20-Mavzu aholi turmush darajasi statistikasi
Aholi daromadlari to‘g‘risida ma’lumot
Download 55.43 Kb.
|
20-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O ‘zbekiston Respublikasi aholisi daromadlarini aholining 10-li guruhlari bo‘yicha notekis taqsimlanishi
Aholi daromadlari to‘g‘risida ma’lumot
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlarni shartli ravishda o`lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: a) sintetik qiymat ko`rsatkichlari (YAIM, iste`mol fondi, aholining jami daromadlari va h.k.); b) fizik ko`rsatkichlar, aniq material boyliklarni iste`moli hajmini ifodalovchi ko`rsatkichlar (shaxsiy mulk bilan ta`minlanish darajasi, oziq-ovqat mahsulotlar iste`moli, tashilgan yo`lovchilar soni va h.k.); s) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko`rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo`yicha taqsimoti, daromadlar va iste`molni yig’uvchi va kelishtiruvchi ko`rsatkichlar va h.k.). Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimiga bevosita iste`mol ko`rsatkichlari bilan birga iste`mol imkoniyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham kiradi. Ularga, masalan, iste`mol fondi yoki daromad darajasi ko`rsatkichlarini kiritish mumkin. «Turmush darajasini» ifodalovchi ko`rsatkichlar tizimi ko`p bo`lganligi sababli hozirgi vaqtda qator jamlovchi ko`rsatkichlar ham qo`llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko`rsatkich insonlarning moddiy va ma`naviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o`lchash uchun, shuningdek, ayrim mamlakatlar va umuman, insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun xizmat qiladi. Inson rivojlanish indeksi (Ji.r.) uchta omilning ta`sirini hisobga oladi: 1) umr uzunligi; 2) ta`lim olish darajasi; 3) jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIM hajmi. Bu ko`rsatkich (Ji.r.) turmush tarzini ifodalovchi uch ko`rsatkich asosida o`rtacha arifmetik usulda aniqlanadi: Ji.r. = 1/3 x (Jxi); bunda, Jxi – turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan: Jx1 – kutilayotgan umr uzunligi; Jx2 – aholining ta`lim olish darajasi (yig’ma ko`rsatkich: yoshi katta aholining savodxonlik darajasi va boshlang’ich, o`rta va oliy ma`lumot olayotgan yoshlar salmog’i); Jx3 – jon boshiga to`g’ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e`tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida). Indeksning har bir omili hisoblanayotganda uning minimal va maksimal qiymati belgilangan andozasidan foydalaniladi va u bilan mamlakatdagi amaldagi ko`rsatkich solishtiriladi: Bo`lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida 85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta`lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YAIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSH dollari olinadi. Jon boshiga real YAIM hajmi ko`rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va iste`mol qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko`rish uzunligi ko`rsatkichi millatning sog’lomlik darajasini ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o`sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, meditsina xizmati darajasiga, ekologiyaga va boshqa omillarga bog’liq. Aholining ta`lim olish darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi. O ‘zbekiston Respublikasi aholisi daromadlarini aholining 10-li guruhlari bo‘yicha notekis taqsimlanishi (uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan koeffitsiyent
Download 55.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling