20-Amaliyot 0‘zbekiston respublikasida quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari


Navoiyda O‘zbekistondagi birinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda


Download 37.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi37.28 Kb.
#1819742
1   2
Bog'liq
20-amaliyot

Navoiyda O‘zbekistondagi birinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda 
Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi Navoiy viloyati Karmana tumanida 283 
gektar maydonda 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini qurmoqda. Loyiha qiymati 
– 110 mln dollar. 
Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 110 million dollarga 
baholangan va Masdar kompaniyasi tomonidan yuz foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtiriladi. 
Bugungi kunda pudratchi korxona – Xitoy Xalq Respublikasining «SEPKO III» LTD 
kompaniyasi obektda texnologik uskunalar, panellar, invertor va transformatorlarni o‘rnatish 
ishlarini olib bormoqda. 
Quyosh energetika qurilmasi- quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini 
issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr Quyosh energetika 
qurilmasiq. bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasiq.da issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk 
suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasiq. energiyani 
oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (qarang Quyosh batareyasi), termoelektrik, 
termoemission yoki mashina siklli Quyosh energetika qurilmasiq. boʻlishi mumkin. Yuqori 
quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasiq. koʻpincha Quyosh energetika st-
yasi (quyosh elektr st-yasi) deb ataladi. 
Quyi temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da tabiiy zichligi -0,8 kVt/m2quyosh 
radiatsiyasidan foydalaniladi. Mas, bunday Quyosh energetika qurilmasiq. yordamida 
olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past temperaturada qaynaydigan suyuqliklar 
(fre-on, xlor, etil va boshqalar) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich 
mashinalarida qoʻllaniladi. 
Yuqori temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da quyosh radiatsiyasi zichligi 
tabiiy zichlikka nisbatan 10
2
-10
4
marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi); 
buning uchun bir yoki bir necha koʻzgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi (qarang 
Geliokonsentrator). 
Quyosh energetika qurilmasiq. yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi Quyosh 
energetika qurilmasiq. tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi 
tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasiq.dan yer sunʼiy yoʻddoshlari 
va boshqa kosmik apparatlarini mus-taqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi (yana 
qarang Gelioqurilma). 
O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati Namangan viloyati Pop tumanida 
ishga tushirilgan quyosh fotoelektr stansiyasi suratlarini e’lon qildi. Suratlar bilan vazirlik 
saytida tanishish mumkin, deb xabar bermoqda kun.uz.
Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Popdagi ushbu inshoot “ishlab 
chiqarilgan elektr energiyasini mamlakat energetika tarmog‘iga uzatuvchi dastlabki quyosh 
fotoelektr stansiyasidir”. Janubiy koreyalik hamkorlar ko‘magi bilan ishga tushirilgan ushbu 


700 ming dollarlik loyiha doirasida Popning Kandigon qishlog‘iga tutash 0,32 gektar hududda 
qurilgan stansiya 2014 yilning 9 dekabrdan elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlagan. 
“Ta’kidlash joiz, ushbu loyihaning asosiy maqsadi o‘rnatilgan turli xildagi quyosh 
texnologiyalarining ishlab chiqarish samaradorligini o‘rganib, O‘zbekiston iqlim sharoitlarini 
hisobga olgan holda ularni keng tatbiq qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash 
hisoblanadi. Ushbu stansiyaning faoliyati quyosh energetikasi sohasidagi mutaxassislarni 
tayyorlashga ham yo‘naltiriladi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Ma’lumot uchun, stansiyaga hozirgi vaqtda Janubiy Koreyaning Hanhwa, JSPV, S-
Energy va TopSum kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan har xil turdagi quyosh 
panellari va tegishli asbob-uskunalar etkazib berilgan va o‘rnatilgan. 



Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling