Topshiriq. Kontrakt-to‘lov pulini belgilangan muddatgacha o‘tkazish haqida kafolat xatini yozing.
T A K L I F N O M A
Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot taklifnoma deyiladi.
Taklifnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
Nomi (Taklifnoma).
Matn:
taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi;
taklif qiluvchi muassasaning nomi;
qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.
Tadbirning o‘tkazilishi sanasi va vaqti.
O‘tkazilish joyi.
Tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi.
Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin.
Ma’lum kishilarga yoki bir necha shaxslarga yo‘llanadigan xat turlari taklif xatlari deyiladi. Taklif xat matnida ma’lum bir yig‘ilish, muhokama yoki kengashga taklif qilish bilan birga, shaxsning taklif qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aniq ko‘rsatiladi.
Ba’zi taklif xatlarida imkon boricha badiiy tus beriladi: mutafakkirlarning chiroyli so‘zlaridan istilohlar keltiriladi, turli shiorlardan, she’rlardan foydalaniladi.
T E L E F O N O G R A M M A
Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch xabar matni yetkaziladi. Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas’ul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga telefon orqali yetkaziladi.
Topshiriq. Telefonogrammani o‘qing, shu asosda institutingizda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lishi haqida telefonogramma namunasini yozing.
«Ustoz» jamg‘armasi
Yetkazuvchi — kotiba
Salimova.
Tel: 45-16-20
|
TKTI qoshidagi akademik litsey direktoriga
Qabul qiluvchi — kotiba
Turopova.
Tel: 46-36-95 soat 15:30
|
TELEFONOGRAMMA
2008.18.04. Toshkent. № 14
Respublika «Ustoz» jamg‘armasi hay’at boshqaruvi yig‘ilishi qaroriga ko‘ra litseyingizga bir dona IBM PC—150 rusumli kompyuter ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan o‘z vakilingizni yuborishingiz lozim.
Jamg‘arma raisi I.Shodmonqulov
|
Do'stlaringiz bilan baham: |