20-amaliy mashgulot Ko’p qavatli sanoat binosini montaj qilishda ish hajmini hisoblash Asosiy tushunchalar
Minorali ko’tarma kranning joylanishi
Download 54.8 Kb.
|
20-amaliy mashg\'ulot (1)
Minorali ko’tarma kranning joylanishi
5. Montaj ishlarini bajarish uchun kran tanlash Berilgan misolimizdagi binoni montaj qilish ishlarini bajarish uchun, kranlarni uch xil variantda qo’llashni ko’rib chiqamiz. a) Katta qulochli kran binoni bir tomonida turgan holda montaj ishlarini bajaradi. b) Kichikroq qulochli kran binoni ikki tomonidan turib montaj ishlarini bajaradi. v) O’zi yurar kran (qo’shimcha strelali) binoni atrofida yurib montaj ishlarini bajaradi. Kranni iqtisodiy tomondan eng qulayini tanlash 2 chi bosqich bajariladi. Birinchi bosqichda kranni talab qilingan ko’rsatkichlari: yuk ko’tarish qobiliyati, kran qulochini uzunligi, ilgakni ko’tarish balandligi aniqlanadi. Nomogrammadan kamida ikkita kran tanlanadi. Bunda tanlagan kranlar ko’rsatkichlari hisoblab topilgan, talab qilingan ko’rsatkichlar kichik bo’lmasligi shart. Ikkinchi bosqichda tanlangan ikkita krnni solishtirib texnik iqtisodiy tomondan tejamliroq bittasi olinadi. Minorali va o’zi yurar kranlar uchun talab qilinadigan ko’rsatkichlar har xil bo’ladi. Minorali kranlar uchun quyidagilar aniqlanadi. Nil-ilgakni ko’tarish balanligi, m; L – kran strelasini qulochi, m; Myu – yuk momenti, kN m; yoki 0yu – yuk ko’tarish qobiliyati, t; Bu ko’rsatkichlarning hammasi eng og’ir konstruktsiya uchun, eng uzoqqa joylashgan va eng balandga qo’ndiriladigan konstruktsiya uchun aniqlanadi. Bizni loyihada og’ir va uzoqqa joylashgan qurilma bu 4-qavat tom yopma plitasi T-D oraliqda bo’lib, D-o’qiga yaqin (kran A o’qi bo’yicha bo’ylamasiga harakatlanadi). O’zi yurar kranlar uchun eng uzoq konstruktsiya V-V o’qidagi ustunlar bilan, bog’lovchi panellar hisoblanadi. Kranni ko’tarish balandligi Nil = h0 + heh + he + hs. Bu yerda: h0 – kranni turgan joyidan konstruktsiya ko’ndiriladigan joygacha bo’lgan balandlik; heh – 0,5 m – ehtiyotlik balandligi; he – konstruktsiyani loyihada ko’rsatilgan holatdagi balandligi; hs – ilmoqning balandligi. Minorali kranning strelasining qulochi quyidagicha topiladi: Bunda: S-montaj qilinayotgan konstruktsiyani og’irlik markazidan kran tomonda binoni chekkasigacha bo’lgan masofa; V-shpal uzunligi, m; eng maks shpal uzunligi 2,7 m; a-kran osti yo’lining kengligi, m. Qulochinin uzunligi 25m dan katta bo’lgan minorali kranning yo’lini kengligi 7,5 m va qulochi 15-20 m li kranlar uchun 4,5 m dan 6,0 gacha bo’lishi mumkin. Kranni yurish mexanizmini jihozlari bilan birgalikda, kran bazasini kengligi a+0,5 m; Yuk momentining kattaligi Myu ≤ Myu mak Myu mak = L × Qq Bunda: - konstruktsiyani montaj oralig’i; Q - kontruktsiyani og’irligi; - montaj ishlarida ishlatiladigan moslamalar oralig’i (stropa, traversa). Yuk ko’tarish qobiliyati 5 t gacha bo’lgan minorali kranlar uchun Myu = 100 t.m; 8 t gacha bo’lgan kran uchun Myu = 160 t.m va mos ravishda 10-20 gacha bo’lsa Myu = 200 t. m. (3-jadval, ilova). Bizning misoldagi loyihada eng og’ir konstruktsiya tom yopma plitasi hisoblanib, eng uzoqdagi konstruktsiya ustun bo’ladi va eng balandga qo’yiladigan kontruktsiyani hisobiy yo’l bilan topiladi. a) Binoning oxirgi qavtini yopayotgan paytdagi kran ilgagini balandligi (4 qavatli binolarda ustunlar 2 qavatga mo’ljallanganda) Bunda: (2l-h1+hr)=h0 – plita qo’yiladigan balandlik, ya’ni oxirgi qavat to’sini teppasigacha bo’lgan masofa; Download 54.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling