20-mavzu: pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat reja


SDR savati (09.01.2006 gacha)


Download 88.96 Kb.
bet4/13
Sana10.02.2023
Hajmi88.96 Kb.
#1185997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
SDR savati (09.01.2006 gacha)

Valyuta

Valyutaning SDR qiymatidagi miqdori

Almashuv kursi (SDR ga nisbatan)

Pul bozoridagi foiz stavkasi

Valyutaning SDR qiymatidagi ulushi (%)

Yevro

0.4260

0.847503

2.1494

29

Yen

21

0.00630618

0.0020

15

Funt sterling

0.0984

1.20193

3.849086

11

Dollar

0.5770

0.673049

0.93

45



SDR savati (09.01.2011 gacha)



Valyuta

Valyutaning SDR qiymatidagi miqdori

Almashuv kursi (SDR ga nisbatan)

Pul bozoridagi foiz stavkasi

Valyutaning SDR qiymatidagi ulushi (%)

Yevro

0.41

0.837035

13181

34

Yen

18.40

0.0059618

0.0020

11

Funt sterling

0.0903

1.21523

14336

11

Dollar

0.6320

0.692165

44652

44

SDR savati (10.01.2011 dan)



Valyuta

Valyutaning SDR qiymatidagi miqdori

Almashuv kursi (SDR ga nisbatan)

Pul bozoridagi foiz stavkasi

Valyutaning SDR qiymatidagi ulushi (%)

Yevro

0.4230

0.862873

0.6540

37.4

Yen

12.1

0.00781142

0.11

9.4

Funt sterling

0.1110

1.02441

0.50

11.3

Dollar

0.66

0.646395

0.15

41.9

2016 yil oktyabrdan boshlab SDR savati

muddat

USD

EUR

CNY

JPY

GBP

2016–2020

(41.73%)

(30.93%)

(10.92%)

(8.33%)

(8.09%)

SDRning valyuta savati 5 valyutadan tarkib topgan (1981 yilning 1-yanvarigacha 16ta valyuta bo'lgan). Savatdagi har bir valyutaning solishtirma og’irligi mamlakatning xalqaro savdodagi ulushiga qarab aniqlanadi. Ammo AQSh dollari uchun uning Xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi hisobga olinadi. 1996-2000 yillar davrida AQSh dollarining savatdagi ulushi 39%ni (1981 yilgacha 33%ni) tashkil etgan, qolgan 4 valyuta esa, Germaniya markasi - 21%, Yaponiya yenasi - 18%, Fransiya franki va Buyuk Britaniya funt sterlingi har biri 11%dan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) 2015-yil 30-noyabr kuni rasmiy Pekinning talabnomasini qondirib, 10 oydan so‘ng yuanni o‘zining valyuta savatchasiga qo‘shishi haqida qaror qabul qilgan edi.Yuan salkam 11 foiz ulush bilan savatchada darhol uchinchi o‘rinni egalladi.


Dollar 40 foiz darajasida qoldi, yevroning ulushi esa 37 dan 31 foizgacha kamaydi.Xitoy Xalq Respublikasining tashqi savdo bo’yicha yetakchiligini xisobga olgan holda 2016 yil oktyabrdan xitoy yuani SDR savatiga kiritildi.
SDR kursini AQSh dollariga yoki savat tarkibiga kirgan boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblanishi 3 asosiy elementni o'z ichiga oladi:
1) taalluqli valyuta birliklaridagi valyuta komponentlari. Ular quyidagicha aniqlanadi: (valyutaning savatdagi solishtirma og’irligi) h (uning AQSh dollariga nisbatan so'nggi 3 oy ichidagi o'rtacha bozor kursi) bundan oldingi SDR kursiga muvofiqlashtirilgan holda;
2) valyutalarning AQSh dollariga nisbatan bozor kurslari;
3) valyuta komponentlarining dollarli ekvivalenti. U quyidagicha hisoblanadi: (valyuta komponenti)/(valyuta kursi) funt sterlingdan tashqari, (funtning valyuta komponenti)*(dollarga nisbatan valyuta kursiga), (jadval 2).
Yangi valyuta tizimida eski valyuta tizimining ayrim jihatlari meros sifatida saqlanib qolinganligi yuqoridagi tamoyillardan ko'rinib turibdi. Ushbu qonuniyat Yamayka va Bretton-Vuds valyuta tizimlarining o'zaro solishtirilishida yaqqol o'z aksini topadi. SDR standarti ortida "dollar standarti" yashiringan. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish jarayonlari kuchaygani bilan AQSh dollari hamon xalqaro to'lov va zahira vositasi sifatida qolmoqda, oltin yuridik jihatdan to'la demonetizatsiya qilindi. Ammo demonetizatsiya qilingan bo'lsada, u o'zgargan shaklda hamon o'zida valyuta tovari rolini saqlab qolmoqda. Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishini amalga oshiruvchi XVF Bretton-Vuds valyuta tizimidan meros sifatida qoldi. Ta'sischilarning o'ylashicha, Yamayka valyuta tizimi o'zidan avvalgi valyuta tizimiga nisbatan to'lov balanslari va valyuta kurslarining muvozanatsizlik sharoitiga moslashuvchanroq bo'lmoqi lozim edi. Biroq Yamayka valyuta tizimi muntazam tarzda inqiroziy holatlarga duch klmoqda. Shu sababli asosiy valyuta muammolarini hal etish maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish yo'llari qidirilmoqda.
SDRning 1970 yildan boshlab to hozirgi kungacha bo'lgan muomalasiga nazar tashlansa, ushbu valyuta (pul) birligi jahon puli bo'lishidan hali yiroqligi bevosita ko'zga tashlanadi. Bundan tashqari mazkur davr mobaynida quyidagi bir qator muammolar paydo bo'ldi: 1)emissiya va taqsimot; 2)ta'minot; 3)kursni aniqlash uslubi; 4)SDRdan foydalanish jarayonlari.
SDRning muhim muammosi bo'lib uning ta'minoti hisoblanadi. Chunki SDR oltindan farqli ularoq o'z qiymatiga ega emas. Dastlab, boshida (1970 yildan) bir birlik SDR 0,888671 gramm oltinga teng edi. Bu esa o'sha davrdagi AQSh dollarining oltin sig’imiga teng bo'lgan. Shunga ko'ra dastlab SDRlarni "qog’oz oltin"lar deb atashgan. Shu sababli SDR shartli qiymatining o'zgarishi oltin qiymatining o'zgarishiga bog’liq bo'lgan. 1974 yilning 1 iyulidan boshlab valyutalarning erkin suzadigan kurslariga o'tilishi munosabati bilan SDRning oltin sig’imi bekor qilindi. Chunki oltin haqiqiy bo'lmagan, past, rasmiy bahoda baholanganligi sababli SDRni oltinga bog’lab qo'yilishi ulardan banklararo hisob-kitoblarda foydalanishni qiyinlashtirar edi. 1974 yilning 1 iyulidan boshlab SDR kursi valyuta savati asosida, dastlab ulushi jahon savdosida 1 foizdan kam qissani tashkil etgan mamlakatlarning 16 valyutasini o'rtacha tortilgan kursi asosida aniqlanadigan bo'ldi. 1978 yilning 1 iyulidan boshlab valyuta savatining tarkibi neft qazib chiqaruvchi davlatlar (OPEK) valyutalarining kuchayishini hisobga olgan holda muvofiqlashtirildi. 1981 yilning yanvaridan boshlab ushbu valyuta savatining tarkibi SDR shartli qiymati hisob-kitob formulasini soddalashtirish maqsadida 5 valyutagacha qisqartirildi. Ularning tarkibida AQSh dollari, Germaniya markasi, Yaponiya ienasi, Fransiya franki, Buyuk Britaniya funt sterlingi mavjud. 1999 yildan boshlab Germaniya markasi va Fransiya franki Yevro bilan almashtirildi. Ushbu valyutalar XVFga a'zo mamlakatlarning tovar hamda xizmatlar eksportida eng katta hajm va rasmiy zahiralarida sezilarli ulushga ega mamlakatlar valyutalaridir. SDR savatidagi valyutalar tarkibi va ularning ulushi qar 5 yilda o'zgarib turadi. XVF kunlik asosda SDR kursini AQSh dollarida uning kursi o'zgarishini hisobga olgan holda hisoblaydi.
Valyuta savati SDRga milliy valyutalardan farqli o'laroq barqarorlikka erishish imkonini berdi. Ammo shu bilan birgalikda uning oldiga qo'yilgan maqsadga erishish imkoni bo'lmadi, ya'ni SDR qiymat etaloni asosiy Xalqaro zahira va to'lov vositasi bo'la olmadi. SDRlardan foydalanish amaliyoti ularning XVFning 1978 yilda o'zgartirilgan Ustavida qayd etilgan maqsadga mos emas.
1998 yilning may oyida SDRga 4 valyuta biriktirilgan, holbuki 1980 yilda ularning soni 15ta edi. SDR asosan XVFning operatsiyalarida milliy valyutalar qayta hisob-kitob koeffitsienti, valyutalarni solishtirish masshtabi sifatida ishlatiladi. Kvotalar, kreditlar, daromadlar va xarajatlar ushbu valyuta hisob-kitob birligida ifodalangan.
Xalqaro to'lov vositasi sifatida SDR davlatlararo operatsiyalarning cheklangan doirasida ishlatiladi. SDRning asosiy maqsadiga erishilmadi: ular to'lov balansi kamomadini qoplash maqsadida erkin ayirboshlanadigan valyuta sotib olishga ko'proq yo'naltirilmay (umumiy muomala hajmining 26% yaqini), balki mamlakatlarning XVF kreditlari bo'yicha qarzdorliklarini qoplashga yo'naltirildi. SDRlarning yirik hajmdagi summalari fondga (olingan xorijiy valyutaga haq to'lash va milliy valyutani qaytib sotib olish orqali) qaytmoqda va fond hisobvaraqlarida asosan rivojlangan davlatlar foydasiga aktiv to'lov balansi bilan tez sur'atlarda yig’ilib bormoqda. SDRlardagi jamg’arma rasman manfaatlidir, chunki ular milliy valyutalarga nisbatan barqarorroq va xalqaro kafolatlarga egadir. Bundan tashqari XVF mamlakatlarga ajratilgan me'yorlardan ortiq hajmdagi jamg’armalarni SDRlarda saqlanganligi (foydalanganligi) uchun foiz stavkalar to'laydi. SDRlarda jamg’armalar saqlashning jozibadorligini oshirish maqsadida hisobvaraqlar bo'yicha foiz stavkalari 1970 yildagi 1%dan 1974 yildan boshlab besh mamlakatning o'rtacha tortilgan bozor stavkalarigacha ko'tarilgan edi.
AQSh dollarini uzoq vaqt davomida SDR valyuta savatida ulushining yuqori saqlanishining sabalari:
Birinchidan, dollarning zahira valyutasi sifatidagi imtiyozli holatidan foydalangan holda AQSh o'z to'lov balansi kamomadini milliy valyuta bilan, ya'ni o'z tashqi qisqa muddatli qarzdorliklar hajmini o'stirgan holda qoplaydi.
Ikkinchidan, AQSh jahondagi eng yirik oltin zahirasiga (33,5 ming tonnadan 8,138 ming tonna) ega bo'lsada, u Yevrodollarlar yordamida muddatsiz kredit uchun haq to'lamaydigan qarzdorga aylandi. Jahon muomalasiga dollarni Yevrovalyuta shaklida singdirilishi dollarning xalqaro mavqeini ko'tarish uchun ishlatildi.
Uchinchidan, AQSh dollar kursi va foiz stavkalaridan o'z iqtisodiyotini G’arbiy Yevropa va Yaponiya hisobiga qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalangan.



Download 88.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling