20. Xizmat doirasidagi kommunikatsiya shakllarstrrepla: Munshaot haqida ma'lumot. Munshaot (ish yuritish)tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligi


Download 472.5 Kb.
bet22/43
Sana23.12.2022
Hajmi472.5 Kb.
#1050117
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
20. XIZMAT DOIRASIDAGI KOMMUNIKATSIYA SHAKLLARI

B I L D I R I S H N O M A
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot bildirishnoma deyiladi. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘llanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi.
I c h k i b i l d i r i s h n o m a rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi.
T a s h q i b i l d i r i s h n o m a, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi.Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi.Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi.
Topshiriq. Bildirishnoma shaklini to‘g‘ri to‘ldiring.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
ilmiy ishlar va axborot texnologiyalar
bo‘yicha prorektori prof. A.Ikromovga
zamonaviy til o‘rgatish xonasining
tashkil etilishi haqida

BILDIRISHNOMA


Bildirishnoma matni (yozilish sabablari, xulosa, talab va takliflar).
Ilova: (zarur bo‘lsa).
Kutubxona mudirasi (imzo) S. Usmonova


T U S H U N T I R I S H X A T I
Tushunirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, jamoa xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi.Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kеch qolish, kеlmay qolish, rеja yoki ayrim topshiriqlarni bajarmaganlik, bеlgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi.
B A YO N N O M A
Turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling