20-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi
Download 55.43 Kb.
|
20-mavzu
BMT rivojlanish dasturining «1995 yilda inson rivojlanish darajasi tendentsiyasi» nomli ma`ruzasida ta`kidlaganidek, oxirgi 30 yil mobaynida insoniyat o`z rivojida sezilarli o`sishga erishgan. Hozirgi vaqtda umr uzunligi 1960 yilga nisbatan 17 yilga ortgan. Bolalar o`limi esa yarmiga qisqargan. 1960 yildan 1995 yilgacha bo`lgan davrda butun dunyo bo`yicha hisoblangan inson rivojlanish koeffitsienti 247 foiz punktga o`sgan. Jumladan, aholi jon boshiga real YAIM ishlab chiqarish (solishtirma baholarda) 1,8 marta ortgan, o`rtacha umr uzunligi 50 yoshdan 64 yoshgacha ko`tarilgan, aholi savodxonlik darajasi esa 50%gacha ortgan. Barcha mamlakatlar bo`yicha turmush darajasi solishtirilganda ular o`rtasida juda katta farq borligi aniqlangan. 1995 yilda BMT rivojlanish dasturining mutaxassislari tomonidan o`rganilgan 174 mamlakat quyidagicha taqsimlangan: 63tasi insonning rivojlanish darajasi yuqori, 64tasi o`rta va 47tasi past darajada (indeksi 0,500dan kichik). Lekin asta-sekin bunday farqlar yo`qolib, inson rivojlanish darajasi tenglashib bormoqda. 1992 yilda esa er yuzi aholisining rivojlanish darajasi 30% rivojlangan, 39% o`rta va 31% esa past darajada bo`lgan edi. 30 yil mobaynida indeks variatsiyasi taxminan 2 marta kamaygan. Inson salohiyati rivojlanish darajasi bo`yicha eng yuqori o`rinni 1998 yilda Kanada, AQSH va Avstraliya egallagan. Inson rivojlanish indeksini hisoblash metodologiyasi doim mukammallashib bormoqda. Bunda hisobga olinadigan ko`rsatkichlarni tanlash, shuningdek, foydalaniladigan vazn koeffitsientlaridan foydalanish munozarali masalalar bo`lib hisoblanadi. Download 55.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling