2000 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlangan «Ardaxiva» asarini chop etdi


Download 17.05 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17.05 Kb.
#211219
Bog'liq
Omon Matjon





Omon Matjon 60-yillardan boshlab matbuotda o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshlaydi. U adabiyot oldidagi xizmatlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Omon Matjon O‘zbekiston xalq shoiridir (1993). Hozirgi kunda shoir faol ijod qilmoqda.

Omon Matjon 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, Samarqand Davlat universitetida tahsil oladi. 1969-2002 yillar mobaynida G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, so‘ngra «Yoshlik» jurnalida bosh muharrir, «Cho‘lpon» nashriyotida direktor bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda «Gulxan» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlamoqda.

Shoirning eng yaxshi she’rlari «Ochiq derazalar» (1970), «Karvon qo‘ng‘irog‘i» (1973), «Yonayotgan daraxt» (1977), «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig‘i», «Seni yaxshi ko‘raman» (1983), «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) kabi to‘plamlaridan o‘rin oldi.

 Bu to‘plamlardagi «Amu», «Oybek», «Shu’lalardan hayratlanish», «Ona degan so‘z», «Turnalar», «Mezon», «Chorlov», «O‘n uchinchi eshik», «Umrimiz haqida» kabi she’rlari hozirgi o‘zbek she’riyatining eng yaxshi namunalaridan bo‘lib, ularda inson qalbining turfa jilolari rang-barang tashbehlarda, jozibali obrazlarda ifodalangan.



Omon Matjon ijodida uning «Cho‘ldagilar» doston xronikasi, ayniqsa, «Gaplashadigan vaqtlar» nomli she’riy qissasi alohida o‘rinni egallaydi. Ular o‘zining yangicha shakli, ohangi bilan kitobxon e’tiborini tortadi.

2000 yilda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti Avestoning 2700 yilligiga bag‘ishlangan «Ardaxiva» asarini chop etdi.

2002 yilda islom dunyosining buyuk namoyandasi Xo‘ja Ahror Valiy hayoti, taqdiridan hikoya qiluvchi «Xaloskor ruh» asari «Sharq yulduzi» (2002, 3-son) jurnalida chop etildi.

2002 yilda islom dunyosining buyuk namoyandasi Xo‘ja Ahror Valiy hayoti, taqdiridan hikoya qiluvchi «Xaloskor ruh» asari «Sharq yulduzi» (2002, 3-son) jurnalida chop etildi.

Omon Matjon tarjimon sifatida qardosh va chet el adabiyotlaridan ko‘plab asarlarni ona tiliga mahorat bilan ag‘dargan. Xususan, uning A.Shiller, Sh.Bodler kabi jahon klassiklari ijodidan qilgan tarjimalari e’tiborga loyiq.

Omon Matjon 1943 yil 14 fevralda Xorazm viloyati Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘rta maktabni tugatgach, u Samarqand Davlat universitetida tahsil oladi. Omon Matjon 1969 yil oliygohni yakunlaganidan so‘ng, 2002 yilgacha G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, so‘ngra “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir, “Cho‘lpon” nashriyotida direktor bo‘lib ishlagan.
Omon Matjon bolalagidanoq she’rlar yozishni mashq qilgani va ilk she’rlari esa, maktab devoriy gazetalariyu tuman gazetalarida chiqib turganini aytadi. U o‘zbek she’riyatiga 1960-yillarda o‘z yo‘li va ohanggi bilan kirib keladi. 1970 yilda shoirning “Ochiq derazalar”, deb nomlangan ilk she’riy to‘plami nashrdan chiqadi. “Keyin «Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Quyosh soati”, “Yarador chaqmoq” kabi kitoblarim, “Beruniy” dramatik dostonim, Pahlavon Mahmud haqidagi dostonim, “Haqqush qichqirig‘i” degan qirq afsonadan iborat kitobim, “Daraxtlar va giyohlar kitobi” deb nomlangan ekologik mavzudagi kitoblarim ketma-ket bosmadan chiqdi», deydi shiorning o‘zi. Shuningdek, 1991- 2011 yillar o‘rtasida shoirning “Iymon yog‘dusi”, “Erkin havolarda”, “Ardaxiva”, “Xaloskor Ruh”, “Shayx Najmiddin Kubro, To‘rabekaxonim haqidagi qissalari, «Diydor Aziz” kabi kitoblari chop etilgan.
Shoir adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 2006 yilda Omon Matjonga O‘zbekiston Xalq shoiri degan unvon berilgan.
Download 17.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling