20-dars. 10-sinf. 6-bo`lim. Fuqaro muxofazasi
Download 31.82 Kb.
|
10-sinf. 20-dars. Kengaytirilgan bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadi
- Vaqti
- Tabiiy ofat
20-dars. 10-sinf. 6-bo`lim. FUQARO MUXOFAZASI. 1-mavzu. Favqulodda vaziyatlar tushunchasi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lish ehtimoli mavjud tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlar. 1-mashgʻulot. Nazariy. Favqulodda vaziyatlar tushunchasiga. Zilzila, koʻchishlar, suv toshqini, sel, qor koʻchishi, kuchli shamollar va boshqalar. Yaqinlashib kelayotgan xavf belgilari. Maqsadi.O`quvchilarga FVlar tushunchasini berish, ularni FM tadbirlarining samarasiga ishonch ruhida tarbiyalash. Uslubi. Og`zaki bayon. O`quv savollari. 1.Favqulodda vaziyatlar tushunchasiga. 2.Zilzila, koʻchishlar, suv toshqini, sel, qor koʻchishi, kuchli shamollar va boshqalar. 3.Yaqinlashib kelayotgan xavf belgilari. Vaqti. 45 daqiqa. Joyi. FM xonasi. O`MT. CHQBT fani darsligi, O`zR VMning 455-qarori, mavzuga oid plakatlar. Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar Kirish qismi Asosiy qism. 1-o`quv savoli.Favqulodda vaziyatlar tushunchasiga. Favqulodda vaziyatlar - bu aniq bir hududda falokat, halokat, tabiiy yoki ekologik ofatlar, shuningdek ommaviy yuqumli kasalliklar tufayli odamlarning normal hayot faoliyatining buzilishidir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to`g`risida”gi № 455-sonli qarori 1998 yil 27-oktyabrda qabul qilingan. Ushbu qarorga ko`ra favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko`ra texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga tasniflanadi. Ushbu vaziyatlarda zarar ko`rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko`lamiga qarab lokal, mahalliy, respublika va transchegara turlariga bo`linadi. Tabiiy ofat deganda qo`qqisdan ro`y beradigan, halokatli oqibatlarga, ya`ni odamlarni, qishloq xo`jaligi hayvonlarini va o`simliklarini nobud bo`lishiga, bino va inshootlarning vayron bo`lishiga, moddiy boyliklarning nobud bo`lishiga olib keluvchi turli ko`rinishlarda tabiiy kuchlarning namoyon bo`lishi tushuniladi. Download 31.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling