20-Amaliyot 0‘zbekiston respublikasida quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari


Download 37.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi37.28 Kb.
#1819742
  1   2
Bog'liq
20-amaliyot



20-Amaliyot 
0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH 
ISTIQBOLLARI. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 22.08.2019 yildagi PQ-4422-son
IQTISODIYOT 
TARMOQLARI 
VA 
IJTIMOIY 
SOHANING 
ENERGIYA 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH, ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI 
JORIY ETISH VA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI 
RIVOJLANTIRISHNING 
TEZKOR 
CHORA-TADBIRLARI 
TO‘G‘RISIDA
https://lex.uz/ru/docs/-4486125  
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish 
MAQSADLI PARAMETRLARI 
T/r Ko‘rsatkichlar nomi 
Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish prognozlari, 
MVt 
Elektr energiyasi 
ishlab chiqarish 
ulushi, foiz 
2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. 
2023 -2030-yy. 2018-y. 2030-y. 
Jami 
1074,1 
886,8 
1 961,5 2 061,6 
14 017,8 
100 
100 
1. 
An’anaviy energetika 
1 050 
1 807 
1 777 
2 259,4 
10 910,2 
90 
75 
Shu jumladan, quvvatlarni 
foydalanishdan chiqarish 

1 060 
320 
740 
4 280 


2. 
Qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari 
24,1 
119,8 
504,5 
542,2 
7 387,6 
10 
25 
shundan: 
2.1. Gidroenergetika 
24,1 
119,8 
204,5 
42,2 
1 487,6 
10 
11,2 
2.2. Quyosh energetikasi 


300 
400 
4 300 

8,8 
2.3. Shamol energetikasi 



100 
1 600 


O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 21.05.2019 yildagi O‘RQ-539-son QAYTA 
TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
https://lex.uz/docs/-4346831 
O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish uchun ruxsatnoma shart emas, 
buning uchun soliq to‘lanmaydi — Energetika vazirligi 
Energetika vazirligi uyida quyosh energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun 
hech qanday ruxsatnoma talab etilmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, ulardan hech qanday 
soliq va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi, deb xabar beradi “Kun.uz”. 
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, aholi tomonidan 
quyosh yordamida o‘z ehtiyojlari uchun energiya ishlab chiqarganda soliqqa tortiladi, degan 
gapning o‘zi davlat siyosatiga qarshi ketishni anglatadi. 


“Hech qanday soliq yo‘q, qo‘shimcha to‘lov ham yo‘q. Aksincha, mana shunday 
texnologiyalarni import qilish, ishlab chiqarishda davlat tomonidan chegirma va 
preferensiyalar berilgan. Mahsulot tannarxini pasaytirish, aholi orasida mahsulot 
ommaviyligini kengaytirishi uchun bu ishlar bajariladi”, — deydi vazir o‘rinbosari. 
Ta’kidlanishicha, 2019-yil 21-mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
(QTEM) elektr energiyasi ishlab chiqarish, shu jumladan, shaxsiy manfaatlarda foydalanish 
uchun boshqa turdagi QTEMlar ham o‘z aksini topgan. 
QTEMdan foydalanadigan jismoniy shaxslar bilan bir qatorda, qonun bilan boshqa ikki 
turdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilari ham belgilangan. Bular lokal tarmoq orqali 
yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlari uchun elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari va 
QTEMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasi yetkazib beruvchi ishlab 
chiqaruvchilar. 
Shu bilan birga, QTEMdan yagona energetika tizimiga elektr energiyasini yetkazib 
beruvchilarga tarmoqqa kafolatli ulanish huquqi berilgan. Tabiiyki, bu yerda qayta tiklanuvchi 
energiyadan o‘z ehtiyojlari uchun emas, balki tadbirkorlik, ya’ni elektr energiyasini sotish 
maqsadida foydalanish haqida gap ketganda, amaldagi biznes qonunlari qo‘llaniladi. 
Va birinchi turdagi ishlab chiqaruvchilar uchun, ya’ni quyosh energiyasini o‘z 
ehtiyojlari uchun ishlab chiqaradiganlar uchun nafaqat shartnomalar talab etilmasligi, balki 
ularga rag‘batlantiruvchi imtiyozlar ham mavjud. 
Agar aholi faqat qayta tiklanuvchi energiyadan foydalangan holda, ya’ni mavjud 
energiya tarmoqlaridan to‘liq uzilgan taqdirda, ularga jismoniy shaxslarning mol-mulk 
solig‘idan va yer solig‘idan uch yil muddatga (QTEMdan foydalanish oyidan boshlab) ozod 
qilinadi. 
2019-yil 22-avgustda O‘zbekiston Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy 
sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va 
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PQ-4422-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilgan. Xususan, 2020-yilning 1-yanvaridan 
boshlab mamlakatda davlat budjeti hisobidan jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektr 
stansiyalari uchun (3 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan), quyosh suv isitkichlari uchun (1,5 
million so‘mdan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, energiya tejamkor gaz-gorelkali qurilmalar 
uchun esa (200 ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan) sotib olish qiymatining uchdan bir qismi 
qoplanishini nazarda tutuvchi tartib joriy qilinishi belgilangan. 
Mavzuga doir: O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini o‘rnatganlar 10 yil 
muddatga mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi 
Shuningdek, bu tadbirlar qatorida jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi 
energiya qurilmalari, energiya tejamkor gaz-gorelkalari va qozonxonalar, shuningdek, boshqa 
energiya tejamkor uskunalar sotib olish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz 
xarajatlarini qoplash (kompensatsiyalar) ko‘zda tutilgan. 


Avvalroq energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev O‘zbekistonning bir nechta 
hududlarida quyosh, shamol va issiqlik elektr stansiyalari qurilishini, 2021-yilda ham narxni 
oshirmaslik bo‘yicha topshiriq olganliklarini ma’lum qilgandi. 

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling