200 Budjetning soliqli daromadlari tarkibiga nimalr kiradi
Davlatning budjetdan tashqari jamg’armalrni tashkil etish tartibi qanday va ularning shakllantirish metodlari nimalardan iborat
Download 38.36 Kb.
|
200dan 250gacha moliya javoblar M.Komila
- Bu sahifa navigatsiya:
- 248 Davlatning budjetdan tashqari jamg’armalrning moliyaviy munosabatlari qanday ko’rinishda bo’lishi mumkin
247.Davlatning budjetdan tashqari jamg’armalrni tashkil etish tartibi qanday va ularning shakllantirish metodlari nimalardan iborat
Davlatning byudjetdan tashqari jam g‘armalarini tashkil etish tartibi va shakllantirish metodlari. Rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tayangan holda mumkinki, odatda Davlatning byudjetdan tashqari jam g‘armalari quyidagi shartli ikki yo‘l orqali tashkil etiladi: 1. Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan muhim umumjamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan muammolarni hal etish uchun ma’lum bir xarajatlarni tashkil etish; 2. Davlatning byudjetdan tashqari jam g‘armasini shaxsiy (o‘zlik), maxsus ajratma va badal mablag‘lari hisobidan shakllantirish. Masalan, qator davlatlarda daromadi cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moliyaviy qo‘llab-quwatlash maqsadida Davlat byudjeti ko‘magida maxsus ijtimoiy sug'urta fondlari tashkil etilgan. Davlatning byudjetdan tashqari jam g‘armalarini tashkil etish, awal ma’lum bo‘lmagan, ammo ishlab chiqarishning rivojlanishi, xizmat ko‘rsatish ko‘lamining kengayishi yo’lda siyosatning o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan muammolarni maqsadli yo’lda bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Shunday vaziyat shakllangan holda hukumat davlat byudjetidan tashqari jam g‘armasini ham tashkil etish uchun maxsus qaror qabul qiladi. Bizda ham yuqorida qayd etilgan vaziyatga o ‘xshash holat vujudga kelishi va mamlakatning ijtimoiy yo‘naItirilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi munosabati bilan 2004-2009 moliya yillarini o‘zida qamrab olgan davlatning byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg'armasi tashkil etildi. 248 Davlatning budjetdan tashqari jamg’armalrning moliyaviy munosabatlari qanday ko’rinishda bo’lishi mumkin Davlatning byudjetdan tashqari jam g‘armalarini moliyaviy munosabatlari. Alohida mamlakatlarda Davlat byudjetidan tashqari Davlat jam g‘armalarining mavjudligi fond ichida, fondlararo va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari o‘rtasida murakkab hamda ko‘p qirrali moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Amaliyotdagi bunday moliyaviy munosabatlar bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bo‘lishi mumkin. Bir tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar, odatda, jam g‘armaning daromadlarini shakllantirishda yoki uning xarajatlarini amalga oshirishda nam oyon bo‘ladi. M asalan, ko‘pchilik mamlakatlarda valyuta fondining tashkil etish manbai markazlashtirilgan byudjet mablag‘laridan qaytarib berilmaydigan subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi. Bir tomonlama moliyaviy aloqalar fond daromadining bir qismini moliya tizimining boshqa bo‘g‘iniga dotatsiya yoki subsidiya sifatida o‘tkazganda ham vujudga keladi. AQShda tashkil etilgan Y o ‘l jam g‘armasi maxsus soliqlar hisobiga tashkil etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq bo‘lgan davrlarda Federal byudjetga zayom shaklida taqdim etiladi. Ikki tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunday munosabatlar amaliyotda moliyaviy resurslarning oqimi fondlararo va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari o ‘rtasida sodir boMganda vujudga keladi. Masalan, Pensiya jam g‘armasi nafaqat maxsus ajratmalar hisobiga tashkil etiladi, balki respublika byudjetidan olinayotgan dotatsiya hisobidan ham qisman shakllanadi. Bir vaqtning o ‘zida, agar fond daromadida aktiv qoldiq vujudga kelsa, u ortiqcha moliyaviy resurslar hisobiga qisqa muddatli davlat xazina qimmatli qog‘ozlarini xarid qilib, byudjet defitsitini kamaytirishi yoxud Davlat byudjetga kreditor sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. K o‘p tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunda bitta davlatning byudjetdan tashqari jamg'armasi bir vaqtning o ‘zida bir nechta fondlar hamda moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari bilan o ‘zaro aloqada bo‘ladi. Y a’ni, pul mablag‘lari turli xil va rang-barang yo‘nalishlarda harakat va oqimda bo'ladi. Download 38.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling