidlar nomini olgan. Masalan, sarimsoqdan 
bir qator patogen zamburug’larning (Alternaria solani, Fusarium oxysporum 
va F.lini) o’sishini kamaytiradigan yoki to’xtatadigan adjoyen nomli modda 
ajratilgan. Oqqarag’ay ignabarglarida bo’ladigan uchterpen kislotalar asosida 
Novosibirsk olimlari silk VE va novosil VE preparatlarini ishlab chiqishgan. 
Bu preparatlar o’simlik o’sishini tezlatuvchi va ularning kasalliklarga 
chidamliligini oshiruvchi xususiyatlarga ega. Sibir sharoitlarida bu 
preparatlar bilan urug’larga ishlov berish va keyingi davrda o’simliklarga 


169 
purkash yordamida sabzavot, g’alla va boshqa ekinlar kasalliklar bilan 
zararlanishini keskin kamaytirishga erishilgan. Masalan silkni qo’llaganda 
pomidor zamburug’ kasalliklari bilan zararlanishi 10 marta kamaygan. 
Yevropa qarag’ayi ignabarglarining ekstrakti asosida kompleks nomli, 
ignabargli daraxtlarning yog’ochlarini qayta ishlashda olingan maxsulotlar 
asosida esa xvoyniy nomli preparatlar yaratilgan(Burov, 2002). Kashnichdan 
ajratilgan terpen moddalari asosida BO’BHQITI biostat preparati ishlab 
chiqilgan. Bu preparat bitlar, qalqondorlar, tripslar, tetranix kanalari va ba’zi 
boshqa zararli bo’g’imoyoqlilarga qarshi yuqori samaraga aga. Biostat 
bakteritsidlik va fungitsidlik ta’sirga ega ekanligi ham aniqlangan [1]. 
O’simlik o’sishini tartibga soluvchi moddalar sifatida qayd qilingan biologik 
faol birikmalarning ko’pchiligi, ayni paytda ularni zararli organizmlardan 
ham himoya qiladi. Pestitsidlarni zararkunandalarning aniq turiga qarshi 
qo’llash uchun ham ко‘p ishlar qilinmoqda. Olimlar tez ta’sir qiladigan va 
tabiatga zarar yetkazmaydigan preparatlarni yaratish ustida ish olib 
borishmoqda. 
Pestitsidlarni qo`llash usullari ham zararsiz bo'lishi kerak. Pestitsidlar 
samolyotlardan sepilsa, qisqa muddat ichida katta er maydoniga ishlov berish 
mumkin. Ammo ishlov berish chog’ida ko’tarilgan shamol pestitsidlarni 
aholi yashaydigan joy yoki daryoga eltishi mumkin. Bu holda pestitsidlar 
foyda emas, zarar keltiradi. Shuning uchun ushbu usulni juda ehtiyotkorlik 
bilan qo'llash zarurdir. 
Pestitsidlar bilan ishlaydigan kishilar ehtiyot bo'lishi kerak. Ularni 
tashishda to’kib-sochmaslik, yerni ifloslantirmaslik lozim. Sabzavot va 
mevalarni iste’mol qilishdan avval yaxshilab yuvish kerak. Pestitsidlar 
lotinchadan aniq tarjimasi «marazni o‘ldiruvchilar» bo‘lib, lekin u amalda 
pestitsidlarning mazmununi unchalik to‘liq aks ettirmaydi. «Zararkurandalar, 
parazitlar, yovvoyi o‘tlar va o‘simlik kasalliklariga qarshi kimyoviy 
vositalar» deb erkin tarjima qilinishi to‘g‘riroq bo‘lardi. 
Pestisidlar tarkibi va strukturasi juda xilma-xildir. Eng ko‘p tarqalgan 
moddalar: siklik organik birikmalarning galogen hosilalari, triazinlar, 
karbamatlar, fosforoorganik birikmalar, nitrillar va boshqalardir. 
Bu moddalarning ko‘pchiligi issiqonli hayvonlar va shu jumladan odam 
organizmi uchun ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham 
pestitsidlarni ishlab chiqarishda va qo‘llash borasida jiddiy nazorat va qat’iy 
qoidalar joriy qilingan. Pestitsidlarning tasniflanishi, ularning tarkibi va 
ishlatilishi, ularning hashoratlar organizmiga o‘tish usullari, zaharliligi, tabiiy 
sharoitlarda parchalanish tezligi va boshqa xossalariga ko‘ra amalga 
oshiriladi. 
Dunyo bo‘yicha hozirda yiliga 2000 tonnadan ziyod miqdordagi 
pestitsidlar ishlab chiqarilmoqda. Pestitsidlarning tuproqqa ta'siri to'g'ri 


170 
tanlanmasa va me'yorida ishlatilmasa tuproqning holati o'zgaradi, unumdorlik 
xususiyati buziladi. Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud 
qiladi va chirindining kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestitsidi 
ishlatilganidan 15 yil keyin ham tuproq tarkibida uning hali mavjudligi 
aniqlangan. Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta'sir etib so'ng parchalanib 
ketadigan biosidlar ustida ishlamoqdalar.

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling