20-Mavzu. Valyutadagi hisob-kitoblar. Shartli birliklardagi hisob-kitoblar Reja


Bankdagi valyuta scheti muomalalarining xisobi


Download 22.44 Kb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi22.44 Kb.
#1352151
1   2   3
Bog'liq
Mavzu20

3. Bankdagi valyuta scheti muomalalarining xisobi.
Bankdagi valyuta scheti korxonaning respublika xududidagi va xorijdagi banklarda valyuta schetlarida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari mavjudligi va ҳarakati xakidagi axborotni umumlashtirish uchun muljallangan.
Valyuta schetlari buyicha muomalalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi Uzbekston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Solik kumitasi va Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mehyoriy xujjatlari bilan tartibga solinadi. Valyuta schetlari buyicha muomalalarni xisobga olish uchun schetlar rejasida 5200 - "Valyuta scheti”belgilangan va 5210 –mamlakat ichidagi – 5210 va xorijdagi valyuta schetlari kabi subschetlarga bulinadi. "Valyuta scheti"ning debetida korxonaning xisob-kitob schetlariga pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. Ushbu schetning kreditida esa korxonaning valyuta schetlaridan pul mablag‘larining xisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Korxonaning valyuta schetlari krediti yoki debetiga xato yozilgan va bankning kuchirmalarini tekshirishda aniqlangan summalar 6860 "Dahvolar buyicha xisob-kitoblar”schetida aks ettiriladi. Valyuta schetlari buyicha muomalalar buxgalteriya xisobida bankning kuchirmalari va ularga ilova qilingan pulli xisob-kitob xujjatlari asosida aks ettiriladi. Amaldagi konun va meheriy xujjatlarda ҳar kanday korxonaga chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga ega bulish va u bilan xujalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etilgan.

Chet el valyutasidagi muomalalarni rasmiylashtirish uchun bankda joriy valyuta schetini ochish zarur. korxonaga valyuta muomalalarini amalga oshirishga xizmat kiluvchi bank Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bulishi shart. SHunday ruxsatnomaga ega bulgan banklarni vakillik banklari deyiladi. korxonalar uzlarining valyuta schetlarini faqat Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki byuletenida kursatilgan chet el valyutalarida ochish mumkin.


Valyuta schetini ochish uchun korxona bankka quyidagi xujjatlarni topshirishi zarur:

  1. Valyuta schetini ochish uchun ariza.

  2. Tahsis xujjatlarining nusxasi (ustav, tahsischilar shartnomasi, ular notarial idoralar tomonidan tasdiklangan bulishi shart).

  3. Registratsiyadan utganligi xakidagi xujjatlarning notarius tomonidan tasdiklangan nusxasi.

  4. korxona solik inspektsiyasida xisobga olganligi va pensiya fondida registratsiyadan utkanligi tug‘risida mahlumotnoma.

  5. korxona boshligi va bosh buxgalterning imzolari va aylanma muxr bosilgan kartochka. Ushbu kartochka notarius tomonidan tasdiklangan bulishi zarur.

Valyuta scheti ochilgandan sung bank va uning mijozi urtasida xisob-kitob kassa xizmatini kursatish buyicha shartnoma imzolanadi. Unda bank kursatilgan xizmat turlari, kursatiladigan xizmatlar uchun tulanadigan xaklar, mablag‘larni joylashtirish shartlari, tomonlarning xukuk va burchlari va boshқalar kursatiladi.
Barcha korxonalar mulkchilik shaklidan kathiy nazar Uzbekiston Markaziy banki tomonidan urnatilgan kurslar buyicha Respublika valyuta fonliga eskport operatsiyalaridan tushgan valyuta tushumlaridan 50 foizini sotishlari majburiydir.
Shuningdek, tashki iktisodiy faoliyat bilan shugullanuvchi korxonalar eksport operatsiyalaridan tushgan tushumlarning bir kismini valyuta bozorida sotishlari zarur. korxonaning valyuta scheti ochilgan tijorat banki kelib tushgan valyutaning sotiladigan kismini Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining korschetiga utkazib berishi kerak. Valyuta muomalalaridagi ushbu xususiyat tranzit valyuta schetida kelib tushgan valyutalar xisobini aks ettirishga bevosita tahsir қiladi.
Valyutani majburiy sotish tug‘risidagi topshirikka sotilgan valyutaning sumdagi ekvivalentini koplash va uni korxonalarning xisob-kitob schetiga utkazishni tahminlovchi tulov topshirigi ilova kilinadi. Shunday kilib, chet el valyutasidagi barcha tushumlar 2 kismdan iborat buladi: chet el valyutasining bir kismini joriy valyuta schetiga, kolganini esa bankdagi xisob-kitob schetiga sumdagi ekvivalenti buyicha utkazib beriladi.
Sumdagi ekvivalent bu Uzbekiston Markaziy banki tomonidan urnatilgan kurslar buyicha chet el valyutasini қayta xisoblashdir. Bunday katta xisoblash ҳar xaftada bir marta Uzbekiston Markaziy banki ehlon kilgan kurslar buyicha amalga oshiriladi.
Valyuta muomalalarining buxgalteriya xisobini yuritish uchun 5200 - "Valyuta scheti"da қuyidagi subschetlarni ochish mumkin:

  1. "Tranzit valyuta scheti"

  2. "Joriy valyuta scheti"

  3. "Chet eldagi valyuta scheti".

Mavzu yuzasidan savol va topshiriklar:



1. Pul mablag‘larining iktisodiy mazmuni va moxiyatini ayting.
2. Pul mablag‘larining xisobini yuritishning ahamiyati va vazifalari nimalardan iborat.
3. Naqd va naqd pulsiz xisob kitob operatsiyalari xisobi qanday amalga oshiriladi?
4. Kassa operatsiyalari analitik xisobi kanday amalga oshiriladi?
Download 22.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling