20-mavzu. Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat reja
Download 0.54 Mb.
|
20-mavzu. Pulning xalqaro munosabatlardagi xarakat reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta tizimi
Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o'rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir. Valyuta tizimi - bu, davlatlararo shartnomalar va kelishuvlar bilan belgilanadigan, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shaklidir. Valyuta tizimi - bu, xo‘jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub‘ektlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Valyuta qonunchiligi - bu, mamlakat ichkarisida valyuta qimmatliklari bilan bir mamlakat tashkilotlari va fuqarolari hamda boshqa mamlakat tashkilotlari va fuqarolari o'rtasidagi shartnomalarni hamda mamlakat ichkarisidan xorijga va xorijdan mamlakat ichkarisiga milliy hamda xorijiy valyutalar va boshqa valyuta qimmatliklarini olib kirish, olib chiqish, o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilishini tartibga soluvchi qonuniy me'yorlar yig‘indisidir. Xalqaro valyuta likvidligi - bu, mamlakatning (yoki bir guruh mamlakatlarning) vaqtida o'z Xalqaro majburiyatlarini kreditor uchun muqobil bo'lgan to'lov vositalarida so'ndirilishini ta'minlashdan iborat. Jahon xo‘jaligi nuqtai nazaridan Xalqaro valyuta likvidligi jahon to'lov muomalasini moliyalashtirish va kreditlash manbalarining yig‘indisini bildiradi hamda u jahon iqtisodiyotining Xalqaro zahira aktivlari bilan ta'minlanganligiga bog‘liqdir. Xalqaro valyuta likvidligi 4 asosiy qism (komponent)dan iborat: -mamlakatning rasmiy oltin zahiralari; -mamlakatning rasmiy valyuta zahiralari; -Xalqaro hisob-kitob pul birliklaridagi hisobvaraqlar; -Xalqaro Valyuta Fondidagi zahira pozitsiyasi (a'zo mamlakatning o'z kvotasining 25 foizi chegarasida, xorijiy valyutada, so'zsiz kredit olish huquqi). Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling