20-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish. Reja


Download 69.29 Kb.
bet10/11
Sana13.05.2023
Hajmi69.29 Kb.
#1455568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
20-Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish. R

10-Mavzu: Idrok.
REJA:

              1. Idrok haqida tushuncha.

              2. Idrok xususiyatlari: predmetliligi, yaxlitligi, konstantligi, anglanganligi, strukturaliligi.

              3. Idrok fenomenlari: gallyutsinatsiya, illyuziya, atraksiya xossalari.



TAYANCH TUSHUNCHALAR

  1. Idrok - narsaning yaxlit obrazidir.

  2. Idrokning konstantligi, o`zgarmasligi.

  3. Illyuziya borliqning noto`g`ri idrok qilinishi.

  4. Gallyutsinatsiya – voqelikdagi yo`q narsalarni idrok qilish.

  5. Appertsentsiya - idrokning psixik hayot mazmuniga mosligi.

Idrok sezgi a ’zolarimizga ta ’sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks etishidir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok qilamiz, narsalarning ayrim xossalarini esa sezamiz. M asalan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning yorug'ini esa sezamiz, og‘zimizdagi chaqm oq qandni idrok qilamiz, uning shirinligini esa sezamiz. A m m o xossa va narsa bir-biridan ajralmasdir, shu sababli narsalarni idrok qilish ham sezgilardan ajralgan holda voqe bo'lishi m um kin emas. Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.
Idrok jarayonida ishtirok etuvchi analizatorlarga ko`ra ko`rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, kinetik va teri tuyush kabi idrok turlari mavjud. Boshqa klassifikatsiyasi asosida materiyaning mavjud bo`lishi yotib – u vaqtni idrok etish, fazoni, xatti – harakatni idrok etish turlariga bo`linadi.
Fazoni idrok qilish - forma, kattalik, ob’ektlarni joylashishi, ularning re’lefi va yo`nalganligini idrok etishda ifodalanadi. Fazoni idrok etish kuchini, teri tuyush va muskul harakat organlari asosida yuzaga keladi.
Vaqt idrok etish – ob’ektiv vaqtni, uning tezligi va ritmini aks etishidir.
Harakatni idrok etish - ob’ektiv fazodagi joylashishi va o`zgarishini aks etishi bo`lib, bunda ko`rinishi va kinetik analizator muhim ahamiyatga ega.
Idrokning sifati bu tezligi, aniqligi va to`laligi. Idrokning sifati tashqi omillarga bog`liq bo`lib, bunga narsa va hodisalarni sifat, turgan joyi, organi faktorlarga – sezgi organlari va nerv sistemasining holati, sub’ektiv faktorlar – bilim, tasavvur, qiziqish va tafakkur rivojlanishi bilan bog`liq.
Idrokning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
a) Predmetliligi
b) Yaxlitliligi
v) Strukturaliligi
g) Konstantligi
d) Mantiqiyligi
e) Tanlanganligi
Predmetlilik – bu ob’ektivlashtirish akti bo`lib, u tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni o`zida mujassamlashtiradi.
Yaxlitlik – predmetlarni u haqidagi ma’lumotlarni jamlagan holda yaxlit idrok etishi.
Strukturalilik (tizimlilik)- bu predmetlarni sezgilar yig`indisi sifatida emas, balki bu sezgilar asosida predmet strukturasini ma’lum bir vaqt oralig`ida shakllanuvchi uning elementlari orasidagi borliqni idrok etishdir.
Konstantlilik - idrok etilgan predmet xususiyatlarini doimiyligidir, o`zgarmsligidir.
Mantiqiylik – anglangan holda idrok etish, ya’ni predmetni aniq guruh, sinfga kiritgan holda umumlashtirish.
Tanlanganlik – ko`p ob’ekt ichida boshqalar bilan solishtirilganda konkret ob’ekt fondan ajratilishidir.
Idrokda appertseptsiya hodisasi yuzaga keladi (Nemis psixologi G.Leybnits tomonidan kiritilgan). Bu idrokni mazmunini olingan bilimlar, malakalar, qarashlarga insonni atrofga bo`lgan munosabatiga bog`liqligida ifodalanadi.
Idrokda alohida hodisalar – illyuziya, gallyutsinatsiya va subsensor idroklar.
Illyuziya - sezgi organlarimizga bevosita ta’sir etib turadigan narsa va hodisalarni noto`g`ri yoki buzib idrok etishdan iborat psixik hodisa. Illuyuziya hodisasi ko`ruv, eshituv, harakat idroki kabi - sohalarga xosdir. Ularni jismoniy, fiziologik va psixologik sabablar keltirib chiqarishi mumkin jismoniy sababga misol: stakandagi choyga solingan qoshiqni siniq deb idrok qilish. Fiziologik sabab: ko`zimizning tagiga yon tomondan barmog`imizni bir oz botirsak ko`rib turgan predmetimiz ikkilanadi. Psixologik sabab kontrast natijasida notugri ko`rinish oq fondagi kulrang doimo qora fondagidan ko`ra to`qroq ko`rinadi.
Gallyutsinatsiya alaxsirash, bosinqirash, valdirash real voqealikdagi narsa va hodisalarning analizatorga bevosita ta’sirisiz ongimizda turli obrazlarning xayoliy ravishda paydo bo`lishidan iborat psixopatologik hodisa.
Subsensor idrok – miyaga his etish organlari orqali etib keladigan signallarni inson tomonidan ongsiz ravishda idrok etilishi va qayta ishlanishidir.
Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunon. «phainomenon» - noyob, g’ayriodatiy holat) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in'ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo’lishi mumkinligi to’g’risida ma'lumot beradi. Ular gallyutsinatsiya (lot. «hallucinatio» - alahlash, bosinqirash, valdirlash, yo’q narsalarning ko’rinishi, eshitilishi, sezilishi)illyuziya (lot. «illusio» - xato, adashish, yanglishish)attraksiya (frants. «attraction» - o’ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish)yaqqol ko’rinish (rus. «yasnovidenie» - yaqqol oldindan ko’rish, yaqqol g’oyibdan xabar olish) tushunchalari orqali nomlanadi.

Download 69.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling