20-mavzu. Maxsus sath o’lchagichlar. Reja


Download 105.39 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi105.39 Kb.
#1506643
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
20-ma\'ruza. Maxsus sath o\'lchgichlar


20-mavzu. Maxsus sath o’lchagichlar.


Reja

  1. Elektr sath o’lchagichlar.

  2. Radioizotopli sath o’lchagichlar.

  3. Ultratovushli sath o’lchagichlar.

  4. Radiotuikinli sath o’lchagichlar.

  5. Termokonduktometrli sath o’lchagichlar.

Tayanch iboralar: Bariy titanat, pezokvarts, manitostriktsion elementlar, radiotulqinli sath o’lchagichlar, qalqovichli, elektrik, radioaktiv va vaznli sath o’lchagichlar.
ELEKTR SATH O'LCHAGICHLAR
Elektrik sath o'lchagichlar orasida eng ko'p ishlatiladigan sig'imli va omik (qarshilikli) asboblardir. Ularda suyuqlik sathining o'zgarishi biror elektr signaliga o'zgartiriladi.
Sig'imli sath o'lchagichlarda sezgir element sifatida kondensatorli o'zgartgichlar qo'llanilib, moddaning sathi o'zgarishi bilan ularning sig'imi o'zgaradi. Sig'imli sath o'lchagichlarda nazorat qilinayotgan muhitning dielektriklik xususiyatlaridan foydalaniladi. Ular odatda silindrik o'zgartgich va ikkilamchi asboblardan iboratdir (1- rasm).
Sathi o'lchanishi kerak bo’lgan suyuqlik quyilgan idish 1 ga izolyatsion material bilan qoplangan elektrod 2 tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik kondensatorni tashkil qilib, uning sig'imi suyuqlik sathi tebranishi bilan o'zgaradi. Sig'imning kattaligi elektron blok 3 orqali o'lchanadi va o'lchash asbobi 4 ga uzatiladi. Sath o'zining ma'lum qiymatiga erishganda o'lchash asbobi signalizatsiya sxemasida releli elementdan yoki sathni o'lchash sxemalarida ko'rsatuvchi asbobni tashkil qiladi.
Elektrik sig'im, odatda, rezonans va ko'prik sxemalarida o'lcha­nadi. Rezonans usulida o'lchanayotgan sig'im induktivlik konturiga parallel ulanadi va rezonans konturini hosil qiladi. Rezonans konturi o'zgartgichning sig'imidagi ta'minlovchi chastota rezonansiga rostlanadi. O'zgartgichning sig'imi o'zgarishi natijasida uning chastotasi o'zgaradi va rezonans buziladi. Bu usuldan ko'pchilik sig'imli sath signalizatorlarida foydalaniladi.
Ko'prik usulida esa nazorat qilinayotgan sig'im ko'prikning bir yelkasiga ulanadi. Sath o'zgarishi bilan sig'im o'zgaradi va ko'prikda balans vujudga keladi. Nobalanslik signali kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan ko'rsatuvchi elektr asbobiga uzatiladi. Ko'prik usuli ko'pchilik sig'imli sath o'lchagichlarda ishlatiladi. Rezervuardagi sathni o'lchash chegaralari 0 - 5 m; elektron blokdan sathni distansion ko'rsatgichgacha bo'lgan eng katta masofa 1000 m bo'lib, ko'rsatish xatoligi 2 % ga teng.



1- rasm. Sig'imli sath o'lchagich sxemasi.





Download 105.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling