20-variant Talaba F. I. Sh turmatova Sh


Download 38.33 Kb.
bet6/6
Sana15.02.2023
Hajmi38.33 Kb.
#1200962
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Турматова Investetsiya

Toyota Motor Corporation (yaponcha: トヨタ自動車株式会社Toyota Jidōsha Kabushiki-gaisha) — Yaponiyaning multinatsional korporatsiyasi. 2007-yil birinchi choragi natijalariga koʻra oʻzining subsidiar kompaniyasi Daihatsu bilan birgalikda dunyoning eng katta mashina ishlab chiqaruvchisi deb tan olingan. Toyota Korporatsiyasi savdo daromadi (179 milliard dollar) boʻyicha dunyoning uchinchi katta Avto kompaniyasi va sof daromadi boʻyicha dunyoning sakkizinchi eng katta kompaniyalaridan hisoblanadi.
Jahonda AQShning „General Motors“ va „Ford Motor Company“ kompaniyalaridan keyin 3-oʻrinda turadi. Bosh idorasi Toyota shahrida. Toyota avtomobil kompaniyasi dastlab 1935-yilda toʻqimachilik mashinalari ishlab chiqariladigan zavodning bir boʻlinmasi sifatida sanoatchi Kipchiro Toyoda tomonidan tashkil etilgan. 1937-yildan „Toyota Motors“ kompaniyasi. 1947-yildan Toyota yengil avtomobili ishlab chiqarildi.
1950-yildan yangi konstruksiyadagi avtomobillarning turi va soni yil sayin ortib bordi. Shuningdek, old va orqa oʻkdari orqali harakatlanadigan, har qanday yoʻlda yura oladigan „Land Kryuzer“ modelini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
1954-yilda Toyota avtomobillari Braziliya va Avstraliyada ishlab chiqarila boshladi, Janubiy Afrika, Tailandda shoʻba kompaniyalar tashkil etildi, boshqa mamlakatlarda Toyota avtomobillarini sotish bilan shugʻullanuvchi vakolatxonalari koʻpaytirildi. 1957-yilda Toyota avtomobillari AQShga eksport qilina boshlandi.
Toyotaning 1962-yilda jami 1 million, 1972-yilda 10 million, 1986-yilda 50 million, 1996-yilda 90 million va 1999-yilda 100 million yengil avtomobili konveyerdan chiqdi. 1966-yilda „Korolla“, 1970-yilda „Kerika“, „Sprinter“, „Karina“, 1978-yilda „Terkel“ modellari yaratildi. 1989-yildan AQShning „General Motors“ kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. 1992-yildan Birlashgan Qirollik, 1996-yildan Rossiyada oʻz korxonalarini ochgan. 1997-yilda Toshkentda Toyotaning vakolatxonasi ochilib, kompaniya avtomobillari sotila boshladi.
Toyota avtomobillar va koʻplab boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi, oʻz tizimiga juda koʻp kompaniyalarni olgan, eng zamonaviy texnika, texnologiya bilan jihozlangan. Avtomobillarni yigʻish jarayoni 98 % robotlashtirilgan, ishlab chiqarish. jarayonlari kompyuter yordamida boshqariladigan eng yirik korporatsiya hisoblanadi.
S – KUCHLI TOMONLARI W – ZAIF TOMONLARI
Download 38.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling