2002 йил 14- февралда туғилган Абдисаломов Тошкент


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/27
Sana02.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1146483
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
JIK6976969803

 
18-kazus 
19-kazus. 
JK 11-modda. Kodeksning O‘zbekiston hududida jinoyat sodir 
etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi 
O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxs ushbu Kodeks bo‘yicha 
javobgarlikka tortiladi. 
Qilmish: 
a) O‘zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa; 
b) O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston 
hududida yuz bergan bo‘lsa; 
v) O‘zbekiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa, O‘zbekiston hududidan 
tashqarida yuz bergan bo‘lsa; 


g) bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir 
etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz bergan bo‘lsa, O‘zbekiston 
hududida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. 
O‘zbekiston bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga olingan 
havo, dengiz yoki daryo kemasida O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, chet el 
davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun ushbu 
Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 
Amaldagi qonunlar, xalqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el 
fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi sudlariga 
tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan holda, 
xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi. 
Fuqaroligi bo‘lmagan va chet el fuqarolari ham ozodlikdan mahrum 
qilinganida alohida, ajratilgan holda saqlanishlari lozim. Lekin bunday shaxslar 
ko‘pincha boshqa shaxslar bilan birga saqlanganliklarini ko‘rsak ham, lekin ularning 
huquqiy holatlari tamomila boshqacha tus olgan. 
Mahkum chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquqlar, 
erkinliklarga ega bo‘lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Mahkum chet el fuqarolari, shuningdek o‘z davlatlarining diplomatiya 
vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan, O‘zbekiston Respublikasida 
diplomatiya va konsullik muassasalari bo‘lmagan mamlakatlarning fuqarolari esa, 
ularning manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olgan davlatning diplomatiya 
vakolatxonalari bilan aloqa qilib turish huquqiga ega. 
Xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan mahkumlar xo‘jalik xizmatiga oid 
ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar. 


Hukm qilingan chet el fuqarolar – hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod 
etilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini 
himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik 
muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O‘zbekiston 
Respublikasi hududida biror-bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik 
muassasasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik to‘g‘risidagi bildirish qog‘ozi jo‘natiladi.
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo‘yicha yashagan chet el 
fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs – O‘zbekiston Respublikasida yashash 
guvohnomasi bo‘yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 
ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum 
ozodlikdan mahrum etilguniga qadar ro‘yxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy 
organining mamlakatga kirish, undan chiqish va ro‘yxatga olish bilan 
shug‘ullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi. 
Ozodlikni cheklash harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga 
nisbatan tayinlanmaydi

Ushbu holatda agar xalqaro shartnomalarda boshqacha holat nazarda 
tutilgan bo’lmasa, Aleksiyev O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha jazoni 
ijro etadi va u jazoni ijro etish muassasalarida boshqalardan ajratilgan 
tartibda saqlanadi.
 
20-kazus 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling