2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni
Patagoniya yoki Golantarktika oblasti
Download 256.18 Kb.
|
AMIR TEMURNING XOKIMIYATGA KELISH ARAFASIDA MOVAROUNNAHRDAGI SIYOSIY VAZIYAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sut emizuvchilar
- Qushlar sinfi
- Umurtqasizlar faunasi
Patagoniya yoki Golantarktika oblasti
Patagoniya oblasti Janubiy Amerika qit’asining janubidagi hududlar (Argentina va Chilining janubiy qismi, Olovli Yer oroli), Xuan-Fernandes arxipelagi, Folklend oroli hamda Dunyo Okeanining janubiy qismidagi Kergelen, Kroze, Janubiy Georgiya, Tristan – da-Kunya, Amsterdam va boshqa orollar kiradi. Oblast hududini sahro kengliklari – pampaslar egallagan. Janubiy qismida esa yarim sahro va sahrolar joylashgan. Oblastning o’simlik qoplami boshoqdoshlar, kaktus butalari va yostiq hosil qiladigan bolaksa hamda azorella o’simliklaridan iborat. Kordileraning yuqori qismi – “puni” o’simlik qoplami tekislikdagi yarim sahro tipiga o’xshab ketadi. Chiloe arxipelagi va Olovli Yer orolida janubiy buk daraxtlaridan iborat o’rmonlar mavjud. Patagoniya oblastida quyidagi hayvonlar hayot kechiradi: Sut emizuvchilar: Senolestsimon xaltali sut emizuvchilar: Notodelphis urug’i 47° janubiy kenglikkacha tarqalgan. Chilida va Chiloe orolida Rhyncholestes va Marmosa urug’i turlari yashaydi. Bularda yirtqich va o’simlikxo’r xaltali sutemizuvchilarning xususiyatlari saqlanib qolgan, shuning uchun ham ularni alohida Coenolestoidea turkumiga birlashtiriladi. Kemiruvchilar; kavilar; mara Dolichotis patagonica; viskachi Lagostomus; shinshilla Lagidium; tuko-tuko Ctenomys. Qushlar sinfi: Darvin nandusi Rhea pennata; qorabo’yinli o’rdak; Merganetta endemik urug’i; Chubbia urug’iga kiruvchi rjankalar; begunkalar (Thinocoridae oilasi) Reptiliyalar sinfi: Liolaemus urug’iga mansub iguanalar, teyilar, primitiv suvilonlar. Baliqlar sinfi: galaksiidlar Amfibiyalar sinfi: rinodermalar. Umurtqasizlar faunasi: Umurtqasizlar orasida endemik turlar ko’pchiligini tashkil qiladi. Ayniqsa, Patagoniyada jujelitsalar – vizildoqlarning Cnemacanthini va Antarctiini tribasiga kiruvchi turlari uchraydi. Shuningdek, Ceroglossus, Calosoma urug’iga kiruvchi jujelitsa, Migadopini tribasi turlari, Chiasognathinae kenja oilasiga mansub shoxdor qo’ng’izlar hayot kechiradi. Tristan – da-Kunya oroli vulkan natijasida paydo bo’lgan. Bu orolda uchmaydigan suvmoshaksimonlarning endemik 2 urug’i, drosdlarning endemik 1 urug’i, vyuroklarning 2 endemik urug’iga mansub turlari tarqalgan. Folklend orolining iqlimi mo’tadil-sovuq bo’lib, daraxtsimon o’simliklar uchramaydi. Folklend orolida umurtqalilarning soni kam, amfibiyalar va reptiliyalar deyarli uchramaydi. Yagona endemik urug’ – katta tulki Janubiy Amerikadan Dusicyon urug’iga kiruvchi tulkilarga o’xshab ketadi. Darlington fikricha, Folklend tulkilari bu arxipelagga dreyf muzliklari yordamida kelib qolgan. Subantarktika orollari qutboldi zonasida joylashgan bo’lishiga qaramasdan, iqlimi okeanga xos, salqin bo’lib, yuqori tog’ tropik zonasiga ega. Daraxtsimon o’simliklar uchramaydi. Ko’pchilik o’simliklar yostiq hosil qilib o’sadi (azorella va boshqalar). Orolning faunasini dengiz qushlari sut emizuvchilari tashkil qiladi. Jumladan qushlarning – qirol pingvini, oltinsoch pingvin, bo’ron qushlari, endemic hisoblangan Chionididae oilasiga kiruvchi oq rjankalar Sutemizuvchilar: dengiz fillari - ulkan tyulenlar yashaydi. Janubiy Georgiya va Kergelen orolida dengiz fillarining bosh soni 250 mingga yetadi. Download 256.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling