20-Mavzu: Muhandislik inshootlari. Reja
Download 284.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4 ym m
20-Mavzu: Muhandislik inshootlari. Reja: 1.Suv o’tkazuvchi quvur va uning elementlari. 2. Suv o’tkazuvchi quvurning chizmada tasvirlanishi. Har bir bino quyidagi asosiy konstruktiv elementlar: poydevor,devor, ustunlar, yopmalar, zinalar, tusiqlar, tom, derazalar, eshiklar va hokazolardan tashkil topgan bo`ladi. Qurilishda tatbiq qilinadigan joylarga qarab, turli standartlashtirilgan temir-beton buyumlardan foydalaniladi Undagi: 1- poydevor blogi, 2,3-yerto’la uchun devoriy bloklar, 4-qavatlararo beton tushama, 5-yumaloq teshikli yopma plita, 6-rigel yoki uzun balka, 7- ustun, 8-zinapoya marshi, 9- chiqib turuvchi mozaykali plita, 10-balkon 17 plitasi. Binoning fasadi. Plan va qirqimga asosan chiziladi. Binoning old kurinshi – bosh fasad, orqa tomonidan ko’rinishi -hovli fasad, chap va o’ng tomondan ko’rinishi –yon fasad deyiladi. Fasadning uzunligi, deraza va elementlarning eni qavatlarning planlaridan olinadi. Deraza, eshik, karniz, sokol, ayvon (balkon) va boshqa elementlarning blandliklari binoning qirqimidan olinadi. Bino (inshoot)ning baland-pastligi shartli 0 (nol) deb qabul qilingan sathning belgisi (otmetkasi)ga nisbatan olinadi. 00 belgi sifatida binoning poli yoki sokoli qabo`l qilinishi mumkin. Shunga nisbatan pastda joylashgan qismi manfiy G`-G`, yuqori qismi musbat G`QG` belgili hisoblanadi. Chizmada musbat belgisi kursatilmasligi mumkin. Bu belgilar chizmada ko’rinishida ifodalanadi. Bosh planlarda o’lchamlari o’yilmaydi. Bino fasadiga ulchamlar faqat uning balandlik belgilarida kursatiladi. Planlarda devorlarning o’qlari orasidagi masofalar, barcha xonalarning ichki o’lchamlari, deraza va eshik o’rnilarining, devorlarning qalinliklari, zinalarning uzunlik va kenglik o’lchamlari quyiladi. qirqimlarda asosiy balandlik o’lchamlari: xonalarning, eshik va deraza o’rinlarining balandligi, poydevor chuqurligi, bino qavatlari oralig`idagi konstruktsiyalarning qalinligi va boshqa balandlik o’lchamlari qo`yiladi. Binoning plani. Bino deraza va eshiklarini kesib o’tuvchi gorizontal tekislik bilan qirqib, ustki ya`ni tom tomoni fikran olib qo`yilganda, N tekislikda hosil bo`ladigan tasvir plan deyiladi. Ko`p qavatli binolarning plani har qaysi qavat uchun qirqib ko’rsatiladi. Plangan qaysi qavatniki ekanligi yozib ko’rsatiladi. Agar ko`p qavatli binolarning barcha qavatlari bir xil xonalardan tashkil topgan bo`lsa, masalan, ikki qavatli binoning ikkinchi qavat plani chiziladi va 2-qavat plani deb yozib qo`yiladi. Ko`proq qavatli bo`lsa, eng yuqori qavat plani tasvirlanishi mumkin, unda o’sha eng yuqori qavat plani yozib ko’rsatiladi. 19.1-rasm Binoning qirqimi. Binoning bir qismini vertikal tekislik bilan fikran qirqib olingandan keyin profil W tekislikda hosil bo`ladigan tasvir, binoning qirqimi deyiladi. Qurilish ishlarida binoning arxitektura yoki konturli qirqimda bajarilgan chizmalardan foydalanilmaydi. Chunki unday chizmalarda binoning konstruktiv elementlari kursatilmaydi. Binoning konstruktiv qirqimida barcha konstruktiv elementlari tasvirlanganligi uchun unday chizmalardan qurilishlarda foydalaniladi. Chunki, konstruktiv qirqimlar asosida ishchi chizmalar bajariladi. Ishchi chizmalarda qirqimlar uchun qarash yunalishi, odatdagidek, plan bo’yicha pastdan yuqoriga va chapdan o’ngga qarab olinadi. Kesuvchi tekislikni, iloji boricha, binoning barcha elementlarini kesib o’tadigan qilib olishga harakat qilinadi. Binoning konstruktiv elementlarining holatini balandliklari bo’yicha ularning balandlik belgilari yordamida aniqlanadi. Poydevor. Bino yuklanishini uning asosi tuproqqa o’tkazish uchun xizmat qiladi. Poydevor ostidagi yer bino asosi deyiladi. Poydevor asosining chuqurligi tuproqning turiga, erning yumshoq yoki qattiqligiga, yer osti suvlarining joylashishiga hamda binoning nechta qavatliligiga, turiga, ertulaning bulish-bulmasligiga bog`liq. Devorlar. Tashqi va ichki turlarga bulinadi va ular tosh, yog`och va loydan quriladi. O`zining konstruktsiyasiga kura toshdan quriladigan devorlar pishiq g`isht, g`ovak engil beton g`isht, g`ovak keramik g`isht va yirik ulchamli beton panellardan quriladi.Devorlar balandligi buyicha asosan uch qismga bulinadi: sokol (poypesh), devor tekisligi va karnizlar Tsokol. Bino devorining pastki qalinroq qismi bulib, poydevorning davomi hisoblanadi. U devorni har xil mexanik ta`sirlar va namlikdan saqlaydi. 19.2-rasm Po'lat quvurlarni bir-biriga ulashda turli fitinglar (tirsaklar, troyniklar, krestlar va muftalar) ishlatiladi. Bunday fitinglar bolg'alangan cho'yandan tayyorlanadi va ularning teshiklariga silindrik quvurli rezba o'yilgan bo'ladi. Quvurli birikmalarni hosil qilish tachun quvurlarning uchlariga o'yilgan quvurli rezbalarga ularni biriktiruvchi fiting burab kiritiladi. Biriktirilayotgan fiting to'g'ri mufta bo'lsa, to'g'ri muftali birikma (19.1-rasm a) o'tish muftasi olinsa, o'tish muftali birikma (19.1-rasm,b) troynik qo'yilsa troynikli birikma (19.1-rasm,c) tirsak tatbiq qilinsa, tirsakli birikma (19.1-rasm,d) deyiladi. Quvurli birikmani chizishda oldin quvur, mufta va boshqalarning chizilishi bilan tanishib chiqiladi. Quvur birikmalaridagi turli fitinglar va quvurlar standart o'lchamlarda chiziladi. Download 284.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling