20-Mavzu: Muhandislik inshootlari. Reja


Download 284.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi284.96 Kb.
#1608128
  1   2
Bog'liq
4 ym m



20-Mavzu: Muhandislik inshootlari. 
Reja: 
1.Suv o’tkazuvchi quvur va uning elementlari. 
2. Suv o’tkazuvchi quvurning chizmada tasvirlanishi. 
Har bir bino quyidagi asosiy konstruktiv elementlar: poydevor,devor, ustunlar, yopmalar, zinalar, 
tusiqlar, tom, derazalar, eshiklar va hokazolardan tashkil topgan bo`ladi. Qurilishda tatbiq qilinadigan
joylarga qarab, turli standartlashtirilgan temir-beton buyumlardan foydalaniladi Undagi: 1- poydevor 
blogi, 2,3-yerto’la uchun devoriy bloklar, 4-qavatlararo beton 
tushama, 5-yumaloq teshikli yopma plita, 6-rigel yoki uzun balka, 7- ustun, 8-zinapoya marshi, 9-
chiqib turuvchi mozaykali plita, 10-balkon 17 plitasi. Binoning fasadi. Plan va qirqimga asosan 
chiziladi. Binoning old kurinshi – bosh fasad, orqa tomonidan ko’rinishi -hovli fasad, chap va o’ng 
tomondan ko’rinishi –yon fasad deyiladi. Fasadning uzunligi, deraza va elementlarning eni 
qavatlarning planlaridan olinadi. Deraza, eshik, karniz, sokol, ayvon (balkon) va boshqa 
elementlarning blandliklari binoning qirqimidan olinadi. Bino (inshoot)ning baland-pastligi shartli 0 
(nol) deb qabul qilingan sathning belgisi (otmetkasi)ga nisbatan olinadi. 00 belgi sifatida binoning poli 
yoki sokoli qabo`l qilinishi mumkin. Shunga nisbatan pastda joylashgan qismi manfiy G`-G`, yuqori 
qismi musbat G`QG` belgili hisoblanadi. Chizmada musbat belgisi kursatilmasligi mumkin. Bu 
belgilar chizmada ko’rinishida ifodalanadi. Bosh planlarda o’lchamlari o’yilmaydi. Bino fasadiga 
ulchamlar faqat uning balandlik belgilarida kursatiladi. Planlarda devorlarning o’qlari orasidagi 
masofalar, barcha xonalarning ichki o’lchamlari, deraza va eshik o’rnilarining, devorlarning 
qalinliklari, zinalarning uzunlik va kenglik o’lchamlari quyiladi. qirqimlarda asosiy balandlik 
o’lchamlari: xonalarning, eshik va deraza o’rinlarining balandligi, poydevor chuqurligi, bino qavatlari 
oralig`idagi konstruktsiyalarning qalinligi va boshqa balandlik o’lchamlari qo`yiladi. Binoning plani. 
Bino deraza va eshiklarini kesib o’tuvchi gorizontal tekislik bilan qirqib, ustki ya`ni tom tomoni fikran 
olib qo`yilganda, N tekislikda hosil bo`ladigan tasvir plan deyiladi. Ko`p qavatli binolarning plani har 
qaysi qavat uchun qirqib ko’rsatiladi. Plangan qaysi qavatniki ekanligi yozib ko’rsatiladi. Agar ko`p 
qavatli binolarning barcha qavatlari bir xil xonalardan tashkil topgan bo`lsa, masalan, ikki qavatli 
binoning ikkinchi qavat plani chiziladi va 2-qavat plani deb yozib qo`yiladi. Ko`proq qavatli bo`lsa, 
eng yuqori qavat plani tasvirlanishi mumkin, unda o’sha eng yuqori qavat plani yozib ko’rsatiladi. 
19.1-rasm 
Binoning qirqimi. Binoning bir qismini vertikal tekislik bilan fikran qirqib olingandan keyin 
profil W tekislikda hosil bo`ladigan tasvir, binoning qirqimi deyiladi. Qurilish ishlarida binoning 
arxitektura yoki konturli qirqimda bajarilgan chizmalardan foydalanilmaydi. Chunki unday
chizmalarda binoning konstruktiv elementlari kursatilmaydi. Binoning konstruktiv qirqimida barcha 


konstruktiv elementlari tasvirlanganligi uchun unday chizmalardan qurilishlarda foydalaniladi. Chunki, 
konstruktiv qirqimlar asosida ishchi chizmalar bajariladi. Ishchi chizmalarda qirqimlar uchun qarash 
yunalishi, odatdagidek, plan bo’yicha pastdan yuqoriga va chapdan o’ngga qarab olinadi. Kesuvchi 
tekislikni, iloji boricha, binoning barcha elementlarini 
kesib o’tadigan qilib olishga harakat qilinadi. Binoning konstruktiv elementlarining holatini
balandliklari bo’yicha ularning balandlik belgilari yordamida aniqlanadi. Poydevor. Bino yuklanishini 
uning asosi tuproqqa o’tkazish uchun xizmat qiladi. Poydevor ostidagi yer bino asosi deyiladi. 
Poydevor asosining chuqurligi tuproqning turiga, erning yumshoq yoki qattiqligiga, yer osti 
suvlarining joylashishiga hamda binoning nechta qavatliligiga, turiga, ertulaning bulish-bulmasligiga 
bog`liq. Devorlar. Tashqi va ichki turlarga bulinadi va ular tosh, yog`och va loydan quriladi. O`zining 
konstruktsiyasiga kura toshdan quriladigan devorlar pishiq g`isht, g`ovak engil beton g`isht, g`ovak 
keramik g`isht va yirik ulchamli beton panellardan quriladi.Devorlar balandligi buyicha asosan uch 
qismga bulinadi: sokol (poypesh), devor tekisligi va karnizlar Tsokol. Bino devorining pastki qalinroq 
qismi bulib, poydevorning davomi hisoblanadi. U devorni har xil mexanik ta`sirlar va namlikdan 
saqlaydi. 
19.2-rasm
Po'lat quvurlarni bir-biriga ulashda turli fitinglar (tirsaklar, troyniklar, krestlar va muftalar) 
ishlatiladi. Bunday fitinglar bolg'alangan cho'yandan tayyorlanadi va ularning teshiklariga silindrik 
quvurli rezba o'yilgan bo'ladi. Quvurli birikmalarni hosil qilish tachun quvurlarning uchlariga o'yilgan 
quvurli rezbalarga ularni biriktiruvchi fiting burab kiritiladi. Biriktirilayotgan fiting to'g'ri mufta bo'lsa, 
to'g'ri muftali birikma (19.1-rasm a) o'tish muftasi olinsa, o'tish muftali birikma (19.1-rasm,b) troynik 
qo'yilsa troynikli birikma (19.1-rasm,c) tirsak tatbiq qilinsa, tirsakli birikma (19.1-rasm,d) deyiladi. 
Quvurli birikmani chizishda oldin quvur, mufta va boshqalarning chizilishi bilan tanishib chiqiladi. 
Quvur birikmalaridagi turli fitinglar va quvurlar standart o'lchamlarda chiziladi. 



Download 284.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling