Neotropikaning umurtqasiz hayvonlari faunasi
Neotropika oblastining quruqlikda yashovchi umurtqasiz hayvonlariga:
Kapalaklar: kavaler, marfo – Morphidae, Gelikonidlar, achitqi kapalaklar, uraniyalar.
Qattiqqanotlilar yoki qo’ng’izlar – rogach, arrakash – titan, zlatka – tillaqo’ng’izlar, Puyophoris urug’iga mansub vizildoq qo’ng’iz.
Pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi nashtarsiz arilar – meliponlar, turli-tuman chumolilar – daydi etsitonlar, saubalar yashaydi.
Shuningdek Neotropika oblastida gigant skolopendralar (uzunligi 25 sm), yirik qushxo’r o’rgimchaklar, o’rmonlarda esa quruqlikda yashovchi zuluklar hayot kechiradi. Umuman olganda, Neotropika oblastining hozirgi zamon faunasi – uchlamchi davrga mansub qadimiy endemik fauna va Osiyodan Shimoliy Amerika orqali kirib kelgan yangi faunani aralashib ketishidan hosil bo’lgan.
Faunaning xos-xususiyatiga qarab, Neotropika oblasti Gviana – Braziliya, Markaziy Amerika va Chili kichik oblastlariga ajratildi.
Gviana – Braziliya kichik oblasti
Ushbu kichik oblast Neotropikaning katta qismini egallaydi. Unga shimolda Panama bo’ynidan tortib, janubda to 30˚ janubiy kenglikkacha bo’lgan o’rmonzor bilan qoplangan hududlarni egallaydi. Gviana – Braziliya kichik oblasti Braziliyadagi savanna va pamnaslar, Venesueladagi o’t – o’simliklar o’sgan dashtlar, Kordilera tog’larining sharqiy yonbag’ridagi tog’-o’rmonlari kiradi.
Faunani quyidagi turlar tashkil etadi:
Sut emizuvchilar sinfi:
Keng burunli maymunlar: revun, sapaju, mirikin.
Noto’liq tishlilar: yalqovlar, ulkan chumolixo’r, gigant zirxlilar.
Tuyoqli sutemizuvchilar: tapir.
Yirtqichlardan: butazor itlari – Speothos venaticus
Xaltali sutemizuvchilardan: opossum
Qushlar sinfi:
Gviana – Braziliya oblastida quyidagi qushlar yashaydi:
Quyoshsimon oqqush, tukan, ara va amazona to’tiqushlari,tosh xo’rozchalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |