Шимолий америка


Download 154.5 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1624647
  1   2   3
Bog'liq
Shimoliy amerikaning umumiy tarifi


Shimoliy amerikaning umumiy tarifi

Reja:




  1. Geologik tuzilishi va tabiatining tarkib topish tarixi xususiyatlari

  2. Relyefi va foydali qazilmalari

  3. Kordilyera tog`lari

  4. Foydali qazilmalari

  5. Iqlim

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Amerika qit`asi ikki materik — Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarini o`z ichiga oladi. Teuantepek va Panama bo`yinlari ora-sida joylashgan Markazii Amerikani yo Shimoliy Amerika yoki Janu­biy Amerikaga kiritadilar.


Butiya yarim orolidagi Merchison burni (710 50 shimoliy kenglik) Shimoliy Amerikaning eng shimoliy nuqtasi, Alyaska yarim orolidagi Prins Uels burni (1680 40 g`arbiy uzoqlik) eng g`arbiy nuqtasi. Lab­rador yarim orolidagi Charlz burni (550 4 (U g`arbiy uzoqlik) eng sharqiy nuqtasidir.
Panama burnini materikning janubiy chegarasi deb hisoblasak, materikning maydoni 20360 ming km2 ni tashkil etadi. Grenlandiya (2176 ming km2), Kanada Arktika arxipelagi (1300 ming km2), Vest-Indiya orollari (2400 ming km2) va boshqalarni Shimoliy Amerika tarkibiga kiritadilar.
Geologik tarix davomida Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerika har doim ham bir-biriga qo`shilib turmagan va shuning uchun har
bir materik tabiati mustaqil ravishda taraqqiy etgan. Bu materiklar geologik tuzilishining bir – biriga o`xshamasligi ana shuning oqibatidir. Bu farq materiklarning har birida mustaqil qadimgi
negiz (yadro) lar bo`lishi va ular atrofini yoshroq. burmali tog`lar o`rab
turishida ko`rinadi. Shimoliy Amerika materigi bilan Janubiy
Amerika materigi hozirgi vaqtda quruqlik orqali shu qadar kam tutashganki, ularning geografik zonalari bir-birlariga hech ham o`xshauaydi; har bir materik o`ziga xos va mukammal geografik zonalarga
ega bo`lib, bu zonalar okean bo`yi va materik ichki sektorlarini qamrab oladi.
Shunga qaramasdan, har ikkala materik bir qancha umumiy tabiiy siyatlarga ega.
Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerikani bir butun tog` sistemasi Kordilyera tog`lari bir – biriga qo`shib turadi. Ana shu tog` temasi tufayli har ikkala materikda orografiyaning asosiy elementlari meridional yo`nalgan bo`lib, asimmetrikdir Yevrosiyoning eografik tueilishidan Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerika ografiyasining asosiy farqi ana shunda. Yevrosiyodan farqli o`laroq, bu materiklarning markazii va sharqiy qismlari yo tekislik, yoki yassi tog`liklardir, ularning g`arbiy chekkalari esa tog`lardan iborat.
Kordilyera tog`lari Shimoliy Amerika materigi bilan Janubiy Amerika materigi o`rtasida ko`prik xizmatiii o`taydi, bu tog`lar tufayli flora va faunaning bir materikdan ikkinchi materikka o`tishi oson bo`lgan; ana shunga ko`ra Shimoliy Amerika bilan Janubiy Amerikaning flora va faunasi muayyan xususiyatlariga ko`ra o`xshab ketadi Lekin bu o`xshashliklarga qarab, ularning flora va faunasi umumiy
Geologik tuzilishi va tabiatining tarkib topish tarixi xususiyatlari
Qisman boshqa materiklarga ham xos bo`lgan xususnyat — asosni geologik strukturalariing konsentrik tarzda joylashnshi Shimoliy Amerika misolida yaqqol ko`rinadi. Materikning markaziy qismlari chekka qismlariga nisbatan hamma joyi bir xil tuzilgan va, shu bilan birga, eng qadimiydir. Bu hol tasodifiy bo`lmay, materikning o`ziga xos xaraqqiyot tarixi oqibatidir.
Kembriydan oldingi strukturalar. Shimoliy Amerikaning zama­nida qadimgi struktura — arxey-proterozoy yadrosi — Kanada qalqonini o`z ichiga oladigan Shimoliy Amerika platformasi yotadi.
Kanada qalqoni litologik tarkibiga ko`ra Skandinaviya qalqoniga o`xshab ketadi. Kanada qalqoni jinslari kuchli metamorfizmlashgan; shuning uchun ham hamma joyda kristall tuzilishdadir. Bu jinslar granit – gneys kompleksi deb atalib, tarkibida ko`p miqdorda mineral-lar uchraydi; bu minerallardan ko`plari sanoatda muhim ahamiyatga ega.
Platforma jinslarining absolyut yoshini o`rganish natijasp Buyuk ko`llar atrofi platformaning eng qadimiyqismi ekanligi aniqlandi, bu yerlarda otqindi va metamorfik jinslarning yoshi 2500 mln yildan ham ortiq. Bu yadro atrofida geosinklinal havzalar bo`lgan, bu havzalar kembriydan oldin, biroq kalqonning markaziy qismlarn paydo bo`lmasdan ancha keyin tarkib topgan. Yeshroq strukturalar asta – sekin markaziy yadroga qo`shila borganidan uning maydoni tobora kengaya boshlagan. Katta Ayiq ko`li atrofidagi burmali strukturalar­iing yoshi 1250 – 1450 mln. yilga, San – Lavrentiy daryosi vodiysidan shimoli – sharqdagi joylarning yoshi 950–1100 mln. yilga barobar. Shunday qilib, Shimoliy Amerika kristall jinslar qalqoninnn: tarkib topish tarixi bu qalqonning bundan boshqa yoshroq barcha qismlarining tarkib topish tarixiga ko`ra kamroq davom etgan.
Platforma jinslarining absolyut yoshini o`rganish natijasida, Buyuk ko`llar atrofi platformaning eng qadimiyqismi ekanligi aniqlandi, bu yerlarda otqindi va metamorfik jinslarning yoshi 2500 mln. yildan ham ortiq. Bu yadro atrofida geosinklinal havzalar bo`lgan. bu havzalar kembriydan oldin, biroq qalqonning markaziy qismlari paydo bo`lmasdan ancha keyin tarkib topgan. Yoshroq strukturalar asta – sekin markaziy yadroga qo`shila borganidan uning maydoni tobora kengaya boshlagan. Katta Ayiq ko`li atrofidagi burmali strukturalarning yoshi 1250 – 1450 mln. yilga, San-Lavrentiy daryosi vodiysidan shimoli-sharqdagi joylarning yoshi 950 – 1100 mln. yilga barobar. Shunday qilib, Shimoliy Amerika kristall jinslar qalqonining tarkib topish tarixi bu qalqonning bundan boshqa yoshroq barcha qism-larining tarkib topish tarixiga ko`ra kamroq davom etgan.
Paleozoyning boshlariga kelganda Shimoliy Amerika platforma tektonika kartasida ko`rsatilganiga nisbatan kattaroq bo`lgan
platformaning g`arbiy chekkasi hozirgi Qoyali tog`lar ishg`ol qilgan grritoriyaning g`arbrog`idan o`tgan). Natijada platformaping g`arbiy 1smi geosinklinal havzalarga qo`shilgan va burmalana boshlagan.
Paleozoy va mezozoy burmali strukturalari. Paleozoyga kelgan-zyoq platformaning janubiy, g`arbiy va shimoliy qismlarini transsessiya bosgan, natijada kristall jinsli fundamentda cho`kindi jinslar – qumtoshlar, dolomitlar va ohaktoshlar to`planib qolgan.





Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling