2 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги андижон давлат университети табиий фанлар факультети


Baktcriyalarning suv manbalarida yashash muddatlari (kunlar)


Download 3.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/202
Sana20.11.2023
Hajmi3.53 Mb.
#1789958
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   202
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

Baktcriyalarning suv manbalarida yashash muddatlari (kunlar) 
Bakteriyalar 
nomi 
Vodoprovod
suvida 
Daryo suvida 
Quduq suvida 
Ichak tayoqchalari 
2-262 
21-183 

Ichterlama 
bakteriyalari 
2-93 
4-483 
15-107 
Dizenteriva 
mikrobi 
15-26 
19-92 

Vabo vibrioni 
4-28 
05-92 
1-92 
Tulyaremiya 
(kuydirgi) vibrioni 
92 kungacha 
731 
12-60 
Brusellvoz 
2-85 

4-122 


341 
Ajablanarlisi shundaki, ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi 
mikroblar tashqi muhitning murakkab omillari ta’sirida o‘zgarib, o'zining 
kasallik keltirib chiqarish xususiyatlarini yanada orttirmoqda. O'zbekistonda 
suv orqali tarqaladigan ichak kasalliklarining 70—80%i hovuz, ariq va kanal 
suvlarini ichish, 8-13% i kanal va katta ariq suvlarida cho'milish, 5—8%i 
ifloslangan quduq suvlaridan iste’mol qilish natijasida sodir bo'lmoqda. 
Bunday kasalliklar goho yetarlicha zararsizlantirilmagan vodoprovod 
suvlarini ichishdan ham yuqishi mumkin. 
 
INSON EKОLOGIYASI 
I.Z.Bahramov
Navoiy davlat pedagogika instituti
Hozirgi kunda biologiya fanida o’z yechimini topmagan
muammolardan biri odam umrini uzaytirish muammosidir. Barcha tirik
organizmlar singari odam organizmiga ham ekalogik omillar ta’siri
muhim ahamiyatga ega. Bu ta’sirlarni “Inson ekalogiyasi” fani o’rganadi. 
Inson ekalogiyasi fani antropoekalogik sistemalarning kelib
chiqishi, yashashi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi. Antropoekalogik
sistemalar- muhit bilan dinamik muvozanatda bo’lgan va shu munosabat
orqali o’z ehtiyojini qondiradigan insonlar jamoasidir. Sog’liqni saqlash
choralarining yaxshi yo’lga qo’yilganligi, tibbiyot fanining qo’lga
kiritgan yutuqlari, insonlarning o’rtacha umr ko’rish muddatining
uzayishi, bolalar o’limining kamayishi natijasida sayyoramizda aholi
sonining jadal o’sishi- XX asrning asosiy o’ziga xosligidir. 
Bizga ma’lumki aholi sonining ortib borishi bilan birga oziq 
mahsulotlariga, xomashyoga, suv resurslariga, chiqindilarni
joylashtirishga ehtiyojlari ham ortib boradi. Bu esa o’z navbatida tabiiy
muhitga ta’sirini kuchaytiradi, biotic va abiotik omillardan foydalanishni
jadallashtiradi. 
Odam ekalogik omillarning ta’sir ortib borishi bilan birga o’zi
ham muhitga ta’sir qiladi. Inson o’zining ongli faoliyati jarayonida juda
kuchli energiya manbalarini ( yadro va termoyadro) yaratdi. Natijada
insonning imkoniyatlari juda kengaydi, u sayyoraning har qanday
ekalogik bo’shliqlarini egallay olish qudratiga ega bo’ldi. 
Ekalogiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy 
muammolaridan biridir. Ekalogik muammo Yer yuzining hamma
burchaklarida ham o’ta dolzarb. Ammo uning keskinlik darajasi turli
mamlakatlarda turlichadir. Markaziy Osiyo mintaqasi ekalogik
falokatning g’oyat xavfli zonalaridan biri bo’lib hisoblanadi. “Dunyodagi
ko’pgina mintaqalar kabi, deydi. Islom Karimov Markaziy Osiyo ham
katta, g’oyat keng miqyosdagi ekalogik ofatlarga duch kelyapti”. Ana


342 
shu ofat mintaqada ko’plab odamlar, bir qancha va millatlarning hayoti
uchun fojiaga aylangi va ularni qirilib yo’q bo’lib ketishiga yo’l
qo’ydi. 
Prezident Islom Karimov asarlarida ekalogik muammoni hal
etishning asosiy yo’llari nimalardan iborat ekanligi ham belgilab
berilgan. Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas
bir dargoh, inson ko’z ochib ko’rgan dunyo bamisoli ona quchog’i,
inson uchun beshikdir. Biz yashab, nafas olib turgan, tirikchilik
o’tkazib, jismu jonimiz bilan bog’liq bo’lgan tabiat, tashqi dunyo, ona-
zamin insoniyatning umumiy uyi, umumiy makonidir. Shunday ekan, uni
ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo’l
qo’ymaslik umum davlat, umum insoniy ishdir. Odamzot rihiyati o’zini 
o’rab turgan tabiatdan quvvat oladi. Inson ma’naviyati buyuk tabiatdir.
O’simliklar ham, toshlar ham, dunyo-yu tog’lar ham inson ruhiyatuni
shakllantirishda, unda go’zallik tuyg’usini paydo etishda o’z o’rniga 
ega.Yosh avlodni ekalogik tarbiyalashda fanlararo bog’liqlik ham
alohida ahamiyatga ega. 
Har bir inson tabiat yaratgan boyliklarni kelajak avlodlarga ham
qoldirish muqaddas vazifa ekanligini yaxshi anglab olmog’i zarur. Biz
o’sib kelayotgan yosh avlodning ongiga ana shunday tushunchalarni
singdirishimiz va ularning qalbida tabiatga mehr uyg’otishimiz lozim. 

Download 3.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling