Namuna*
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI
192-O‘ZB GURUHIDA ORIENTATION WEEK (TANISHTIRUV HAFTALIGI) LOYIHASI DOIRASIDA GURUH FAOLLARINI TA’YINLASH
BO‘YICHA O‘TKAZILGAN YIG‘ILISH
B A Y O N N O M A S I
06.09.2019 Urganch shahri
Qatnashdilar: Guruh rahbari -
Sh.Alimova, 192-guruh talabalari
KUN TARTIBI
Guruh faollarini tayinlashni tashkil qilish
Guruh sardorini va uning yordamchisini tayinlash
Guruhdan jamoat tashkilotlariga sardor tayinlash
ESHITILDI
Kun tartibida ko‘rsatilgan birinchi masala yuzasidan guruh rahbari talabalarga nima uchun guruh faollari zarurligi, ularning faoliyatlari nimalardan iboratligi va qanday nomdagi guruh faollari tayinlanishi xususida gapirdi. Guruh faollarini tayinlash talabalar e’tiboriga havola qilindi.
Guruh rahbari guruhga eng avvalo, sardor tayinlanishi lozimligini uqdirib, guruh sardorining vazifalarini aytib o‘tdi. Talabalar bir ovozdan Seitmetov Sarvarni guruh sardori sifatida faoliyat yurita olishga ishonishdi va uni tayinladilar. Guruh sardori yordamchisi qilib Omonboyeva Ra’no ma’qul ko‘rildi.
Jamoat tashkilotlariga guruhdan sardor tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bunda Yoshlar ittifoqi guruh sardori qilib Bobojonov Rahmatjon, Kasaba uyushmasu sardori qilib Soporboyev Og’abek, Qizlar klubi raisi qilib Rustamova Mashxura, guruh Sport klubi sardori qilib Jumamuratova Iroda, Red kollegiya qilib Otaboyeva Dinora hamda Botirova Asaljonlar va ozodalik ishlari bo‘yicha mas’ul qilib Adamboyeva Madinalar ta’yinlandi. Ularning vazifalari nimalardan iboratligi haqida batafsil to‘xtab o‘tildi.
Yig‘ilish quyidagicha
QAROR QILADI
Guruh faollari sifatida tayinlangan talabalar ushbu sanadan boshlab, o‘z vazifalarini puxta bajarishga kirishsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |