Savdo balansi tovarlar eksporti va importi ko’rsatkichlaridan tashkil etadi.
Xizmatlar balansi o’zichiga transportli tashuvlar, sug’urta, elektron, telekosmik, telegraf, telefon, pochta va boshqa aloqa turlari bo’yicha, xalqaro turizm, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish malakasining almashinuvi, ekspert xizmatlari, diplomatik, savdo va boshqa vakolatxonalarni xorijda saqlash xarajatlari, ma‘lumotlar uzatish, madaniy va ilmiy almashinuvlar, turli komission yig’imlar, reklama, yarmarkalar hamda boshqalar bo’yicha to’lov va tushumlarni oladi.
XVF uslubiga ko’ra, bir tomonlama o’tkazmalarni alohida bir element qilib ko’rsatish qabul qilingan. Bularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
davlat operatsiyalari-boshqa davlatlarga beriladigan iqtisodiy yordam ko’rinishidagi subsidiyalar, davlatnafaqalari, xalqaro tashkilotlarga beriladigan badallar
xususiy operatsiyalar-ishchi, mutaxassis, qarindoshlarning o’z vataniga qiladigan pulli ko’chirmalari.
Investitsiyadan olinadigan daromadlar xarakati, harbiy tusdagi bitimlar va bir tomonlama o’tkazmalarni «ko’rinmas» operatsiyalar deb atashadi, chunki ularning moddiy boyliklar xarakatiga hech qanday ta‘siri yo’q.
Joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi tarkibiga savdo balansi va «ko’rinmas» operatsiyalar kiradi.
To’lov balansi tuzishning ayrim uslublari davlatning bir tomonlama o’tkazmalarini alohida modda bo’yicha ifoda etishni va uning qoldig’ini joriy operatsiyalar bo’yicha qoldiqqa qo’shmaydi.
Kapital va kreditlar xarakati balansida xususiy va davlat kapitallarining olib kelinishi yoki olib ketilishi, olingan yoki berilgan xalqaro kreditlarning o’zaro nisbatlari ifoda etiladi.
O’z iqtisodiy mazmuniga ko’ra, bu operatsiyalar 2 kategoriyaga bo’linadi: tadbirkorlik va ssuda kapitalining xalqaro xarakati.
Xalqaro valyuta fondining ko‘rsatmasiga asosan ko‘pgina davlatlar to‘lov balansini ikki asosiy yo’nalish bo‘yicha: joriy operatsiyalar balansi va capital bilan moliyaviy operatsiyalar (kapital xarakati) balansini tuzadilar. Bu balanslar aktiv yoki passiv soldo bilan yakunlanishi mumkin.
Joriy operatsiyalar balansi–tovarlar, xizmatlar, joriy transfertlar va daromadlar bo‘yicha tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha valyuta tushumi va xarajati o‘rtasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Bu balansning ijobiy (aktiv) qoldig‘i mamlakatning boshqa mamlakat uchun kreditlar ekanligini, passiv yoki salbiy qoldiq mamlakatlarning boshqa mamlakatlardan qarzdor ekanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |