20-Mavzu: Oila, mahalla va ta’lim muassasasi ijtimoiy-pedagogik xamkorligi
Download 40.6 Kb.
|
oila, mahalla va maktab hamkorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ғoyaga қarshi ғoya, fikrga қarshi fikr, jaҳolatga қarshi mahrifat”
20-Mavzu: Oila, mahalla va ta’lim muassasasi ijtimoiy-pedagogik xamkorligi. REJA: 1. Oila, mahalla va ta’lim muassasasi ijtimoiy-pedagogik xamkorligi. 2. Oila, mahalla va ta’lim muassasasi ijtimoiy-pedagogik xamkorligining asosiy maqsad va vazifaiari. 3. O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari oilaning ijtimoiy vazifalari. 4.Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari. Tayanch tushunchalar: Oila, mahalla, ta’lim muassasasi, xamkorlik,oila turlari, оilaning ijtimoiy vazifalari, shakl, metod va vositalari, shaxs, reproduktiv vazifasi, Iqtisodiy vazifasi, Ijtimoiylashuv vazifasi, Xo’jalik-maishiy vazifasi. Oila-maҳalla-tahlim muassasalari ҳamkorligini kuchaytirishdan kўzlangan asosiy maқsad va vazifalar Hamkorlikdan kо‘zlangan asosiy maqsad – har tomonlama rivojlangan avlodni tarbiyalashda oilalar, ota-onalar va fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlarining tahlim muassasalari bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatini tizimli yо‘lga qо‘yish, farzand tarbiyasida davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik faolligini oshirishdir. О‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar о‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi tо‘g‘risidagi” qonunida voyaga yetmaganlar ўrtasida nazoratsizlik va ҳuқuқbuzarliklarning profilaktikasi soҳasidagi munosabatlarni tartibga solish maқsad қilib қўyilgan bўlib, uni amalga oshirishda jamoatchilik tashkilotlari, tahlim muassasalari, ҳuқuқiy-tarғibot organlari ҳamda ota-onalarning vazifalari, ularni ҳamkorlikda amalga oshirish tizimi yaratilgan. “Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki қonuniy vakillari bolaning қonuniy ҳuқuқlari va manfaatlarini ҳimoya қilishlari shart ҳamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy ўrta, ўrta maxsus, kasb-ҳunar tahlimi olishlari uchun javobgardirlar” deb belgilab қўyilgan. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 3.2 bandida tahlim oluvchilarga shart-sharoit yaratishda jamoatchilik boshқaruvini rivojlantirishga, 4.4 bandida esa jamiyat taraққiyotiga munosib ҳissa қўshishga қodir shaxsni shakllantirish maқsadida tahlim muassasalari, ota-onalar, oila, maҳalla қўmitalari, Mahnaviyat tarғibot markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy ҳarakati, kўplab jamoat tashkilotlari, fondlar bilan ўzaro puxta ҳamkorlik қilishga aloҳida ehtibor berilgan. Ushbu mehyoriy ҳujjatlar talabidan kelib chiқadigan bўlsak, masalaning moҳiyati avvalo ўқuvchi yoshlar ўrtasida sodir etilishi mumkin bўlgan tartibbuzarliklarning oldini olishda manfaatdor vazirliklar, idoralar va maҳalliy ҳokimiyat vakillari bilan ҳamkorlikda tashkiliy-pedagogik ishlarni tashkil etish bilan boғliқ. Ushbu soҳada keng miқyosli faoliyat olib boruvchi barcha bўғinlarga amaliy va uslubiy yordam kўrsatish aҳamiyatlidir. Ikkinchidan, mamlakatimiz fuқarolari orasida ғoyaviy-mafkuraviy ishlarni takomillashtirish, shuningdek loқaydlik, beparvolik, milliy қadriyatlarimizga bepisandlik kabi tuban ijtimoiy illatlar jamiyat va davlat uchun ғoyat zararli ekanligini yoritib berishda Prezident islom Karimovning “Ғoyaga қarshi ғoya, fikrga қarshi fikr, jaҳolatga қarshi mahrifat” tamoyilini yoshlar ongiga singdirish, Vatanini chin dildan sevadigan, millat ravnaқini ўylaydigan avlod қilib shakllantirishda oila-maҳalla-tahlim muassasalari” ҳamkorligining ўrni muҳimdir. Ҳamkorlikda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar: - tahlim-tarbiya jarayoniga oid normativ-ҳuқuқiy ҳujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga kiritish; - oila-maҳalla-tahlim muassasalari ҳamkorligini yanada rivojlantirishga қaratilgan uslubiy va amaliy kўmak berish; - ўқuvchi va yoshlar, ularning ota-onalari ўrtasida tegishli mutaxassislar (psixolog, ijtimoiy xizmat mutaxassislari va b.)ni jalb қilgan ҳolda tegishli mavzularda sўrovlar ўtkazish va natijasi asosida tavsiyalar ishlab chiқish, psixologik maslaҳatlar va treninglar tashkil etish; - yosh avlodni vatanparvar, millatparvar va baғrikenglik ruҳida tarbiyalash, kelajakka ishonch va intilish, meҳnatsevarlik, bunyodkorlik, mahrifatparvarlik kabi fazilatlarni singdirish, ularda ҳushyorlik va ogoҳlik tuyғularini ҳamda faol grajdanlik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni mustaҳkamlash; ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi ўrni, konstitutsion majburiyati va mashuliyatini oshirish, farzandlar bilan ўzaro munosabatlarini mustaҳkamlashga kўmaklashish, tarғibot ishlarini kuchaytirish; - darslarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda қatnashmayotgan ўқuvchilarni aniқlash va maktabga қaytarish choralarini kўrish; - tahlim muassasalaridagi tahlim-tarbiya sifatini ўrganish, ўқuvchi va yoshlarlarni bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish va ularni yanada takomillashtirish ҳamda kasb-ҳunar egallashida ҳar tomonlama kўmak berish; - ўқuvchi-yoshlarning zararli odatlar yўliga kirishiga sabab bўlayotgan omillarga қarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish; - қonunchilik talablaridan kelib chiқib tahlim muassasalariga yaқin ҳududlarda alkogolli va tamaki maҳsulotlari sotilishiga yўl қўymaslik bўyicha jamoatchilik nazoratini ўrnatish; - ўқuvchi yoshlarda kelgusi oilaviy ҳayot, maҳalla va jamiyatdagi ўzaro munosabatlarning asosiy kўnikmalarini shakllantirish; - “Ota-onalar universiteti” faoliyatini kuchaytirish; - tahlim tizimidagi isloҳotlar ҳaқida ota-onalar va keng jamoatchilikning doimiy mahlumotga ega bўlishlarini tahminlash. Yuқorida қayd etilgan maқsad va vazifalardan kelib chiқib, barkamol avlodni mahnaviy-axloқiy tarbiyalash ishini mustaҳkam tamoyillarga tayangan ҳolda amalga oshirish talab etiladi. Birinchidan, samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ўқuvchi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni shakllantirish va mustaҳkamlashda keng jamoatchilik kuchi va tajribasiga tayanish zarur. Bunday jamoatchilik aynan maҳallada tўplangan bўlib, yosh avlodga қadriyatlarimiz va anhanalarimizni anglatish, xalқimizning kўp asrlar davomida shakllangan ezgu fazilatlarni kattalar, ҳayot tajribasiga ega insonlar, mashҳur kishilar faoliyati misolida ўrgatish. Download 40.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling