Qushlar sinfi:
Nandu yoki Amerika tuyaqushlari, pelamedeya, tinamu.
Amfibillar sinfi:
Chili tog’larida yashovchi, Qisqaboshlilar oilasiga mansub Darvin rinodermasi.
Karib (Antil) oblasti
Karib oblasti hududiga Katta Antil (Kuba, Yamayka, Gaiti, Puerto – Riko), Bagama, Kichik Antil orollari, Trinidad orollari kiradi, shuning uchun ham ushbu oblast orol xarakteriga ega.
Karib oblastining tabiiy sharoitlari qulay bo’lib, uning katta qismini tropik o’rmonlar qoplab olgan. Oblastning faunasi uchun quyidagi hayvonlar xosdir:
Sut emizuvchilar:
Hasharotxo’rlar: Yoriq tishli (tirqishtishli) Solenodon Kuba va Gaitida yashaydi. Kuba yoriqtishlisi Atopodale cubana, Gaiti yoriqtishlisi Solenodon paradoxus birgalikda Solenodontidae endemik oilasini tashkil qiladi.
Kemiruvchilar: nutriyasimonlarning Capromus va Geocapromus urug’lariga mansub hutiyalar, aguti (Plagiodontia), Orol opossumi,
Yirtqichlar - yenotlarning 1 turi (Bagama orollarida yashaydi),
qo’lqanotlilar- mevaxo’rlar, bargburunlar, vampirlar, quyonlabli baliqxo’rlar kabi turlari hayot kechiradi.
Qushlar faunasi:
Karib oblastida qushlarning quyidagi turlari yashaydi:
Rakshasimonlar yoki ko’k qarg’alar turkumining endemik todi Todidae oilasi turlari: kolibri, trogon, kakkuqush, tiranna va boshqa oilalarga mansub endemik turlar mavjud. Umuman olganda bu oblastda qushlarning 140 turi bo’lib, ularning 25% endemikdir. Endemik turlarning ko’pchiligi Yamaykada hayot kechiradi.
Reptiliyalar sinfi:
Toshbaqalarning bir necha turi, timsohlarning 2 turi (Kubada ularning bitta endemik turi bor), kaltakesaklarning juda ko’p turlari (masalan, amfisbenlar), ayrim ilon turlari, jumladan nayzaboshli ilon Bothrops atrox (bu ilon zaharli bo’lib, faqat Kichik Antil orollarida yashaydi).
Baliqlar sinfi:
Karib oblastida Shimoliy Amerika pantsirli cho’rtanlari, xromislar, tirik tug’uvchi va tuhum qo’yuvchi karptishlilarning juda ko’p turlari, gambuziya baliqlari yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |