20 bilet javobi. Variant-№20


Download 26.32 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1582176
Bog'liq
20-bilet javobi strategiya


20 bilet javobi.
VARIANT-№ 20
1. Fuqorolik jamiyati haqidagi g‘oyalar evolyutsiyasi .
2. O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyotning shakllanishi.
3. Fuqorolik jamiyatining madaniy-ma’naviy asoslari.
4. Yangi va eng yangi davrda fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi nazariyalar.
5. Fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi zamonaviy konsepsiyalar.

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamaddunimahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari


ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning


ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan.Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘ra umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir.


. Fuqarolik jamiyati - insoniy taraqqiyot uchun zaruriyat sifatida . “Fuqarolik jamiyati” tushunchasining ildizi (civil society) qadimgi grek faylasuflari vaboshlab Sitseron yozgan asarlarda kuzatiladi. Lekin, grek faylasuflari fuqarolik jamiyati haqida fikrlaganida asosan davlatni ko‘zda tutgan edilar. Fuqarolik jamiyati haqidagi tasavvurlar XVIII asr oxirida bir vaqtning o‘zida shotland va kontinental Ma’rifatparvarligi tomonidan tug‘ildi.


Tomas Peyn va Georg Gegel kabi nazariyotchilar fuqarolik jamiyatini davlatga yaqin, lekin, shu bilan birga undan ajralgan soha, qaysiki, bu kabi jamiyatda fuqarolar o‘z xohishlari va manfaatlariga bog‘liq holda birlashadilar, deb talqin etdilar. Bu yangi talqinlarda iqtisodiy voqeliklarni o‘zgarishlari ifodalangan edi: xususiy mulk, bozor raqobati va burjuaziyaning paydo bo‘lishi. U tobora o‘sib borayotgan erkinlik sari da’vat etish chaqiriqlaridan paydo bo‘lgan edi. XIX asrning o‘rtasida jamiyatshunoslar va faylasuflar sanoat inqilobining ijtimoiy va siyosiy oqibatlariga o‘z e’tiborlarini qaratganlarida esa fuqarolik jamiyati tushunchasi iste’moldan tushib qoldi. Faqat ikkinchi jahon urushida keyingi davrda Antonio Gramshi fuqarolik jamiyatiga tiraniya bilan kurashishning muhim sohasi va mustaqil siyosiy faoliyatning o‘ziga xos otlanish nuqtasi sifatida qarab, uniqaytadan tikladi va bu jamiyat yana rusumga kirdi.


Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning o‘ziga xos jihatlari. Jamiyatni rivojlantirish, huquqiy davlatga asos solish , fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va ijtimoiy -siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, davlat hokimiyati organlarini tizimini nomarkazlashtirish natijasida fuqarolik jamiyati qurish uchun shart - sharoitlar yaratiladi.


22222 javobbbbiiiiiii
Koʻp ukladli iqtisodiyot -turli mulk shakllari va har xil xoʻjalik turlarining yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiy tizim. Xoʻjalik yuritish tarzi va uklad subʼyektlari faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos tizimiga ega boʻlgan turli ishlab chiqarish munosabatlarining birgalikda mavjud boʻlishi bilan yakka ukladli iqtisodiyotdan farq qiladi. Har qanday iqtisodiyot koʻp ukladli harakterga ega.

Iqtisodiyot tuzilmalarning oʻzgaruvchanligi ukladlar xususiyatlariga katta taʼsir koʻrsatadi, natijada yangi ukladlar paydo boʻlgach, eskilari sifat jihatidan yangi ukladlarga aylanadi yoki yoʻqolib ketadi. Bu jarayonlar, ayniqsa, bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga oʻtishda yoki uning oʻzgarishida yaqqol koʻrivadi. Shunga muvofiq \olda ukladlar 2 guruhga boʻlinadi: oʻtmishda ustun boʻlgan ijtimoiy tizimlarning qoldigʻi tarzida mavjud boʻladigan ukladlar; ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi oʻzgarishlar natijasida paydo boʻladigan ukladlar. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida turli davrlarda biron-bir uklad hukmron mavqeida turgan. Mas, kapitalizmda, garchi davlat, mayda tovar ishlab chiqarish ukladlari mavjud boʻlsada, kapitalistik uklad hukmron boʻlgan.


SSSR da davlat ukladi hukmron boʻlishiga qaramay (mulkning 90% davlat qoʻlida toʻplangan) mayda tovar, oilaviy va xufiya ukladlar ham mavjud boʻlgan. Hozir jahonda iqtisodiyotga koʻp ukladlilik yangi sifat kasb etmoqda. Koʻp ukladli iqtisodiyot munosabatlaridagi turli "boʻgʻinlar"ning notekis oʻzgarishlari har xil ukladlarni paydo etmoqda. Bunda ukladlarning oʻzaro kurashi, birining ikkinchisi ustidan hukmronligi va zoʻravonligi jarayoni emas, balki ishlab chiqarish jihatidan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan ham ularning birgalikda mavjudligi va oʻzaro hamkorligi vujudga kelmokda (qarang Aralash iqtisodiyot). Ayni paytda samaradorlikdagi oʻzgarishlar nuqtai nazaridan ukladlar oʻrtasida raqobatchilik harakteri kuchayib bormoqda. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida amalda hukmron mavqeni egallagan uklad yoʻq. Ukladlar faoliyati va ularning oʻzaro munosabatlarini tartibga solishni davlat oʻz zimmasiga oladi. Davlat qonunlar tizimi orqali mulkchilik shakli, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa qanday boʻlishidan qatʼi nazar, har bir uklad manfaatlarini himoya qiladi. Hozirgi aralash iqtisodiyot kapitalistik, nokapitalistik va bozor koʻrinishlaridagi xilma-xil ukladlardan iborat. Koʻpgina ukladlar faoliyatini harakatlantiruvchi kuch tadbirkorlik boʻlib, uning turli shakllari aralash iqtisodiyotning koʻp ukladli tarzda rivojlanishi shartsharoiti va asosini tashkil etadi.


Bozor iqtisodiyoti xilma-xil, birbiri bilan erkin raqobatlashadigan xoʻjalik ukladlarini taqozo etadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida mayda tovar, jamoa, xususiy, monopollashmagan kapitalistik, monopolistik, davlat monopolistik, transmilliy ukladlar mavjud. Shuningdek, aralash va oʻtkinchi ukladlar ham bor. Turli mamlakatlarda ukladlar nisbati har xil. Ukladlarning yaxlitligini bozor munosabatlari taʼminlaydi. Ukladlar bir-biriga tovarlar, axborot, tajriba, ish kuchi yetkazib beradi. Ular oʻzaro iqtisodiy aloqalarsiz rivojlana olmaydi, ayni vaqtda ular raqobatda boʻladi.


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida Oʻzbekiston iqtisodiyoti ham turli mulkchilik (davlat, jamoa, fuqarolar mulki va xususiy mulk)ka va xoʻjalik shakllariga tayanadi. Oʻzbekistondagi koʻp ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat sektori, jamoa-kooperativ sektor, individual sektor, xususiy sektor, aralash sektor va xorijiy sektorlar bor. Davlat sektoriga davlat korxonalari, jamoa sektoriga har xil kooperativlar va shirkat xoʻjaliklari, individual sektorga tomorqa xoʻjaligi, yakka tartibda ishlovchilar, yakka dehqon xoʻjaliklari kiradi. Xususiy sektorga ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va oʻz egasiga fonda beruvchi korxonalar karaydi. Aralash sektor davlat-aksiyadorlik, qoʻshma korxonalar, xorijiy sektor chet mamlakatlarga qarashli boʻlib, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan korxonalarni oʻz ichiga oladi.


33333333333333333 jaaaavvvvvoooobbbbiii


Fuqarolik jamiyati — haqiqiy fuqarolardan, yaʼni uzviy bogʻliqlikda boʻlgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.

Fuqarolik jamiyati - konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, maʼnaviy va huquqiy jihatdan oʻz ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadilar, davlatning koʻpgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini taʼminlash, pulmoliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichmabosqich oʻtish orqali roʻy beradi.


44444444444 javoooobbbiiiii.
Fuqarolik jamiyatining dastlabki turli tarixiy qiyofalarining ifodasi Yevropa va O‘rta yer dengizi an’analari asosida Uyg‘onish davridagi Italiya shahar-davlatlarida namoyon bo‘ldi.. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimi doirasidagi, muayyan shahar hududidagi ijtimoiy munosabatlarning tizimi sifatida ifodalanadi.

Yevropa jamiyatshunos olimlari fuqarolik jamiyatining yana bir tarixiy ildizini - olmon madaniy doirasi ta’siridagi kontinental-yevropa an’analariga bog‘laydi. Ular erkin fuqaroning paydo bo‘lishi, birinchilardan bo‘lib o‘zaro birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi – o‘zlarini feodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga ham ta’sir qilish kuchiga ega bo‘lgan dastlabki assotsiatsiyalar tashkil topishi sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi.


Fuqarolik jamiyatining yana bir ildizi yoki uning zamonaviy tushunchasini shakllanishida liberal ingliz-amerikan an’analari muhim ahamiyat kasb etdi. Olimlar unga nisbatan turlicha fikr bildiradi. Masalan, fuqarolik jamiyati tabiiy huquq va erkinlik asosida mulkka egalik qilish bilan bog‘likligiga doir g‘oyani Jon Lokk, modernizatsiya va o‘z-o‘zini boshqarishni fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatidagi g‘oyani Adam Smit, minimal davlat konsepsiyasini A.Fergyuson, fuqarolik jamiyati va zaruriy yovuzlik sifatidagi davlatning o‘ta chegaralangan roli haqidagi g‘oyani Tomas Peyn, amerikacha demokratiya tahlili g‘oyasini Aleksis de Tokvil, davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilab bergan va fuqarolik jamiyatini davlatdan mustaqil bo‘lishi kerakligi g‘oyasini ilgari surgan Jon Styuart Mill kabi olimlarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin.


Fuqarolik jamiyati g‘oyasiga turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va sharhlarni butunlay inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyatini nazariy konseptuallashuvi jarayoniga katta hissa qo‘shgan, Uyg‘onish davrining mashhur olimlardan biri Nikkolo Makiavelli (1469–1527 y.) pragmatik va tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra, fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asoslarni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy manfaatdorlikni, shuningdek respublika tuzilmasi manfaatlari oldida burchni his qilishni va jasoratli bo‘lishni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashmadir. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi: yolg‘on, shafqatsizlik, hattoki urush ham bundan mustasno emas. Davlat manfaatlari unda birlamchi ahamiyatni kasb etadi. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan. U cherkovga qarama-qarshi g‘oya – davlatning dunyoviyligi tarafdori bo‘lgan. Makiavelli davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat ko‘rsatish uslubi maktabini yaratdi Unga muvofiq davlat hech qanday ahloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyili asosida axloqiy qadriyatlardan chekinishini oqlab chiqdi..


Lekin, Makiavellining bu salbiy jihatlari fuqarolik jamiyati va davlat masalalarini rivojlanish kun tartibiga qo‘yganligi bilan yuvilib ketdi. Uning g‘oyalari ortidan qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yanada boyitishga harakat qildi. Xususan, “So‘z erkinligi haqida” (Djon Milton), “Leviafan” (Tomas Gobbs), “Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat” (Jon Lokk), “Qonunlar ruhi haqida” (Monteske), “Ijtimoiy kelishuv haqida” (Jan-Jak Russo), “Ilohiy-siyosiy traktat” (Benedikt Spinoza), “Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar” (Anri Fergyuson) kabi asarlarda fuqarolik jamiyati nazariyalari shakllandi. Mazkur asarlar u yoki bu darajada inson hayotining o‘ziga xos shakli sifatidagi fuqarolik jamiyati muammollarini ilgari surishi bilan birga shaxs va davlat o‘zaro munosabatlari, fuqarolik jamiyatining asosiy sub’ekti bo‘lgan fuqaroning butun salohiyatini yuzaga chiqarish uchun zarur bo‘lgan yangi sababiyatlar dalillar sifatida ochib berildi.


Yangi davrning eng muhim siyosiy hodisalaridan biri - bu “fuqarolik jamiyati” g‘oyasi o‘z tadriji davomida bir qancha konsepsiya va talqinlarni vujudga keltirdi. Biroq, u ko‘pincha “davlat” hodisasiga nisbatan qarama-qarshi qo‘yildi. Fuqarolik jamiyatining liberal talqinlari T.Gobbs, J.Lokk va Sh.Monteske asarlarida namoyon bo‘ldi. Ular fuqarolik jamiyati tushunchasi sifatida insoniyatning tarixiy taraqqiyotini aks ettirishga, insonning ibtidoiy usullardan taraqqiy topgan turmush tarziga o‘tishini ifodaladi. Inson davlat va tamaddundan bexabar “yovvoyi”, “tabiiy” holatda uzluksiz urushlar hamda o‘zaro dushmanlik holatida rivojlanib boradi. Bunda tartib-intizom va fuqarolik munosabatlarini ifodalagan rivojlangan jamiyat bilan tabiiy holatdagi sodda (yoki qaysidir ma’noda johil) jamiyatlar bir-birlariga qarama-qarshi qo‘yiladi.


5555555555555 javobbbiiiii

2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish


KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
2021 — 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) maqsadi mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini hamda dolzarb masalalarni hal etishda hamkorligini kuchaytirish, respublikada barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining tashabbuskorligi va faolligini oshirish hisoblanadi.
Konsepsiya fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilab beradi hamda sohaga oid maqsadli dasturlar va “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling