Reptiliyalar sinfi:
Ilonbo’yin toshbaqalar – Chelydae, turli gekkonlar, Avstraliya gekkonlari, tangachaoyoqlilar– Pudopodidae endemik oilasiga mansub, ilonsimon gavdali kaltakesaklarni 13 turi bor bo’lib, 12 turi Avstraliyada, 1 turi Yangi Gvineyada tarqalgan. Avstraliya shimoli va shimoliy g’arbida yopqichli kaltakesak Chlamydosaurus kingi, molox – Moloch horridus (tanasi gigroskopik bo’lib, suvni shimib oladi) , Stsinklar – tikanli stsinklar yoki egerniya, kaltadumli stsinklar – Trachysaurus rugosa, echkemarlarning juda ko’p turlari (eng kichigining kattaligi 20 sm).
Ilonlar: tropikopolit ko’rilonlar, pitonlar (Rombik pitonlar, ametist pitoni) suvilonlar, aspidlar.
Aspidlarning qadimgi va primitiv turlari mavjud - denisoniy, yexidna, taypan, yo’lbarssimon ilon (zahari eng kuchli)
Timsohlar: Faqat shimoliy zonada uchraydi.
Amfibiyalar sinfi:
Avstraliya oblastida – qurbaqalar, svistunlar, kvakshalar yashaydi. Svistunlarning Criinidae kenja oilasini 56 turi uchraydi. Qizil kvaksha, Avstraliya qurbaqasi Chiroleptes platycephalus, shuningdek, Myobatrachus urug’ining yagona turi uchraydi.
Baliqlar sinfi:
Avstraliya oblastida baliqlarni quyidagi turlari bor:
Shoxtish – neoseratod Neoceratodus forsteri (175 sm uzunlikda, 10 kg og’irlikda);
Suyaktillilar oilasiga kiruvchi skleropages Scleropages leichardti; Galaksiyasimonlar – Galaxiidae oilasi turlari bor. Ularning Avstraliya va Tasmaniyada 24 turi, Yangi Zelandiya – 20 turi, Janubiy Amerikaning janubida 7 turi, Janubiy Afrikada 2 turi tarqalgan. Ushbu oblastdagi 3 ta urug’i esa endemikdir.
Umurtqasizlar:
Kunduzgi kapalaklar: kavalerlar, kuyalar;
Chumolilar: ponerin, bulldog chumoli, asalchumolilar;
Termitlar; to’g’riqanotlilar- asosan chigirtkalar;
Qo’ng’izlar: Avstraliya bargxo’r qo’ng’izlari, vizildoq qo’ng’izlar;
Yomg’ir chuvalchanglari: Megaskoletsidlar Megascolecidae oilasiga mansub chuvalchanglar, uzunligi 2,5 m keladi. (Antiboreal tarqalish xarakteriga ega)
Do'stlaringiz bilan baham: |