20-variant Talaba F. I. Sh turmatova Sh
Risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo’llari?
Download 38.33 Kb.
|
Турматова Investetsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish evaziga moliyalashtirish manbalarini jalb etish
4. Risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo’llari?
Risk darajasini pasaytirish – bu yo‘qotishlar hajmi ehtimolini kamaytirishdir. Buning uchun ko‘plab metodlar mavjud. Bunday metodlarning katta guruhi boshqa operatsiyalarni tanlash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda umumiy operatsiya eng kam riskka ega bo‘lishi lozim. Riskni kamaytirish muammosi muayyan darajada o‘rganilishi lozim, chunki optimal (samarali) qarorlarni tanlash doimo minimal riskni ta’minlaydigan qarorni qabul qilishni taqozo etadi. Moliyaviy risklarni diversifikatsiyalash Diversifikatsiya deganda risk darajasini va daromaddan yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lmagan turli kapital qo‘yilmalar obyektlari o‘rtasida investitsiya mablag‘larini taqsimlash jarayoni tushuniladi. Diversifikatsiya mohiyatida barcha kapital qo‘yilmalarini riskli aktivlarning faqatgina bittasida jamlash o‘rniga ko‘plab shunday aktivlarga egalik qilish yotadi. Shuning uchun diversifikatsiya bitta-yagona turdagi aktivlar bilan bog‘liq riskka moyilligimizni cheklaydi. Kombinatsiyalashgan operatsiya barcha to‘rt operatsiyadan tuzilgan bo‘lsa, u holda: Ko‘rinib turibdiki, barcha operatsiyadan operatsiyalar tuzilganda, risk sezilarli ortmaydi va operatsiyaning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi operatsiyalar chegarasiga yaqin qolaveradi. Samaradorlik esa har gal operatsiyaning tarkibiy qismlari samaradorligining o‘rtacha arifmetigiga teng. Diversifikatsiya tamoyili nafaqat bir vaqt o‘tkaziladigan operatsiyalarni o‘rtachalash uchun, balki turli joylarda (makonda o‘rtachalash) va vaqt bo‘yicha ketma-ket amalga oshirilgan, masalan, bir operatsiyani vaqt bo‘yicha takrorlashda (vaqtda o‘rtachalash) da ham qo‘llaniladi. 5. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish evaziga moliyalashtirish manbalarini jalb etish Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliya bozorining ajralmas tarkibi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozori (QQB) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o’rin tutadi. QQBning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidagi rolini oshirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan sanaladi. Ya’ni, uning iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini oshirish uchun quyidagi muammolar samarali echim topishiga erishish vazifalarini bevosita hal etish bilan bog’liq bo’ladi: investitsiyalarni faol jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni rivojlantirish, inflyatsiyani pasaytirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash. Ushbu muammolarni hal etish QQBning raqobatbardoshligi, xavfsizligi, barqarorligi, likvidligi, investorlar uchun jozibadorligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog’liq bo’lib, turli tashqi va ichki omillar ta’sirini hisobga olish muhim hisoblanadi Fond bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, iqtisodiyotga moliyaviy investitsiyalarni jalb etishda muhim o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, investitsion muxitni sog’lomlashtrish qimmatli qog’ozlar bozorini samarali rivojlanish investitsiyalar hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi. Qimmatli qog’ozlar investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda muhim o’rinni egallaydi. Ular o’zida mulkiy va nomulkiy munosabatlarni mujassamlashtirgan xolda, iqtisodiyotda resurslarni tarmoqlar o’rtasida taqsimlash, investitsiyalarni jalb etish, daromad olish imkoniyatini yaratadi. Qimmatli qog’ozlar moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishning muhim vositalari hisoblanib, iqtisodiyotning xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlaydi.Ulushga egalik qilishni tasdiqlovchi vositalar Aksiyadorlik kapitalini ko’paytirish,samarali korporativ boshqaruvda ishtirok etish va belgilangan tartiblarga muvofiq dividendlar olish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiyotda portfel investitsiyalar hajmini oshirish, chet el investorlarini mablag’larini samarali jalb etish, bozorning integratsiyalashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, moliyaviy investitsiyalar hajmini oshirish qimmatli qog’ozlar bozori muhitini yaxshilanish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi 2-TOPSHIRIQ TEST 1.Quyidagilardan qaysi biri moliyalashtirishning jalb qilingan manbasi hisoblanadi? a) amortizatsiya ajratmalari b) obligatsiyalarni chiqarish c) taqsimlanmagan foyda Download 38.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling