2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni


Download 0.61 Mb.
bet6/7
Sana24.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#136652
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zoogeografiya yangi 2013


Qushlar sinfi:

Tarixiy zamonlarda bo’yi 3 – 5 m keladigan moalar yashagan, ular insonlar tomonidan butunlay qirib yuborilgan. Ko’kraktojsiz qushlardan Apterugiformes endemik turkumiga mansub Apterygidae oilasiga kiruvchi kivi (1 urug’ga mansub 3 tur) yashaydi.

Pastushka Ocudromus urug’iga kiruvchi turlar – takaxe Notornis mantelli (Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan). To’tiqushlarning uchmaydigan 2 turi – boyqush to’ti yoki kakapo.

Uchadigan qushlar: Yangi Zelandiya krapivniklari Xenicidae guiylar Callacidae oilasiga kiruvchi turlar; boyo’g’lilar, kakkuqushlar, kaptarlar, zimorodoklar, turli chumchuqsimonlar.



Reptiliyalar sinfi:

Tumshuqboshlilar Rhynchocephalia turkumi, Ponatishlilar Sphenodontidae oilasiga mansub gatteriya yoki guatara (“Qizil kitob” ga kiritilgan); Gekkonlarning tiriktug’uvchi 2 urug’i (endemik), stsinklar. Bu oblastda ilonlar va toshbaqalar uchramaydi.



Amfibiyalar sinfi:

Silliq oyoqlilar Leiopelmidae oilasi, Leiopalma urug’iga mansub baqalarning 2-3 turi tarqalgan.



Baliqlar sinfi:

Chuchuk suv baliqlari – ugorlarni bir turi (ugri); Retropinnidae va Aplochitonidae oilasiga kiruvchi bir necha turlar, galaksiidlar.



Umurtqasizlar:

Yomg’ir chuvalchanglari, kuya kapalaklari, vizildoq qo’ng’izlar, uzunburun qo’ng’izlar, termitlarning 3-4 turi.


Patagoniya yoki Golantarktika oblasti

Patagoniya oblasti Janubiy Amerika qit’asining janubidagi hududlar (Argentina va Chilining janubiy qismi, Olovli Yer oroli), Xuan-Fernandes arxipelagi, Folklend oroli hamda Dunyo Okeanining janubiy qismidagi Kergelen, Kroze, Janubiy Georgiya, Tristan – da-Kunya, Amsterdam va boshqa orollar kiradi. Oblast hududini sahro kengliklari – pampaslar egallagan. Janubiy qismida esa yarim sahro va sahrolar joylashgan. Oblastning o’simlik qoplami boshoqdoshlar, kaktus butalari va yostiq hosil qiladigan bolaksa hamda azorella o’simliklaridan iborat.

Kordileraning yuqori qismi – “puni” o’simlik qoplami tekislikdagi yarim sahro tipiga o’xshab ketadi. Chiloe arxipelagi va Olovli Yer orolida janubiy buk daraxtlaridan iborat o’rmonlar mavjud.

Patagoniya oblastida quyidagi hayvonlar hayot kechiradi:



Sut emizuvchilar:

Senolestsimon xaltali sut emizuvchilar: Notodelphis urug’i 47° janubiy kenglikkacha tarqalgan. Chilida va Chiloe orolida Rhyncholestes va Marmosa urug’i turlari yashaydi. Bularda yirtqich va o’simlikxo’r xaltali sutemizuvchilarning xususiyatlari saqlanib qolgan, shuning uchun ham ularni alohida Coenolestoidea turkumiga birlashtiriladi.

Kemiruvchilar; kavilar; mara Dolichotis patagonica; viskachi Lagostomus; shinshilla Lagidium; tuko-tuko Ctenomys.



Qushlar sinfi:

Darvin nandusi Rhea pennata; qorabo’yinli o’rdak; Merganetta endemik urug’i; Chubbia urug’iga kiruvchi rjankalar; begunkalar (Thinocoridae oilasi)



Reptiliyalar sinfi:

Liolaemus urug’iga mansub iguanalar, teyilar, primitiv suvilonlar.



Baliqlar sinfi: galaksiidlar

Amfibiyalar sinfi: rinodermalar.
Umurtqasizlar faunasi:

Umurtqasizlar orasida endemik turlar ko’pchiligini tashkil qiladi.

Ayniqsa, Patagoniyada jujelitsalar – vizildoqlarning Cnemacanthini va Antarctiini tribasiga kiruvchi turlari uchraydi. Shuningdek, Ceroglossus, Calosoma urug’iga kiruvchi jujelitsa, Migadopini tribasi turlari, Chiasognathinae kenja oilasiga mansub shoxdor qo’ng’izlar hayot kechiradi.

Tristan – da-Kunya oroli vulkan natijasida paydo bo’lgan. Bu orolda uchmaydigan suvmoshaksimonlarning endemik 2 urug’i, drosdlarning endemik 1 urug’i, vyuroklarning 2 endemik urug’iga mansub turlari tarqalgan. Folklend orolining iqlimi mo’tadil-sovuq bo’lib, daraxtsimon o’simliklar uchramaydi. Folklend orolida umurtqalilarning soni kam, amfibiyalar va reptiliyalar deyarli uchramaydi. Yagona endemik urug’ – katta tulki Janubiy Amerikadan Dusicyon urug’iga kiruvchi tulkilarga o’xshab ketadi. Darlington fikricha, Folklend tulkilari bu arxipelagga dreyf muzliklari yordamida kelib qolgan. Subantarktika orollari qutboldi zonasida joylashgan bo’lishiga qaramasdan, iqlimi okeanga xos, salqin bo’lib, yuqori tog’ tropik zonasiga ega. Daraxtsimon o’simliklar uchramaydi. Ko’pchilik o’simliklar yostiq hosil qilib o’sadi (azorella va boshqalar).

Orolning faunasini dengiz qushlari sut emizuvchilari tashkil qiladi. Jumladan qushlarning – qirol pingvini, oltinsoch pingvin, bo’ron qushlari, endemic hisoblangan Chionididae oilasiga kiruvchi oq rjankalar

Sutemizuvchilar: dengiz fillari - ulkan tyulenlar yashaydi. Janubiy Georgiya va Kergelen orolida dengiz fillarining bosh soni 250 mingga yetadi.



IX MA’RUZA

MAVZU: DUNYO FAUNASIGA ANTROPOGEN OMILLAR TA’SIRI VA UNING OQIBATLARI
Reja:

  1. Dunyo faunasiga antropogen ta’sirning oqibatlari

  2. Shimoliy va Janubiy Amerika faunasidagi o’zgarishlar va hayvonlarning qirilib ketish sabablari

  3. Osiyo, Afrika va Avstraliya faunasining bugungi holati va hayvonlarni muhofaza qilish chora tadbirlari

  1. Hayvonоt оlаmini muhоfаzа qilish. “Qizil kitob” va unga kiritilgan hayvonlar

Hozirgi zamon zoogeografiyasinng asosiy muammolaridan biri faunaning o’zgarish sabablarini aniqlash va uning kelajagini oldindan bashorat qilishdir.

Odam – hayvonot olami evolyutsiyaning eng yosh mahsuli hisoblanadi. Paleontologik ma’lumotlarga ko’ra, odamning dastlabki ajdodlarini vatani – Sharqiy Afrikadir. Ular mazkur hududda 18 mln yil oldin yashaganlar. Huddi shu yerdan Homo sapiens yani Uquvli odam o’zining evolyutsiyasini boshlagan.

1,4-1,9 mln yil oldin odamlar birinchi tosh qurollarni yasaganlar.

230 ming yil oldin odamlar olovni ixtiro qilisngan.

70 ming yil oldin odamlar itlarni qo’lga o’rgatganlar.

30 ming yil oldin odamlar yirik hayvonlarni ovlay boshlaganlar, qoyatoshlarga rasm chizganlar.

10 ming yil oldin odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganlar.

10 ming yil oldin yani Pleystotsen davridagi fauna tor doirada moslashgan yirik hayvonlardan iborat bo’lgan. Shu davrdan boshlab odamlar yirik hayvonlarni – g’or sherlari, qilichtishli yo’lbarslarni, g’or ayiqlarini ovlab ularning makonlarini egallay boshlashgan. 100 ming yil burun o’rmon fillari va suv ayg’irlari yoki begemotlar, keyinchalik esa o’rmon karkidonlari yo’qolib ketgan. Gigant bug’ular temir asrigacha saqlanib qolgan. Shimoliy Amerika hindularining ajdodlari 15 ming yil oldin bu materikka yetib kelib joylashganlar. Bu paytda Pleystotsen davri faunasi shakllanib bo’lgandi deb taxmin qilinadi. Hindularning dastlabki ajdodlari oddiy qurollar bilan Amerika mastodontlari, gigant lamalar, Kolumbiya mamontlarini ovlashgan. Bu holat boshqa qit’alarda ham bo’lgan. Pleystotsen faunasi faqat Afrikada saqlanib qolgan.

Tosh asri ovchilari esa nisbatan takomillashgan qurollar bilan ov qilganlar va tabiatga shu jumladan faunaga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazib borganlar. Chorvachilik va dehqonchilik tufayli yangi yerlarni o’zlashtirilishi, o’rmonlarni kesilishi, yavlovlar maydonini kengayishi ham yovvoyi hayvonlarni asta-sekin qirilib ketishiga olib keldi. Bu holat dastlab lokal darajada bo’lsa, buyuk geografik kashfiyotlar va fan yutuqlaridan keyin global miqyosga ko’tarildi. Shu davrdan boshlab insonning tabiatga bo’lgan ta’siri juda kuchayib ketdi. B.Grjimek (1977) ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi 400 yil ichida sutemizuvchi va qushlarning 130 turi yo’qolib ketdi, shundan 76 turi birinchi jahon urushidan keyingi davrga to’gri keladi. 550 tur hayvon esa umuman yo’q bo’lib ketish xavfi ostidadir. Bu raqamlarni yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, Xalqaro Tabiatni Muhofaza Qilish Ittifoqi ma’lumotlariga ko’ra 1600 yildan 1975 yilgacha Yer yuzida qushlarning 74 turi (1,23%), sutemizuvchilarning 63 turi (1,43%) butunlay qirilib ketgan. Ayniqsa kichik orollarda yashaydigan endemik turlarning hayoti yanada xavf ostida qolgan.

Hayvonot olamiga antropogen ta’sirlarni 1600 yildan boshlab ko’rib chiqamiz.
Yevropa. Bu qit’ada sutemizuvchilardan hozirgi qoramollarning ajdodi, bo’yi 2 m keladigan yovvoyi tur dastlabki yo’q bo’lib ketgan hayvon hisoblanadi. Uning oxirgi vakili 1627 yili Germaniyada (ayrim manbalarda Polshada) otib o’ldirildi. Yovvoyi ot – tarpan, yani hozirgi otlarning naslboshisi 1878 yilda Rossiya janubida otib o’ldirilgan. Yovvoyi zubr Polshada birinchi jahon urushi davrida o’ldirildi.

1844 yilda esa pingvinlarga o’xshab ketadigan, Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropaning Shimoliy sohillarida yuz-minglab uya quruvchi qush – gagarkalar butunlay qirilib ketdi. Tarpanlarning janubiy rus dasht tarpani degan kenja turi Askaniya Novada 1879 yilda tabiatda o’ldirildi, oxirgi vakili tutqunlikda 1914-1918 yillarda yashagan. O’rmon tarpanining oxirgisi 1814 yilda Kaliningrad oblastida otib o’ldirilgan. Yevropa kapalaklarining 3/2 qismi yo’qolish xavfi ostida turgan bo’lsa, Germaniya hududida keyingi 50 yil icida kunduzgi kapalaklarning 27 %i yo’qolib ketdi. Chuchuk suvlaridagi baliqlar turlarining 52,3% yo’qolish arafasida turibdi. 408 qush turlaridan 294 tasi noyob bo’lib qolgan.


Shimoliy Amerika - Mazkur hududda Yevropaliklar ko’chib borishlaridan oldin Yevropa zubrining qon-qarindoshi bo’lgan bizonlar soni 60 mln tani tashkil qilgan. XIX asrning 30-yillarida bizonlar ommaviy ravishda otib o’ldirila boshlandi. 1877 yilning o’zida 100 ming bison o’ldirildi. 1889 yilda esa bizonlarning janubiy populyatsiyasi butunlay qirilib ketdi. Maxsus otryadlar tominidan har yili 2,5 mln bizon ovlangan. Natijada AQSH va Kanadada mingtagacha bosh bizon saqlanib qoldi. 1905 yilga kelib, Bizonlarni muhofaza qilish tashkiloti tashkil topdi, 1968 yilgi ma’lumotlariga ko’ra hozirda 14 ming bosh bizon saqlanib qolgan. Shuningdek, sayyoh kabutari ham qirilib ketgan. Bu qushning soni dastlab taxminlarga ko’ra bir necha mlrd ga yetgan. Qushlardan qirol to’tiqushi, eskimor kronshnepi, sahro qurlari ham qirilib ketgan. Gavayi orollaridagi 1061 endemik mollyuskalarning 600 turi yo’qolib ketdi, 400 turi esa qirilib ketish xavfi ostida turibdi. Umuman Shimoliy Amerikaning mollyuskalarini 50-60% yo’qolib ketish xavfi ostidadir.
Osiyo. Osiyoda milu bug’usining yovvoyi populyatsiyasi butunlay qirib tashlandi. Osiyo sherlari, karkidonlarning orollarda yashovchi turlari, yovvoyi ikki o’rkachli tuya, Eron lan bug’usi, katta va kichik panda ayiqlari, Prjevalskiy otlari, son jihatdan juda kamayib ketdi va butunlay yo’qolib ketis xavfi ostida qoldi. Ayniqsa, bizning o’lkamiz uchun xos xisoblangan to’qaylarda yashovchi Turon yo’lbarslari butunlay yo’q bo’lib ketgan. Arabiston tuyaqushlari, qirg’ovullarning bir necha turlari qirilib ketgan. O’rta Osiyoning tog’li rayoni G’arbiy Tyan-Shanda uchraydigan 150 tur kunduzgi kapalakning 12 tasi yo’qolib ketdi, 18 %i esa juda noyob bo’lib qolgan.
Afrika. Bu qit’ada yirik tuyoqli sutemizuvchilar va yirtqichlar inson tomonidan ko’plab qirib yuborilgan. Masalan jirafa, zebra, buyvol, sher terilari, fil suyaklari, karkidon shoxlari uchun ko’plab ovlangan. Natijada kvagga zebrasi butunlay yo’q bo’lib ketdi. Eng oxirgi kvagga zebrasi Amsterdam zooparkida 1883 yilda o’lgan. XX asrning 30 yillarida Janubiy Afrikada uyqu kasalligini oldini olish uchun har yili 20-30 ming bosh tuyoqli sutemizuvchilar otib tashlangan. Ammo uyqu kasalligini tarqatuvchisu se-se pashshasi boshqa hayvonlar qoni bilan oziqlana boshlagan. Hayvonlarning ko’plab ovlashdan yana bir maqsad – yangi ekinzorlar - plantatsiyalar tashkil qilishdan iborat bo’lgan. Shu tufayli shimpanze, gorilla, lemurlar, tupaylar, indri, lori va boshqa primatlar, okapi, jirafalar, fillar ham son jihatdan kamayib ketdi. Ular orasida bonobo yoki pakana shimpanze turi ham bor.

Janubiy Amerika. Bu qit’aning faunasi o’ziga xos betakror turlarga ega. Lekin inson tufayli ko’pchilik hayvonlari son jihatdan keskin kamayib ketdi. Masalan – shinshilla, yaguar, otselot, ontsillalar terisi uchun juda ko’p miqdorda ovlangan. 1967 yilda AQSH Bojxonalaridan 115458 na otselot terisi olib o’tilgan. Gigant suvsarning terisining narxi $200 turadi. Agar XX asrning 40 yillarida Perudan AQSHga har yili 2 ming teri yuborilgan bo’lsa 60 yillarda bu ko’rsatkich 500 taga tushib qoldi. Vikunya va guanakolar, sherqiyofa tamarin, Geldi kallimikosi, ko’zoynakli ayiq va yoldor bo’rilarning soni keskin kamayib ketdi. Shuningdek, chiroyli to’tiqushlar, kolibrilarni ovlash natijasida bu hayvonlar noyob va kamyob bo’lib qoldi.
Avstraliya. Ushbu qit’ada Yer sharidagi eng primitiv va arxaik sutemizuvchilar hayot kechiradi. Avstraliya faunasi orol tipidagi fauna hisoblanadi. Avstraliya kasf qilingandan keyin birinchi bo’lib ko’chib kelgan insonlar ko’pchilik hayvonlarni qirib yuborganlar. Masalan – Avstraliya xaltali bo’risi – tilatsin insonlar ko’chib kelmaslaridan oldin bu yerlarda qirilib ketgan edi. Ammo Tasmaniya orolida ularning soni ko’p bo’lgan. Tilatsin qo’ylarni yeb zarar keltiradi deb e’lon qilindi, unga qarshi kurash olib borildi. 1888 yildan 1914 yilgacha o’ldirilgan har bir xaltali bo’ri uchun hukumat katta miqdorda pul to’lagan. Bu davr mobaynida 3000 ga yaqin tilatsin otib o’ldirildi. 1961 yildan keyin xaltali bo’ri – tilatsin umuman qayd qilinmagan. Faqat bu hayvonni rasmi pivo qutilarda qoldi.

Shuningdek, kengurularning 4 turi butunlay qirib tashlandi, katta mashqqatlar evaziga koala ayig’i saqlab qolindi, ponadumli burgut va yovvoyi it – dingo yildan-yilga kamayib bormoqda. Avstraliyaga olib kelingan uy hayvonlari tufayli mahalliy xaltali o’txo’r hayvonlar; yexidna va o’rdakburunlar keskin kamayib ketdi. Qushlardan atrixornis (Atrichorhis olamosis)



Orollar faunasi. Qit’alar faunasiga nisbatan orollar faunasi ko’proq salbiy tasirlar ostida qolgan. Yangi Zelandiyada moa, Maskaren orollarida dront va otshelnik (solityor), Mavrikiy orolida dodo, Reyunon orolida pustinnik, Rodriges orolida oq dodo, Oklena orolida Rallus muelleri, Ueyk orolida R. wakensis, Taiti orolida R pecuficus, Fiji orolida Rallina porzaciloptera, Laysanda tarqalgan Porzanula Palteri, Gavayi orolidagi Pennula sanwichensis, Samoa orolida tarqalgan Parendisates pacificus kabi uchmaydigan qushlar umuman qirib tashlangan. Steller sigiri kashf qilinganidan keyin 26 yil o’tgach uning oxirgi vakili otib o’ldirildi. Bu bwozor jonivor faqat suvo’tlar bilan oziqlanar edi. Galapagoss orollarida yashaydigan Fil toshbaqalari ham go’shti uchun ko’p miqdorda ovlanishi natijasida yo’q bo’lib ketish xavfi ostida qolgan. Shuningdek, gatteriya, Komodo echkemarlari, liradum va jannat qushlari ham kamayib ketgan.
Quruqlikdagi hayvonlarga nisbatan Dunyo okeani hayvonlarini ovlash keyinroq avj oldi. Kit ovlash tashkilotlari tomonidan har yili ko’plab kitlarning bir qancha turlari ovlanishi natijasida bu hayvonlarning umuman yo’q bo’lib ketish xavfi mavjud. Finval, ko’k kit, bukri kit, janubiy kit, Grenlandiya kiti, Gang del’fini, jahon baliqlarining esa 168 turi va 25 kenja turi Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan.
Hayvonlar tasodifan holda ham boshqa qit’alarga borib qolgan. Masalan Amerika dengiz hakalagi –jeludi Qora dengizga, Xitoy yunli krabi Baltika dengiziga kemalarga yopishgan holda borib qolgan. Transport vositalari va boshqa yo’llar orqali odamning yo’ldoshi hisoblangan sinantrop hayvonlar – uy pashshasi, oddiy chivin, suvaraklar, kalamushlar, uy sichqonlari, burga, bitlar, shuningdek zararkunanda hasharotlar – Kolorado qo’g’izi, shahar mo’ylovdori, filloksera, qalqondor bitlar, odimchi kapalaklar qurtlari, Sibir tengsiz ipakchi kapalaklari, qovun pashshasi va boshqa hayvonlar tarqalgan. Janubiy Amerikadan Yevropaga va sobiq SSSRga nutriya olib kelingan. Ular endilikda ko’pchilikni tashkil etadi. Avstraliyaga olib kelingan quyonlar yovvoyilashib ketib, hozirda juda ko’paygan. Yangi Zelandiyaning hozirgi faunasining deyarli yarmi olib kelib iqlimlashtirilgan hayvonlar hisoblanadi. O’zbekistonga ham Uzoq Sharq daryolaridan amur, xumbosh, ilonbaliq olib kelingan, Amerikadan gambuziya balig’I keltirilgan. Qora dengizdan Kaspiy dengiziga kefal balig’I va uning ozuqasi chuvalchanglar keltirilgan. Yevropaga Amerikadan kamalak rangli forel olib kelingan bo’lsa, Yevropadan Amerikaga Yevropa forellari olib borilgan. Uzoq Sharq losossimonlari Yevropa sohillari va Atlantika qirg’oqlarida ko’paytirilmoqda.

Ammo hayvonlarni boshqa qit’alarga olib borish hamma vaqt ham ijobiy natija bermagan. Masalan – Avstraliya, Yangi Zelandiya va Karib dengizi havzasi faunasi bundan jiddiy zarar ko’rdi.

Atmosfera, suv, tuproqning turli kimyoviy moddalar – neft mahsulotlari, pestitsidlar, radiaktiv moddalar, turli sintetik moddalar bilan zaharlanishi ham dunyo faunasiga sal biy ta’si ko’rsatdi. Neft mahsulotlari tufayli dunyo okeani faunasi jiddiy zarar ko’rdi. Tabiiy zonalarning yo’qotilishi, yangi yerlarni o’zlashtirish va ochish, yaylovlarni va ekin maydonlarini kengaytirish ham shunga o’xshash oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan to’qaylarni yo’q qilinishi – qirg’ovul, to’qay mushugini yo’qolishiga, daryo suvini bog’b suv omborlarini qurish soxtakurakburun baliqlarini kamayib ketishiga, botqoqlik va ko’llarning quritilishi oq va qora laylaklarning kamayishiga sabab bo’ldi.

Yo'qolib kеtayotgan hayvon turlarini saqlab qolish mavsadida 1972 yil 1 yanvarda Xalqaro «Qizil kitob» tashkil etilib, unga yo’qolib kеtayotgan va noyob 43 tur sut emizuvchi, 44 tur qushlar, 21 tur sudralib yuruvchilar va 8 tur suvda ham quruqda yashovchilar kiritilgan.



O’zbekiston. O’zbеkiston faunasi 677 tur umurtqali hayvonlar (sutemizuvchilar- 108, qushlar – 432, sudralib yuruvchilar – 58, amfibiyalar – 2 va baliqlar – 77 ) va 32484 tur umurtqasiz hayvon turlaridan iborat.

Yer yuzining barcha qismlarida bo’lgani kabi yurtimizda ham ayrim hayvonlarning soni keskin kamayib ketgan, bunda albatta insonning ta’siri juda kattadir. Turon yo’lbarslari, Osiyo gepardlari kabi hayvonlar butunlay qirilib ketgan.

O’zbеkistonda «Qizil kitob» 1983 yili chop etilgan, unga 22 tur sut emizuvchi, 31 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchi va 5 tur baliq turi kiritilgan. Ularning eng muhimlari: katta shomshapalak, shalpangvuloq, ko’rshapalak, oq suqur, qo’ng’ir ayiq, sirtlon, silovsin, qoplon, irbis, xongul, jayron, Ustyurt qo’yi, Qizilqum yovvoyi qo’yi, arxar, oq va qora laylak, burgut, qirg’iy, boltayutar, lochin, itolg’i, ov turna, tuvalov, bizg’aldoq, qumchumchug’i, echkеmar, O’rta Osiyo kobrasi, kulrang echkemar, Stsink gekkon, Farg’ona chipor kaltakesagi, Xentau qurbaqaboshi, Orol bakra balig’i, Amudaryo va Sirdaryo soxtakurakburun baliqlari, so’gan baliqlari

Umurtqasizlardan – tunlamlar: Catocala Timur, C.optima va boshqa hayvonlardir. Yangi nashr qilingan O’zbеkiston “Qizil kitobi” ga hayvonlarning 184 turi kiritilgan

Yangi nashr qilingan “Qizil kitob” esa bu hayvonlarning qatoriga yana ko’plab turlar kiritlgan.

Markaziy Osiyodagi biosfera qo’riqxonalari quyidagilardir:



  1. Dashti-Jum. 2. Amudaryo. 3. Badxiz. 4. Kopetdog’. 5. Nurota. 6.Chotqol.

7. Aksu-Jabag’li. 8.Sarichelak

O’zbekiston qo’riqxonalari – Baday-To’qay, Payg’ambar-orol, Nurota, Chotqol, Zarafshon, Xisor, Qizilqum, Amudaryo, Zomin

O’zbekistondagi pitomniklar – Buxoro jayron pitomnigi, Oqqo’rg’on baliqchilik pitomnigi va boshqalar

O’zbekiston Respublikasida 1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”,“O’rmon to’g’risida” (1999 y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida” (1997 y.) qonunlari qabul qilingan. Hayvonlarni muhofaza qilish uchun qo’riqxonalar va buyurtmaxona, parvarishxonalar tashkil etilgan.

O’zbеkiston Rеspublikasida hozirgi kunda 9 qo’riqxona , 2 milliy bog’, 9 davlat buyurtmaxonalari, 1 ekomarkaz faoliyat ko’rsatayapti.

O’zbеkistonda alohida мuhofaza qilinadigan hududl


N

Nomi

Tashkil etilgan

yili


Maydoni gа

Ixtisoslashuvi

Viloyati




Qo’riqxonalar













1

Zomin

1926

21735

Tog’- archa qo’riqxonasi

Jizzax

2

Chotqol biosfera qo’riqxonasi

1947

35724

Tog’- archa qo’riqxonasiи

Toshkent viloyati

3

Baday- to’qay

1971

6462

Qayir- to’qay qo’riqxonasi

Qoraqalpog’iston

4

Qizilqum

1971

10311

Qumli- to’qay qo’riqxonasi

Xorazm, Buxoro

5

Zarafshon

1971

2352

Qayir- to’qay qo’riqxonasi

Samarqand

6

Кitob

1979

3938

Geologik qo’riqxona

Qashqadaryo

7

Nurota

1975

21137

Tog’-yong’oq mevali

Jizzax

8

Hisor

1983

80986

Tog’- o’rmon

Qashqadaryo

9

Surxon

1987

28895

Tog’- o’rmon

Surxondaryo

Мilliy bog’lar

1

Zomin

1976

24110

Tog’- o’rmon. Rekreatsiya

Jizzax

2

Ugom-Chotqol

1990

574590

Tog’ ekosistemalarini saqlash. Rekreatsiya

Toshkent


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling