20-Amaliyot 0‘zbekiston respublikasida quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari
Navoiyda O‘zbekistondagi birinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
Download 37.28 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq20-amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh energetika qurilmasi
Navoiyda O‘zbekistondagi birinchi eng yirik quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi Navoiy viloyati Karmana tumanida 283 gektar maydonda 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasini qurmoqda. Loyiha qiymati – 110 mln dollar. Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 110 million dollarga baholangan va Masdar kompaniyasi tomonidan yuz foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtiriladi. Bugungi kunda pudratchi korxona – Xitoy Xalq Respublikasining «SEPKO III» LTD kompaniyasi obektda texnologik uskunalar, panellar, invertor va transformatorlarni o‘rnatish ishlarini olib bormoqda. Quyosh energetika qurilmasi- quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr Quyosh energetika qurilmasiq. bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasiq.da issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasiq. energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (qarang Quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli Quyosh energetika qurilmasiq. boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasiq. koʻpincha Quyosh energetika st- yasi (quyosh elektr st-yasi) deb ataladi. Quyi temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da tabiiy zichligi -0,8 kVt/m2quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Mas, bunday Quyosh energetika qurilmasiq. yordamida olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past temperaturada qaynaydigan suyuqliklar (fre-on, xlor, etil va boshqalar) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qoʻllaniladi. Yuqori temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 10 2 -10 4 marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi); buning uchun bir yoki bir necha koʻzgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi (qarang Geliokonsentrator). Quyosh energetika qurilmasiq. yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi Quyosh energetika qurilmasiq. tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasiq.dan yer sunʼiy yoʻddoshlari va boshqa kosmik apparatlarini mus-taqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi (yana qarang Gelioqurilma). O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati Namangan viloyati Pop tumanida ishga tushirilgan quyosh fotoelektr stansiyasi suratlarini e’lon qildi. Suratlar bilan vazirlik saytida tanishish mumkin, deb xabar bermoqda kun.uz. Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Popdagi ushbu inshoot “ishlab chiqarilgan elektr energiyasini mamlakat energetika tarmog‘iga uzatuvchi dastlabki quyosh fotoelektr stansiyasidir”. Janubiy koreyalik hamkorlar ko‘magi bilan ishga tushirilgan ushbu 700 ming dollarlik loyiha doirasida Popning Kandigon qishlog‘iga tutash 0,32 gektar hududda qurilgan stansiya 2014 yilning 9 dekabrdan elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlagan. “Ta’kidlash joiz, ushbu loyihaning asosiy maqsadi o‘rnatilgan turli xildagi quyosh texnologiyalarining ishlab chiqarish samaradorligini o‘rganib, O‘zbekiston iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ularni keng tatbiq qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash hisoblanadi. Ushbu stansiyaning faoliyati quyosh energetikasi sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga ham yo‘naltiriladi”, – deyiladi vazirlik axborotida. Ma’lumot uchun, stansiyaga hozirgi vaqtda Janubiy Koreyaning Hanhwa, JSPV, S- Energy va TopSum kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan har xil turdagi quyosh panellari va tegishli asbob-uskunalar etkazib berilgan va o‘rnatilgan. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling