2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni
Download 256.18 Kb.
|
AMIR TEMURNING XOKIMIYATGA KELISH ARAFASIDA MOVAROUNNAHRDAGI SIYOSIY VAZIYAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy Amerika
Yevropa. Bu qit’ada sutemizuvchilardan hozirgi qoramollarning ajdodi, bo’yi 2 m keladigan yovvoyi tur dastlabki yo’q bo’lib ketgan hayvon hisoblanadi. Uning oxirgi vakili 1627 yili Germaniyada (ayrim manbalarda Polshada) otib o’ldirildi. Yovvoyi ot – tarpan, yani hozirgi otlarning naslboshisi 1878 yilda Rossiya janubida otib o’ldirilgan. Yovvoyi zubr Polshada birinchi jahon urushi davrida o’ldirildi.
1844 yilda esa pingvinlarga o’xshab ketadigan, Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropaning Shimoliy sohillarida yuz-minglab uya quruvchi qush – gagarkalar butunlay qirilib ketdi. Tarpanlarning janubiy rus dasht tarpani degan kenja turi Askaniya Novada 1879 yilda tabiatda o’ldirildi, oxirgi vakili tutqunlikda 1914-1918 yillarda yashagan. O’rmon tarpanining oxirgisi 1814 yilda Kaliningrad oblastida otib o’ldirilgan. Yevropa kapalaklarining 3/2 qismi yo’qolish xavfi ostida turgan bo’lsa, Germaniya hududida keyingi 50 yil icida kunduzgi kapalaklarning 27 %i yo’qolib ketdi. Chuchuk suvlaridagi baliqlar turlarining 52,3% yo’qolish arafasida turibdi. 408 qush turlaridan 294 tasi noyob bo’lib qolgan. Shimoliy Amerika - Mazkur hududda Yevropaliklar ko’chib borishlaridan oldin Yevropa zubrining qon-qarindoshi bo’lgan bizonlar soni 60 mln tani tashkil qilgan. XIX asrning 30-yillarida bizonlar ommaviy ravishda otib o’ldirila boshlandi. 1877 yilning o’zida 100 ming bison o’ldirildi. 1889 yilda esa bizonlarning janubiy populyatsiyasi butunlay qirilib ketdi. Maxsus otryadlar tominidan har yili 2,5 mln bizon ovlangan. Natijada AQSH va Kanadada mingtagacha bosh bizon saqlanib qoldi. 1905 yilga kelib, Bizonlarni muhofaza qilish tashkiloti tashkil topdi, 1968 yilgi ma’lumotlariga ko’ra hozirda 14 ming bosh bizon saqlanib qolgan. Shuningdek, sayyoh kabutari ham qirilib ketgan. Bu qushning soni dastlab taxminlarga ko’ra bir necha mlrd ga yetgan. Qushlardan qirol to’tiqushi, eskimor kronshnepi, sahro qurlari ham qirilib ketgan. Gavayi orollaridagi 1061 endemik mollyuskalarning 600 turi yo’qolib ketdi, 400 turi esa qirilib ketish xavfi ostida turibdi. Umuman Shimoliy Amerikaning mollyuskalarini 50-60% yo’qolib ketish xavfi ostidadir. Osiyo. Osiyoda milu bug’usining yovvoyi populyatsiyasi butunlay qirib tashlandi. Osiyo sherlari, karkidonlarning orollarda yashovchi turlari, yovvoyi ikki o’rkachli tuya, Eron lan bug’usi, katta va kichik panda ayiqlari, Prjevalskiy otlari, son jihatdan juda kamayib ketdi va butunlay yo’qolib ketis xavfi ostida qoldi. Ayniqsa, bizning o’lkamiz uchun xos xisoblangan to’qaylarda yashovchi Turon yo’lbarslari butunlay yo’q bo’lib ketgan. Arabiston tuyaqushlari, qirg’ovullarning bir necha turlari qirilib ketgan. O’rta Osiyoning tog’li rayoni G’arbiy Tyan-Shanda uchraydigan 150 tur kunduzgi kapalakning 12 tasi yo’qolib ketdi, 18 %i esa juda noyob bo’lib qolgan. Afrika. Bu qit’ada yirik tuyoqli sutemizuvchilar va yirtqichlar inson tomonidan ko’plab qirib yuborilgan. Masalan jirafa, zebra, buyvol, sher terilari, fil suyaklari, karkidon shoxlari uchun ko’plab ovlangan. Natijada kvagga zebrasi butunlay yo’q bo’lib ketdi. Eng oxirgi kvagga zebrasi Amsterdam zooparkida 1883 yilda o’lgan. XX asrning 30 yillarida Janubiy Afrikada uyqu kasalligini oldini olish uchun har yili 20-30 ming bosh tuyoqli sutemizuvchilar otib tashlangan. Ammo uyqu kasalligini tarqatuvchisu se-se pashshasi boshqa hayvonlar qoni bilan oziqlana boshlagan. Hayvonlarning ko’plab ovlashdan yana bir maqsad – yangi ekinzorlar - plantatsiyalar tashkil qilishdan iborat bo’lgan. Shu tufayli shimpanze, gorilla, lemurlar, tupaylar, indri, lori va boshqa primatlar, okapi, jirafalar, fillar ham son jihatdan kamayib ketdi. Ular orasida bonobo yoki pakana shimpanze turi ham bor. Download 256.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling