20-asr o’rtalari 21-asr boshida indoneziya singapur va malayziya indoneziya (Indonesia)


Download 18.57 Kb.
bet2/2
Sana21.06.2023
Hajmi18.57 Kb.
#1642150
1   2
Bog'liq
20-ASR O’RTALARI 21-ASR BOSHIDA INDONEZIYA SINGAPUR VA MALAYZIYA

Malayziya yoki Malaysia (malaycha: Malaysia) (Persekutuan Tanah Malaysia) – Janubiy-Sharqiy Osiyodagi davlat. Hududini Janubiy Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy Malayziya (Malayya) Malakka yarim orolning janubda, Sharqiy Malayziya Kalimantal o.ning shimoliy qismida joylashgan. Maydoni 332,8 ming km². Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti – Kuala-Lumpur shahri Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.
Malayziya – federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yilda qabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957-yilgi konstitutsiyasi asos qilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – oliy hukmdor (podshoh, 2001-yil 12-dekabrdan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.
Malayziya ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka yarim orolning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (balandligi 1000–2000 m; eng baland joyi – Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) pasttekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000–2400 m balandlikdagi togʻlardir. Malayziyadagi eng baland joy – Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura yil davomida 25°–28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000–5000 mm. Daryolari (Rajang, Paxang, Baram, Kinabatangan va boshqalar) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va boshqa oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi.
Download 18.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling