20-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi


Download 55.43 Kb.
bet1/8
Sana17.07.2023
Hajmi55.43 Kb.
#1660678
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
20-mavzu

20-Mavzu AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI


Reja:
20.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari.
20.2. Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi.
20.3. Aholi iste`moli. Iste`mol manbalari va uning tarkibi.


Tayanch iboralar: Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar, o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash, jamlovchi ko`rsatkichlar, aholi daromadlari, aholi xarajatlari va iste`moli, aholining pul jamg’armalari, yig’ilgan mulk va turarjoy, aholining ijtimoiy tabaqalanishi, aholining kam ta`minlangan qatlami.
20.1. Aholining turmush darajasi ko`rsatkichlari.
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo`lib, uni tor va keng ma`noda tushunish mumkin. Tor ma`nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste`mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma`noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o`z ichiga oladi.
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko`rsatkichlar tizimi ham turli xil ko`rinishga ega bo`lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste`mol va yashash sharoitlari. SHu ko`rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi.
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo`nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi haqidagi va boshqa ma`lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o`rtacha va median ko`rsatkichlarda o`zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to`plash, differentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni tuzishga qo`yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko`rsatkichlarning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Turmush darajasini uch xil yo`nalishda o`rganish mumkin:

  • barcha aholiga nisbatan;

  • uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan;

  • har xil daromadga ega bo`lgan uy xo`jaliklariga nisbatan.

Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon`yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko`rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to`liq ishlangan. Uning 7 bo`limida 39 ta ko`rsatkich keltirilgan:

    1. Jamlovchi ko`rsatkichlar.

    2. Aholi daromadlari.

    3. Aholi xarajatlari va iste`moli.

    4. Aholining pul jamg’armalari.

    5. Yig’ilgan mulk va turarjoy.

    6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi.

    7. Aholining kam ta`minlangan qatlami.

Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimining oxirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan.

  1. Tug’ilish, vafot etish va boshqa aholini xarakterlaydigan ko`rsatkichlar.

  2. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari.

  3. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilish.

  4. Turar joy sharoitlari.

  5. Ta`lim va san`at.

  6. Mehnat sharoiti va bandlilik.

  7. Aholining daromadlari va xarajatlari.

  8. Yashash qiymati va iste`mol baholari.

  9. Transport vositalari.

  10. Dam olishni tashkil etish.

  11. Ijtimoiy ta`minot.

  12. Insonning erkinligi.


Download 55.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling