20-Amaliyot 0‘zbekiston respublikasida quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari
Download 37.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq20-amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIYOT TARMOQLARI VA IJTIMOIY SOHANING ENERGIYA
- CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA https://lex.uz/ru/docs/-4486125 Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish
- QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
- Mavzuga doir
20-Amaliyot 0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 22.08.2019 yildagi PQ-4422-son IQTISODIYOT TARMOQLARI VA IJTIMOIY SOHANING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH, ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI RIVOJLANTIRISHNING TEZKOR CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA https://lex.uz/ru/docs/-4486125 Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish MAQSADLI PARAMETRLARI T/r Ko‘rsatkichlar nomi Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish prognozlari, MVt Elektr energiyasi ishlab chiqarish ulushi, foiz 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. 2023 -2030-yy. 2018-y. 2030-y. Jami 1074,1 886,8 1 961,5 2 061,6 14 017,8 100 100 1. An’anaviy energetika 1 050 1 807 1 777 2 259,4 10 910,2 90 75 Shu jumladan, quvvatlarni foydalanishdan chiqarish - 1 060 320 740 4 280 - - 2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 24,1 119,8 504,5 542,2 7 387,6 10 25 shundan: 2.1. Gidroenergetika 24,1 119,8 204,5 42,2 1 487,6 10 11,2 2.2. Quyosh energetikasi - - 300 400 4 300 - 8,8 2.3. Shamol energetikasi - - - 100 1 600 - 5 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 21.05.2019 yildagi O‘RQ-539-son QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA https://lex.uz/docs/-4346831 O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun ruxsatnoma shart emas, buning uchun soliq to‘lanmaydi — Energetika vazirligi Energetika vazirligi uyida quyosh energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun hech qanday ruxsatnoma talab etilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, ulardan hech qanday soliq va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi, deb xabar beradi “Kun.uz”. Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, aholi tomonidan quyosh yordamida o‘z ehtiyojlari uchun energiya ishlab chiqarganda soliqqa tortiladi, degan gapning o‘zi davlat siyosatiga qarshi ketishni anglatadi. “Hech qanday soliq yo‘q, qo‘shimcha to‘lov ham yo‘q. Aksincha, mana shunday texnologiyalarni import qilish, ishlab chiqarishda davlat tomonidan chegirma va preferensiyalar berilgan. Mahsulot tannarxini pasaytirish, aholi orasida mahsulot ommaviyligini kengaytirishi uchun bu ishlar bajariladi”, — deydi vazir o‘rinbosari. Ta’kidlanishicha, 2019-yil 21-mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) elektr energiyasi ishlab chiqarish, shu jumladan, shaxsiy manfaatlarda foydalanish uchun boshqa turdagi QTEMlar ham o‘z aksini topgan. QTEMdan foydalanadigan jismoniy shaxslar bilan bir qatorda, qonun bilan boshqa ikki turdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilari ham belgilangan. Bular lokal tarmoq orqali yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari va QTEMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasi yetkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilar. Shu bilan birga, QTEMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasini yetkazib beruvchilarga tarmoqqa kafolatli ulanish huquqi berilgan. Tabiiyki, bu yerda qayta tiklanuvchi energiyadan o‘z ehtiyojlari uchun emas, balki tadbirkorlik, ya’ni elektr energiyasini sotish maqsadida foydalanish haqida gap ketganda, amaldagi biznes qonunlari qo‘llaniladi. Va birinchi turdagi ishlab chiqaruvchilar uchun, ya’ni quyosh energiyasini o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradiganlar uchun nafaqat shartnomalar talab etilmasligi, balki ularga rag‘batlantiruvchi imtiyozlar ham mavjud. Agar aholi faqat qayta tiklanuvchi energiyadan foydalangan holda, ya’ni mavjud energiya tarmoqlaridan to‘liq uzilgan taqdirda, ularga jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘idan va yer solig‘idan uch yil muddatga (QTEMdan foydalanish oyidan boshlab) ozod qilinadi. 2019-yil 22-avgustda O‘zbekiston Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilgan. Xususan, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab mamlakatda davlat budjeti hisobidan jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektr stansiyalari uchun (3 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan), quyosh suv isitkichlari uchun (1,5 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, energiya tejamkor gaz-gorelkali qurilmalar uchun esa (200 ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan) sotib olish qiymatining uchdan bir qismi qoplanishini nazarda tutuvchi tartib joriy qilinishi belgilangan. Mavzuga doir: O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini o‘rnatganlar 10 yil muddatga mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi Shuningdek, bu tadbirlar qatorida jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari, energiya tejamkor gaz-gorelkalari va qozonxonalar, shuningdek, boshqa energiya tejamkor uskunalar sotib olish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash (kompensatsiyalar) ko‘zda tutilgan. Avvalroq energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev O‘zbekistonning bir nechta hududlarida quyosh, shamol va issiqlik elektr stansiyalari qurilishini, 2021-yilda ham narxni oshirmaslik bo‘yicha topshiriq olganliklarini ma’lum qilgandi. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling