20-Mavzu: Oila, mahalla va ta’lim muassasasi ijtimoiy-pedagogik xamkorligi


Download 40.6 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi40.6 Kb.
#1026764
1   2   3
Bog'liq
oila, mahalla va maktab hamkorligi

Muammoli model ham qisqa muddatli ish shakliga tegishli bo’lib, uning muddati to’rtoydan oshmaydi. Muammoli model oiladagi amaliy vazifalarni yechishga qaratiladi, ya’ni model markazida shunday talab turadiki, yordam ko’rsatuvchi mutaxassis shaxslar o’z harakatlarini oiladagi muammolarini yechishga yo’naltirishlari kerak. Bu model muayyan holatlarda aksar muammolarni odamlarni o’zlari xal qilishlariga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi aynan shunday holatlarni yaratishdir, muammoli modelning yetakchi metodi yordam ko’rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o’rtasida shartnoma tuzilishidir. Shartnoma tuzilayotganda oilaning vazifasi oldinda turgan faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa bu maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo’lgan muddatni belgilash.Shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o’rtasidagi shartnoma biznes yoki nikoh shartnomasiga o’xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas, balki axloqiy majburiyatlarga ega bo’lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi. Shartnoma bo’yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda, qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta’minlaydi. O’smirlar va o’spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.
Asosan xorij amaliyotida qo’llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari psixoijtimoiy yondoshuvga asoslanishadi va to’rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi. Psixoijtimoiy yondashuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o’zgartirish, oilaga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o’zgartirishdan iborat. Aynan ijtimoiy pedagogik yordam sharoitida patronajning qo’llanilishi maqsadga muvofiq. Patronaj- ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo’lib, unda ijtimoiy pedagog tashhiz, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon beradi. Patronajning o’tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik va boshqalar. SHuning uchun oilani avvaldan tashrif to’g’risida xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo’ladi. Doimiy patronajlar avvalambor g’ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo’llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga chaqiradi. Shu bilan birga vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi. Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib borishning muhim shakllaridan biri–bu konsultativ suhbat o’tkazishdir. Konsultatsiya asosan hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan sog’ odamlarga mo’ljallangan. Yakka tarzdagi konsultatsion suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari-treninglar ham o’tkazilishi mumkin. Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish olib borishni faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi. Shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o’tkazilayotgan trening dasturlarining maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo’libgina qolmay, ijtimoiy pedagogika, ta’lim tizimida ham o’z o’rniga ega bo’ldi. Trening bir qancha indevidual va jamoaviy ish olib borish usullarining uyg’unlashuvi bo’lib, ota-onalarning psixologik, pedagogik savodxonligini oshirish muammosini xal qilishning eng istiqbolli usullaridan biriga aylandi. Bu muammo so’ngi o’n yilliklar davomida o’z global ahamiyatini yo’qotmayapti. Ayniqsa ruhiy va jismoniy nuqsonli farzandli oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir. Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashishi, savollar berishi va guruhda qo’llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari axborot almashinuvida yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. Yuqoridagi ususllar-konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib ham qisqa muddatli ham uzoq muddatli shakllarda qo’llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan taqdirdagina samarali bo’lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti), etnografiya, tarix va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi. Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, sog’liqni saqlash va boshqalarning markaziy ob’ektlaridan biriga aylanmoqda. Chunki har bir jamiyatning kelajagi o’sha jamiyatdagi oilalardagi muammolarni xal qilishga bog’liq.
Savollar:
Oilaning bugungi kundagi muammolari haqida fikr yuriting.
Demokratik jamiyatda oila funksiyalari nimalardan iborat?
Oila maqomi tushunchasi va uning darajalari?
Ijtimoiy pedagogning g’ayri ijtimoiy oiladagi faoliyati?
Oilaga pedagogik yordam ko’rsatishning asosiy shakllari qaysilar?
Download 40.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling